Axmamat jumayev, surayyo sharipova


Alkogol o‘zini namoyon qilish vositasi sifatida



Yüklə 464,23 Kb.
səhifə90/118
tarix15.08.2023
ölçüsü464,23 Kb.
#139446
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   118
Ijtimoiy pedagogika-fayllar.org

Alkogol o‘zini namoyon qilish vositasi sifatida. O‘smirlar ichkilikbozliklarining sabablaridan biri-bu kattalarga o‘xshashni istashdir. Spirtli ichimlik ichishni bunday o‘smirlar mardlik va dovyuraklik, mustaqilliqdan belgi deb hisoblaydilar. Ma’naviy cheklanganligi, maktab jamoasida o‘zini namoyon eta bilmaslik bunday o‘smirlarni spitli ichimlik ichishga, ko‘chadagi o‘rtoqlari orasida o‘zini ko‘rsatishga majbur etadi.


  • Alkolog reklama sifatida. Spirtli ichimliklarni ichishni kino, televideniye, reklamalarda ommalashtirish spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga o‘smirlarni qiziqtiradi. AQSH lik sosiologlar spirtli ichimlik ichadigan kino qahramonlar namunasi (ular asosan ijobiy rollarni o‘ynaydilar) o‘smirlarni ichkilikbozlikka jalb etishning eng ta’sirli usulidir deb hisoblaydilar.


  • Alkogol vaqtni o‘tkazish vositasi sifatida. Maktabdan tashqari bolalar va o‘smirlar muassasalari sonining kengayib ketishi turli xil ta’lim xizmatlari uchun to‘lanadigan narxlarning qimmatligi (musiqa, raqs va boshqalarga o‘rgatish) ko‘pchilik o‘smirlarning bo‘sh vaqtlari ko‘p bo‘ladi. Foydali ish bilan shug‘ullanmaydigan o‘smirlar ko‘chalarda to‘dalarga qo‘shilib odatda spirtli ichimliklari icha boshlaydilar.


  • Alkogol me’yordagidan psixik kamchiliklari o‘rnini to‘ldiruvchi vosita sifatida. Bolalarda alkogolizmini rivojlanishiga ko‘pincha psixik sog‘lomligidan kamchiliklari yoki ijtmoiy moslashishiga xalaqit qiluvchi jismoniy sog‘lig‘idagi kamchiliklar sabab bo‘ladi. Nuqsonning paydo bo‘lishi sababidan qat’iy nazar (tug‘ma kamchilikmi, psixik kasallanishmi) bolada atrofdagilar bilan munosabatlar buziladi, o‘ziga noto‘g‘ri baho berish yuzaga keladi. Bunday hollarda alkogol bola shaxsidagi mavjud moslasha olmaslikni silliqlashga imkon beruvchi, o‘rnini to‘ldiruvchi omil hisoblanadi, uning tengdoshlari orasiga qiynalmasdan kirib borishini ta’minlaydi.


  • Alkogol xayoliy haqiqat sifatida. Ba’zi bir o‘smirlar o‘zidagi mavjud muammolarni vaqtinchalik unutish, yo‘qotish, yomon tashvishlardan ozod bo‘lish maqsadida spirtli ichimlik iste’mol qiladilar. Keskin vaziyatlar oilada yoki maktab jamoasida begonalashib qolishi sababli yuzaga kelishi mumkin. O‘smirda dunyodagi hamma hayotiy tashvishlarni spirtli ichimlik ichib hal qilish mumkin degan fikr paydo bo‘ladi.




    Yüklə 464,23 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   118




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin