Axborotni himoyalashni intellektual tizimlari



Yüklə 73,53 Kb.
səhifə8/14
tarix20.04.2023
ölçüsü73,53 Kb.
#101141
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Axborotni himoyalashni intellektual tizimlari

Mantiqiy fikrlash – bu haqqoniy mantiqiy xulosalarni shakllantirishdir. Mantiqiy fikrlashlarni quyidagi ko’rinishlari farqlanadi.
Deduksiya – murakkabdan soddaga qarab fikrlash, ya’ni umumiy qoidalar asosida xususiy qoidalarni olish.
Induksiya – soddadan murakkabga qarab fikrlash, ya’ni xususiy misollar asosida umumiy qoidalarni sintez qilish.
Analogiya – oldingi malaka asosida fikrlash, ya’ni ko’p narsalari bir qarashda tashqi farqlanadigan obyektlarga beriladigan yashirin (aniqmas) qonuniyat. Bilimlarni o’zlashtirish muolajasi ma’lum darajada noaniq va zid ma’lumotlardan foydalanishi mumkin, shuning uchun ham natijada paydo bo’ladigan bilimlar to’liq ishonchlilikka ega bo’lmaydi. Natijada, noravshan bilimlarni taqdim etish, hamda noaniqlik shartlarida fikrlashni o’tkazish muammosi kelib chiqadi. Bundan tashqari fikrlashning o’zi yaqinlashish, ehtimoliy xarakterda bo’lishi mumkin, bu esa ehtimoliy (induktiv) va noravshan mantiq formalizmini foydalanishga olib keladi. Hozirda intellektuallash vositalariga nafaqat aynan fikrlash jarayonini modellashtirish mexanizmlari balki intellektni ta’lim olishga, malakani umumlashtirishga, to’plashga (bilim va ko’nikmalar), vazifani yechish jarayonida o’zgaruvchi shartlarga moslashish qobiliyati bilan namoyon qilishi ham kiradi. Moslashuvchan mexanizmlarni modellashtirish uchun neyron tarmoqlar asosidagi model qo’llaniladi. Aytib o’tish lozimki, sun’iy neyron tarmoqlar mantiqiy xulosalarni shakllantirmasdan inson uchun ko’rinmasligi mumkin bo’lgan asosli obrazlarni ma’lumotlardan aniqlash maqsadida qidiruvni amalga oshiradi. Mohiyatan, sun’iy neyron tarmoq obrazlar klassifikatoridir.
SI usullaridan faol qo’llanilishiga qaramasdan turli predmet sohalarda AT intellektualligiga erishishni kerakli va yetarli shartini nazariya aniq ayta olmaydi. AX sohasida SI ning yuqori vazifasi inson kabi yoki undan ham yaxshiroq samaraliroq tarzda shakllanmagan vazifalarni yecha oladigan axborotni himoylashni intellektual tizimini (AHIT) qurish hisoblanadi.

Yüklə 73,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin