Axborotni himoyalashni intellektual tizimlari



Yüklə 73,53 Kb.
səhifə2/14
tarix20.04.2023
ölçüsü73,53 Kb.
#101141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Axborotni himoyalashni intellektual tizimlari

Sun’iy intellekt - intellektual kompyuter tizimlarini, ya’ni an’anaviy tarzda inson ongi bilan bog’langan imkoniyatlarga – tilni tushunish, ta’lim olish, muhokama qilish, muammolarni yechish va shu kabilarga ega tizimlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi informatikani sohasidir.
Intellektual tizimlar turli imkoniyatlarga ega bo’lishi mumkin, biroq ularni asosiy belgilari quyidagilar:

  • Kommunikativ qobiliyatni rivojlantirish;

  • Murakkab, yomon shakllangan vazifalarni yechish qobiliyati;

  • Rivojlanish va mustaqil o’rganish qobiliyati.

SI sohasidagi tadqiqotlar intellektual tahlilni talab qiluvchi vazifa (yoki predmet soha) bo’yicha yoki foydalaniladigan instrumentariy bo’yicha yoki ishlab chiqilayotgan fikrlash modeli bo’yicha sinflashtirilishi mumkin. Hozirda SI ni yechiladigan vazifa asosiga ko’ra quyidagi vazifalar dolzarb hisoblanadi.
Tabiiy til qayta ishlovi (natural language processing) – matnni tahlillash va undan axborot chiqarib olish uchun texnologiyadir. Bu texnologiya masalan, matn tonalligini tahlillash va izohlarni pozitiv va negativlarga ajratish, matnni uning ma’nosi bilan mos kelishiga muvofiq sinflashtirish, kompaniyani yangiliklarda va shu kabilarda eslab o’tilishini kuzatish imkoniyatini beradi. Bu yo’nalishga yana quyidagilar taalluqli: - avtomatik tarzda yozma bayon qilish va axborot qidiruvi; - mashina tarjimasi; - nutq muloqoti tizimi (masalan, chat-botlar).
Ovoz analizatori va sintezatorlari – ovozli nutqni, ovozli biometriyani, sintez qilish va tanib olish, ovozni matnga aylantirishdir. Ovoz texnologiyalari Siri va Alisa kabi ovozli assistentlarida, qo’ng’iroq markazlarida identifikatsiyasi va mijozlarga masofaviy xizmat ko’rsatishda foydalaniladi.
Kompyuter ko’rishi – tasvir va videooqimdan axborotni sug’urib olish. Kompyuter ko’rishi obyektlarni topish, kuzatish, sinflashtirish va identifikatsiyalash imkoniyatini beradi hamda xususan haydovchisiz avtomobil va aqlli robotlarda yuzlarni tanib olish uchun qo’llaniladi.

Yüklə 73,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin