Xulosa mexanizmi – yechimlarni topishni ba’zi umumiy strategiyasini amalga oshiradigan vazifalarni yechimini qidirishning umumiy muolajasidir (masalan, mantiqiy xulosalash yo’li bilan).
Ma’lumki, vazifa yechimini qidiruvi jarayonida mantiqiy fikrlash va malaka qo’llaniladi. Ba’zi vazifalarni yechish uchun malakadan foydalanish belgilanadigan umumiy termin evristika deyiladi.
Evristika (qadimiy grekchadan ευρίσκω – “qidiraman”, “ochaman”) – o’rganiladigan, konstruktiv va amaliy vazifalarni yechishni osonlashtiradigan va soddalashtiradigan usullar, yo’llar va qoidalar to’plamidir. Evristik malakani bo’lgan vaziyatlar asosida fikrlashdeb nomlash qabul qilingan, bunday mulohaza qilish yordamida bo’lgan vaziyatlar deb nomlanuvchi uchraydigan oldingi analog holatlar to’g’risidagi ma’lumotlar bo’yicha vazifalarni yechimini topishga urinishlar qilinadi. Evristik usul (“urinish va xatolar usuli”) haqqoniy fikrlashni qo’llashga asoslangan bo’lib, yagona to’g’ri yechim tanlovi uchun joriy ma’lumotlar yetarli bo’lmagan vaziyatda harakatlar strategiyasini tanlovida yordam berishi lozim. Bu o’z navbatida olingan yechimni absolyut to’g’riligini kafolatlamasada, ko’p hollarda bu yetarlicha yaxshi bo’lishi yoki hech bo’lmaganda maqbul bo’lishi mumkin. Evristika tez-tez o’yinlarni dasturlashda, ijodiy jarayonlarni imitatsiyasida va shu kabilarda foydalaniladi. Evristik xulosalashdan farqli fikrlashni mantiqiy usuli mantiqni qo’llashga asoslangan. Mantiq formal yoki noformal (turmush hayotda foydalaniladi) bo’lishi mumkin. Simvolik mantiq deb ham nomlanuvchi formal mantiqda mantiqiy xulosa qanday amalga oshirilishi va mavjud yo’l bilan olingan xulosani chin yoki yolg’onligi dalilini ta’minlaydigan boshqa faktorlar qanday hisobga olinishi juda muhim ahamiyatga ega. Mantiqda isbot termini haqiqiy xulosani asoslash uchun mantiqiy xulosa fakt va qoidalari qo’llaniladigan formal yo’lni bildiradi.
Mantiqiy xulosa – bu semantikaga emas, mantiq qoidalariga tayanadigan maxsus toifadagi mulohazalarni belgilash uchun foydalaniladigan formal termindir. Mantiqiy xulosani maqsadi isbotni maqbul shaklda foydalanish bilan faktlar bazasida haqqoniy xulosaga erishishdan iborat.