Trafiklarni filtrlash Axborot oqimlarini filtrlash, ularni ekran orqali, ba’zida qandaydir o‘zgartirishlar bilan o ‘tkazishdan iborat.
Filtrlash, qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga mos keluvchi, ekranga oldindan yuklangan qoidalar asosida amalga oshiriladi. Shu sababli, tarmoqlararo ekranni axborot oqimlarini ishlovchi filtrlar ketmaketligi sifatida tasavvur etish qulay
Vositachilik funksiyalar
Vositachilik funksiyalarining bajarilishi Tarmoqlararo ekran vositachilik funksiyalarini ekranlovchi agentlar yoki vositachi dasturlar deb ataluvchi maxsus dasturlar vordamida bajaradi. Bu dasturlar rezident dasturlar hisoblanadi hamda tashqi va ichki tarmoq orasida xabarlar paketini bevosita uzatishni taqiqlaydi.
Umuman, vositachi-dasturlar, xabarlar oqimini shaffof uzatilishini blokirovka qilgan holda, quyidagi funksiyalarni bajarishi mumkin:
- uzatiluvchi va qabul qilinuvchi ma’lumotlarning haqiqiyligini tekshirish;
- hodisalami qaydlash, hodisalarga reaksiya ko‘rsatish hamda qaydlangan axborotni tahlillash va hisobotlami generatsiyalash.
Uzatiluvchi va qabul qilinuvchi ma ’lumotlaming haqiqiyligini tekshirish
nafaqat elektron xabarlarni, balki soxtalashtirilishi mumkinboigan migratsiyalanuvchi dasturlarni (Java, ActiveXControls)autentifkatsivalash uchun dolzarb hisoblanadi. Xabar va dasturlarninghaqiqiyligini tekshirish ulaming raqamli imzosmi tekshirishdaniboratdir.