Ikkinchi vazifasi natijani oldindan ko‘ra bilish. Uning mohiyati shuki, qo‘yilgan tashhis asosida ichkilikbozlikka mayli bor bola bilan ish olib borishning aniq ijtimoiy pedagogik dasturi ishlab chiqiladi. Bu dastur bosqichma-bosqich amalga oshirilib, ijtimoiy adaptasiya, korreksiya yoki reabilitasiyani keltirib chiqaradi.
Uchinchi vazifasita’lim-tarbiya bo‘lib, bolada uning ijtimoiy pedagogik reabilitasiyasi davomida shakllanishi lozim bo‘lgan xislatlarni, bolalar va kattalar xulq-atvori va faoliyatiga pedagogik ta’sirni oshirish, bola tarbiyasidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish, ichkilikbozlik muammosini yengib o‘tish uchun lozim bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Ijtimoiy pedagogning to‘rtinchi vazifasi-huquqiy himoya. Uning mohiyati shuki, ijtimoiy pedagog faoliyati huquqiy asosda ko‘riladi.
Beshinchi vazifasi-tashkiliy funksiya. U ichkilikbozlikka mayli bor bola bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat yuritishda turli mutaxassislarning ishtirokini talab qiladi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun sharoitlar yaratadi, bolalar, kattalar uchun ijtimoiy foydali faoliyatni tashkil qiladi.
Oltinchi vazifasi-kommunikativ funksiya. Bunda ijtimoiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida uning ko‘pgina ishtirokchilari o‘rtasida aloqalar o‘rnatiladi.
Yettinchi vazifa-profilaktik funksiya bo‘lib, u erishilgan ijobiy natijalarni mustahkamlaydi va ichkilikbozlik alomatlarining paydo bo‘lishini bartaraf etadi. Bu vazifalar ijtimoiy patronaj o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy pedagog faoliyatida bolalar hayotini alkogollashuviga qarshi qaratishi tarbiyalanuvchilarining yosh xususiyatlariga qarab amalga oshiriladi.
Deviant xatti-harakatdagi bolalar va o‘smirlarga nisbatan profilaktika, reabilitasiya va korreksiya ishlari amalga oshiriladi.
Reabilitasiya-bu bola shaxsining huquqi, huquqiy statusi, sog‘ligi, ishga layoqatsizligini tiklashga qaratilgan kompleks, ko‘p darajali, bosqichli va dinamik tizimdir. U profilaktika va korreksiya singari aspektlarni o‘z ichiga oladi.
Profilaktika- bu reabilitasiya tizimidagi shaxsning rivojlanishidagi u yoki bu chekinishlarni yo‘qotishga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan tadbirlardir. U ko‘proq ijtimoiy muhit bilan bog‘liqdir.
Korreksiya - bu hayotiy chekinishlarga uchragan bolalar va o‘smirlar bilan olib boriladigan aniq faoliyat hisoblanadi.