I. TEXNOLOGIK BO’LIM
1.1. Ammoniy fosfatlar va ammofos ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy xususiyatlari.
Ammoniy fosfatlari ishlab chiqarish uchun ammiak va ortofosfat kislota (ekstraktsiyali ham, termik ham) xomashyo hisoblanadi. Fosfat kislotani ammiak bilan neytrallanish ko’p miqdordagi issiqlik ajralishi bilan sodir bo’ladi:
H3PO4(s) NH3(g) NH4H2PO4(q) 147 kj
H3PO4(s) 2NH3(g) (NH4)2HPO4(q) 215 kj
1-rasmdan ko’rinadiki, jarayonni AV chiziq bo’yicha amalga oshirish natijasida eng ko’p miqdordagi monoammoniyfosfat olishga erishiladi. Tarkibida 40% H3PO4 (~29% P2O5) bo’lgan ekstraksion fosfat kislotani neytrallashda xattoki 25°C haroratda ham kristallarning unumi unchalik ko’p bo’lmaydi (S nuqtadagi sistema). Konsentrlangan fosfat kislotani (75% H3PO4 yoki 54% P2O5) neytrallanishidagi sistemaning tarkibi D nuqtaga muvofiq keladi va hosil bo’ladigan qattiq fazaning miqdori 75°C dan yuqori haroratda ham eng ko’p bo’ladi. Bunga reaksiyaning issiqligi hisobiga bir qism suvning bug’lanishi ham yordam beradi.
Ammofos ishlab chiqarishda qo’shimchalar bilan ifloslangan ekstraksion fosfat kislota ishlatilganligi uchun, uning ammiak bilan pH3 gacha neytrallanish jarayonida HPO4∙2H2O turidagi temir va alyuminiyning o’rta fosfatlari va temiralyuminiyammoniyfosfatlari – NH4(Fe,Al)(HPO4)2∙0,5H2O, dikalsiyfosfat CaHPO4∙2N2O, gips, ftoridli va ftorsilikatli tuzlar, magniyammoniyfosfat NH4MgPO4∙H2O ajralib chiqadi, suyuq fazada esa ammoniy sulfat paydo bo’ladi.
Fosfat kislotani ammoniylashtirishda, tarkibida ammoniy fosfatlari, erkin fosfat kislota, suv va cho’kadigan qo’shimchalar bo’lgan kislotali suspenziya hosil bo’ladi. Ammiakning yutilish me’yori bo’yicha suspenziya miqdori va komponentlarining tarkibi hamda haroratining ortishi xuddi uning xossasi – pH qiymati, qattiq fazalar eruvchanligi, qovushqoqligi (oquvchanligi) va boshqalar kabi muntazam o’zgarib turadi.
1 – rasm. Ammoniy fosfatlar to’yingan suvli eritmalari ustidagi ammiak bosimining NH3:H3PO4 molyar nisbatiga bog’liqligi.
2 – rasm. 65-75°C haroratdagi Ammoniy fosfatlar to’yingan eritmalari pH qiymatining NH3:H3PO4 molyar nisbatiga bog’liqligi.
To’yingan suvli eritma ustidagi ammiakning muvozanatli bosimi NH3:H3PO4 molyar nisbatiga bog’liqdir (1–rasm). Unga esa vodorod ko’rsatkich – pH qiymati bog’liq (2–rasm), pH qiymati orqali jarayonni boshqarib turiladi. 25°C da NH3:H3PO4 molyar nisbati 1,45 ga yaqin bo’lgan to’yingan eritma maksimal zichlik va qovushqoqlikka ega bo’ladi. Suspenziya tarkibining o’zgarishi ularning suyuq fazalarining qaynash haroratiga katta ta’sir ko’rsatadi, buni konsentrlash va suvsizlantirishning optimal tartib (rejim) larini tanlashda e’tiborga olish lozimdir.
Dostları ilə paylaş: |