Axborotni himoyalashni intellektual tizimlari


Biometrik analizatorlari –



Yüklə 73,53 Kb.
səhifə3/14
tarix20.04.2023
ölçüsü73,53 Kb.
#101141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Axborotni himoyalashni intellektual tizimlari

Biometrik analizatorlari – insonlarni fizik yoki axloqiy jihatlari bo’yicha tanib olish (ovoz namunasi, barmoq izi, yuz va tana tasviri, vena rasmi, ko’z to’rpardasi rasmi va shu kabilardan foydalanib). Biometriya asosan identifikatsiya uchun masalan, bank sohasida foydalaniladi.
Prediktiv analitika va ma’lumotlarni intellektual tahlili – katta hajmli ma’lumotlarni tahlili, ularda patternlarni ajratish, predikatlarni aniqlash (bashorat parametrlari) va bashorat modellarini qurishdir. Predikativ (prediktiv, bashoratli) analitika mijozlarni moliyaviy ahvolini baholash, reklama kompaniyalarini o’tkazish, qurilmani rad etish vaqtini bashoratlash va boshqa vazifalarni yechish uchun foydalaniladi. Amaliy qo’llanilishi ko’ngilochar soha yoki ko’p jihatdan tadqiqiy sohada bilan cheklanadigan boshqa yo’nalishlar ham rivojlanmoqda: o’yin intellekti, teoremalar isboti va ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish, matnlarni tuzish, musiqa bastalash va boshqalar. SI sohasidagi tadqiqotlarni amaliy yo’nalishi ularni ahamiyatli qismi fikrlash jarayoniga emas, intellektual tahlil predmetiga bag’ishlanganligi bilan xarakterlanadi. Masalan, matn tuzish uchun badiiy asarlarni tuzilmasini o’rganish, yozuvchini ijodiy faoliyatini o’rganishdan katta ahamiyat kasb etadi. Axborot xavfsizligi (AX) sohasida sun’iy intellekt va mashinali o’qitish texnologiyalari allaqachon bir necha yillardan beri foydalaniladi. Axborotni himoyalash tizimini intellektuallashtirish zamonaviy trend hisoblanadi. Mashina o’qitishi va ma’lumotlar intellektual tahlili taqlid belgilarini, anomaliyalarni va zararli faollikni aniqlash uchun axborot oqimi tahlili uchun qo’llaniladi (masalan, tarmoq trafigi yoki jurnallar fayllari). Bu buzib kirishni aniqlash tizimlari (IDS/IPS) va antivirus himoya vositalarida tahdidlarni aniqlash va monitoring qilish sifatini oshirish, himoyalangan parametrlar dinamik sozlanmasini amalga oshirish, hujum ssenariylarini tushunilishini ta’minlash va tarmoq infratuzilmalarida hujumlarni avtomatik mashinali reaksiyasini amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Obrazlarni tanib olish tizimlari kompyuter kriminalistikasi instrumentlarida, biometrik tahlil tizimlarida – autentifikatsiya tizimlarida qo’llanilgan bo’lsa, matnlar analizatorlari esa asosiy so’zlarni tanib olishda yoki ma’lumotlar chiqib ketish tizimlarida (DLP) qo’llaniladi. Rivojlanayotgan instrumetariylar bo’yicha ajralib turadigan SI dagi quyidagi asosiy yo’nalishlarni sanab o’tish mumkin.

Yüklə 73,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin