Axborotni himoyalashni intellektual tizimlari



Yüklə 73,53 Kb.
səhifə4/14
tarix20.04.2023
ölçüsü73,53 Kb.
#101141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Axborotni himoyalashni intellektual tizimlari

Sun’iy neyron tarmoq – asab tizimi modelini sezgir axborotni qayta ishlashga yo’naltirilgan bo’lib, xususan obrazlarni tanib olishga yuqori qobiliyatini ko’rsatadi. Neyron tarmoqlar buzib kirishni aniqlash tizimlaridan foydalanish uchun yaxshi va mos keladi. DoS hujumlarni, zararkunanda DT larni, spam, zombi tarmoqlarini aniqlash uchun, zararkunanda dasturlarni sinflashtirish va AX insidentlarini tergov qilish uchun foydalanish bo’yicha takliflar mavjud. Neyron tarmoqlarini AX sohasida mashhurligini asosiy sababi dasturlanuvchi mantiqiy integral sxemalarida (DMIS) apparat realizatsiyasida va parallel hisoblashni ta’minlaydigan grafik protsessorlarda (GPU) yuqori tezligi hisoblanadi. Sun’iy neyron tarmoqlar obrazarni tanib olish, sinflashtirish, hujumga javob berishni tanlovi uchun qaror qabul qilish va shu kabi vazifalarda qo’llaniladi.
Evolyutsion hisoblash – berilgan me’zonlariga muvofiq unchalik optimal bo’lmagan yechimni olib tashlanishini ta’minlovchi tabiiy tanlov tushunchasidan foydalanadigan modeldir (genetik algoritm, chumoli algoritmi). Genetik algoritmlar o’qituvchisiz (mustaqil ta’lim) neyron tarmoqlarni o’qitish uchun hamda neyron tarmoq topologiyasini, ya’ni neyronlar va neyronlararo aloqalar soni optimallashtirish uchun qo’llaniladi. Genetik algoritmlar ba’zi mavjud bo’lgan buzib kirishni aniqlash tizimlarida foydalanilgan, ulardan kompyuter tarmog’ini faol auditi va zaifliklarni dinamik qidirish uchun qo’llanilishi, hamda axborotni himoyalash (AH) tizimlarini qurish vazifalarida himoya choralari to’plamini tanlashda qo’llash to’g’risida ishlar mavjud. Kriptotahlil vazifalarini yechishda genetik algoritmlarni qo’llash imkoniyatini ko’rsatuvchi ishlar mavjud, biroq ular amaliydan ko’ra ko’proq ilmiy qiziqishga ega.
Ekspert tizimlar – bilimlar va mantiqiy xulosalarni rasmiy modellaridan foydalanishga yo’naltirilgan tizimlardir. Ekspert tizimlar ekspert-mutaxassislardan olingan bilimlar asosida qaror qabul qilish jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatini beradi. Ekspert tizimlarini asosiy muammosi bilimlarni olish, bu esa sinflashtirilgan ekspert fikrdan foydalanishni talab etadi. AX sohasida ekspert tizimlar asosan axborotni himoyalash choralarini tanlash va cheklangan resurslardan foydalanishni optimallash, axborotni himoyalash tizimi samaradorligini baholash va himoyalanganlik darajasini baholash uchun foydalaniladi. Bundan tashqari ekspert tizimlar AH vositalari tomonidan qaror qabul qilish (masalan, buzib kirishni oldini olish tizimlariga reaksiya qilish chorlarini tanlash uchun) mantig’ini amalga oshirishi mumkin (yetarlicha murakkab bo’lganini ham).

Yüklə 73,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin