Foydalanilgan adabiyotlar. 1.Ashirov A.EtnologiY. T.: YANGI NASHR. 2014.
2.Jabborov I. Jahon etnografiyasi asoslari. Toshkent.2008.
3.Istoriya mirovoy kulturi. Spravochnik shkolnika. M., 1997.
4.Morgan L. Drevneye obshestva. L.1935.
5.Severoamerikanskiye indeysi. — M.: izd. „Progress". 1978. 6.Uayt D. M. Indeysi Severnoy Ameriki. Bit, religiya, kultura. M.: «Sentrpoligraf», 2006.
7.Entone Giddens.SotsiologiY.T.: Sharq.2002.
8.Ensiklopedik lug‘at. 1-2-kitob. T.,1988.
Mavzuni mustahkamlovchi savollar. 1.Nima sababdan Amerika qit’asi aholisini hindular deb atashadi? 2.Shimoliy Amerikada eskimoslar qayerdan kelib qolgan va ularningn madaniyati nimasi bilan ajralib turadi?
3.Yevropaliklar bosqiniga qadar Amerika tub joy aholisining qaysi birlari asosan dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar?
4.Amerikaning tub joy aholisini nimasiga qarab turkumlashadi? . 5.Sharqiy о‘rmon zonasida yashagan hindilarning madaniyati nechta davrga bо‘lib о‘rganiladi?
6.Pueblo madaniyati qanday madaniyat va nima uchun ana shu nom bilan ataladi?
7.Nima sabadan XVIII asr oxirlariga kelib, ona urug‘i о‘rniga ota urug‘i tashkil topa boshlagan?
8.Shimoli-g‘arbiy sohil hindilarining hayotida muhim rol о‘ynagan potlach («о‘yinchoq») marosimi qanday marosim?
9.Irokezlar madaniyati nimasi bilan farqlanib turadi?
10.Dasht ovchilarining madaniyati nimasi bilan farqlanib turadi? 11.Atsteklar madaniyati haqida о‘z fikringizni bayon qiling.
12.Mayya madaniyati nimasi bilan farqlanib turadi?
13.Amerikaning qaysi bir qabilasida ilm-fan ancha rivojlangan? 14.Qadimgi hindilarning yozuvi bо‘lganmi, agar bо‘lsa qanday kо‘rinishga ega bо‘lgan?
15.Inklar madaniyatining о‘ziga xos xususiyatlari tо‘g‘risida о‘z fikringizni bildiring.
27-mavzu.XX asr jahon madaniyati. (2-soat) Reja: 1.Madaniy hodisalar va jarayonlarning an’anaviy xususiyatga ega ekanligi. San’atda supermatizm oqimi. 2.Modern va postmodernizm madaniyati, ularning san’at, falsafa va fanga aloqadorligi. 3.Simvolizm estetikasi. 4.Postrukturalizm postmodernizmningfalsafiy asosi. 5.Madaniy taraqqiyotda inson omili. Insonning industrial madaniyatga munosabati. 6.Ommaviy madaniyat.Ommaviy madaniyatning salbiy va xatarli oqibatlari. Insonning tashqi tabiat hodisalari va jarayonlaridan ta’sirlanishi davom etar ekan, uning ma’naviy dunyosida, ya’ni olamni qabul qilish jarayonida о‘ziga xos о‘zgarishlar sodir bо‘lib boraveradi. Insoniyat butun umri davomida, о‘zini qurshab turgan tashqi dunyoni о‘zgacha tasavvur qila borib, yangidan yangi ma’naviy boyliklarni yaratib boravergan.
Inson tafakkuri tashqi tabiat hodisalari ta’siri natijasida о‘zgarib boraverarkan, ruhiy kechinmalari orqali vujudga kelgan tushuncha va tasavvurlarini о‘zi yaratadigan madaniy boyliklarda mujassamlashtira borib, о‘zida paydo bо‘lgan betizgin kechinmalarni ana shu boyliklar orqali ifodalashga harakat qiladi. Shu boisdan ham har bir davr madaniyatida о‘tmish madaniyatiga nisbatan paydo bо‘lgan yangiliklarni badiiy idrok etishda keskin о‘zgarishlar vujudga keladi. Masalan, XX asr boshlarida Rossiyada rang tasvir san’atida “tushunarsiz”, “bema’ni”, odamni “g‘azablantiradigan” asarlar paydo bо‘la boshladi. Tor fikrli odamlar bu asarlarni qabul qila olmadilar. Ular: “Rassomlar bizni kalaka kilyaptilar”, deb xulosa chiqardilar. Ammo tug‘ilayotgan “yangi san’at” tarafdorlari jamiyatni о‘zining ommaviy madaniyatiga qarshi qо‘ymokchi edilar. Bu toifa odamlarga hamma narsa bema’ni, telbanamo bо‘lib tuyuldi. Ular olamni doimiy telbalikdan iborat deb tasvirlash uchun an’anaviy о‘tmish obrazlardan voz kechishlari kerak edi.
Ana shunday san’atning alohida bir yо‘nalishi supermatizm (lot. eng yuqori) oqimi shu tarika ilk bor Rossiyada yuzaga kelgan edi. Bu oqimning asoschisi Kazimer Malevichdir. Bu yо‘nalish 1910 yili paydo bо‘ldi. Supermatizm abstraksionizmning bir kо‘rinishidir
K.Malevichning “Qora kvadrat” surati supermatizm oqimiga mansub dastlabki asarlardan biridir. Tomoshabin bir qarashda bu kvadratda hech narsani kо‘rmaydi yoki bu surat nimani anglatishini tushunib yetmaydi. Oddiy turtburchak qora rangdagi tasvir, bor-yо‘g‘i oddiy geometrik shaklni eslatadi. Har qanday holatda ham bu tasvirning san’at asari ekani hech kimning hayoliga kelmaydi.
K.Malevich mazkur asarini tomoshabinning ongiga ta’sir etishga mо‘ljallab chizgan edi. Agar biron odamning oldiga choynakni qо‘yib, ”bu - etik” deb aytsak, shubhasiz, u hayron bо‘ladi. Agar biron suratdagi hayotning tasviri о‘rniga qora kvadratik joylashtirsak, battar hayron bо‘ladi. Albatga, tomoshabin yaia asarga qо‘l siltab ketaveradi va oxiri bu asarni unutadi. Ammo zamonaviy sivilizatsiyaning mо‘jizasini yaxshi bilgan, tushungan tomoshabin rassom yashirgan mazmunni izlay boshlaydi va nihoyat topadi. Birinchidan, “Qora kvadrat” tasvirdagi an’anaviy usulni inkor qiladi, chunki rassom о‘z asarini yangi, zamondan ilgari ketgan deb baholaydi, tasvirning an’anaviy usulini esa,, eskirgan deb e’lon qiladi. Bundan oddiy haqiqat kelib chiqadi: bu rassomning fikricha, oldingi rassomlarning san’ati yaroqsiz bо‘lib qolgan, ularning asarlari lash-lushdan boshqa narsa emas, tashlab yuborish kerak.
Ammo “Qora kvadrat” surati qanday mazmun ifodalashini, uning ma’no-mohiyatini bila olganimiz yо‘q. Tomoshabin inson hayoti tasviri о‘rniga qop-qora bо‘shliqni kо‘radi. Tomoshabinning ongida, hayot ham xuddi shu qora kvadrat kabi, bum-bо‘sh, mazmunsizdir, degan taassurot paydo bо‘lishi mumkin. Xullas, “Qora kvadrat” mazmundan holi emas, balki usha mazmunni ong, idrokni ishga solgan holda bilib olish mumkin. Buning uchun tomoshabinning hayot va uning mazmuni haqidagi tasavvurlari oddiylikdan murakkablikka tomon borishi lozim. “Madaniyatning yangi ruhi” albatta tug‘ilishini va an’anaviylik abadiy emasligini, madaniyatda yagona, qotib qolgan shakl bо‘lmasligini shu birgina misol kо‘rsatadi. Aynan madaniyatdagi modern (fransuzcha modern sо‘zidan olingan bо‘lib, “yangi”, “zamonaviy” degan ma’nolarni ifodalaydi) yoki modernizm uslubining mohiyatida ana shu tasavvur va fikr yotadi. (Qarang: Abdurahmonov M., Rahmonov N. Madaniyatshunoslik. Toshkent 2011,121-122 betlar.)
XX asr boshlariga kelib san’atda, ayniqsa, tasviriy san’atda “supermatizm” atamasi vujudga keladi. Mazkur atama badiiy ijodda abstraksionizm (mavhumlik)ning bir kо‘rinishi sifatida qо‘llanila boshlangan. bо‘lib,
Aynan, supermatizm (lotincha supermus sо‘zidan olingan bо‘lib, "ustunlik”, “hukmronlik”, degan ma’noni anglatadi) ijodiy yо‘nalishi tasviriy san’atdagi о‘ziga xos ijodiy yondashuv sifatida 1915 yilda rassom Kazimir Malevich tomonidan asos solingan avangardizm san’atining bir yо‘nalishidir. Supermatizm geometrik abstraksionizm (mavhumlik)ning bir kо‘rinishi hisoblanadi. Supermatizm tushunchasi asosida tasviriy san’atda bir rangning boshqa ranglarga nisbatan ustunligini anglatadi, ya’ni aniq bir rang rasmdagi boshqa barcha ranglarga nisbatan bо‘rtib kо‘rinib turadi. Suprematizm - XX-asr boshidagi ijodiy yо‘nalish sifatida kо‘zga yaqqol tashlana boshlangan va asosiy e’tibor chegaralangan ranglar oralig‘ida chizilgan geometriya asoslariga (doiralar, kvadratlar, tо‘rtburchaklar va h.k.larga) qaratilgan
.
Suprematizm atamasi obyektlarni vizual tasvirlashdan kо‘ra "sof badiiy tuyg‘uning mukammalligi"ga asoslangan mavhum san’atni anglatadi.
Suprematist ijodkor uchun obyektiv dunyoning kо‘zga tashlanib turadigan hodisalari о‘z-о‘zidan ma’nosizdir. Boshqa ranglar, narsalar, jarayonlar boshqa ranglardan, narsalar va jarayonlardan mutlaqo mustaqil tarzda ustunlik qiladi.
Modernizm (italyancha moderne sо‘zidan olingan bо‘lib, eng yangi, zamonaviy kabi ma’nolarni anglatadi) XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida ommalashgan atama. Modernizmning vujudga kelishida о‘sha davr san’at va adabiyotida mavjud bо‘lgan dekadentlik (lotincha – decadentia – tanazzul, tushkunlik) oqimining badiiy ijodda о‘ta tushkun kayfiyat va xafsalasizlikni ifodalovchi ruhining hukmronlik qilganligi katta ta’sir kо‘rsatgan. Dekadentlik kayfiyati ertangi kunga, insoniyat kelajagiga umidsiz qarash, inson aql zakovati, kuch-qudrati, uning oliy hilqat sifatidagi mavjudligiga ishonchsizlik, mavjud voqelikni qabul qilmaslik kabilarda namoyon bо‘ladi. Dekadentlikning keng tarqalishi uning obyektiv tarzda, jamiyat hayotining barcha jabhalarida kuzatilgan inqiroz natijasida vujudga kelgan
Shuningdek, modernizmning vujudga kelishida dastlab, Fransiyada tashkil topgan simvolizm (yunon. Symbolon - borliqni ramzlar orqali ifodalash), akmeizm (yunon. Acme – gullab-yashnash) impressionizm (frans. Imprssion –san’atda san’atkorning о‘z subyektiv mushohadasi, his-tuyg‘u va taassurotlarini bevosita aks etirishi) kabi juda kо‘plab ijodiy oqimlarning vujudga kelishi ham о‘z ta’sirini kо‘rsatgan. Natijada modernizm nafaqat tasviriy san’at sohasida, shuningdek, teatr, musiqa, badiiy adabiyot, va hatto falsafada ham yangicha yondoshuv shaklida vujudga kelgan.
Modernizm vakillari realizmga qarshi kurashdi, klassitsizm (akade-mizm)ga xos bо‘lgan ijodiy tamoyillarni inkor etishga intildi.
Modernizm nafaqat mazkur davr san’ati, balki ilm psixoanaliz naza- riyasi, F. De Sossyurning struktural lingvistikasi (tilshunosligi), A.Eynshteynning nisbiylik nazariyasi, N. Vinerning kibernetikasi) va falsafa (F. Nitsshe, A. Bergson, M. Xaydegger va boshqalarning g‘oyalari) bilan ham bog‘liq bо‘lgan.
Modernizmning eng yirik nazariyotchisi Ortega-i-Gas-set san’atning xalqchilligiga qarshi chiqdi: „Modernistik san’at… xalqqa begonadir, buning ustiga u xalqqa… zid ekan. Haqiqiy san’at san’atkorlar uchun, omma uchun emas…“. deb ta’kidlagan. Ijtimoiy masalalar uning asarlaridagi asosiy masalalar bо‘lgan. U “San’atni insoniylashtirish” (1925) va “Ommaviy qо‘zg‘olon” (1929) kabi asarlarida G‘arb falsafasida birinchi marta “ommaviy jamiyat” nazariyasining asosiy tamoyillarini bayon qilib beradi, va bu orqali G‘arbda burjua demokratiyasining inqirozi hamda davlat tashkilotlarining rasmiyatlashuvi (byurokratlashuvi), pul va faqat pul munosabatlarining tarqalishi natijasida vujudga kelgan ma’naviy muhitni tushuntirib beradi. Aynan ana tamoyillar asosida san’atning quyidagi ikki turi - ozchilik uchun (“ shartli”, “idealistik”, ya’ni badiiy) va kо‘pchilik uchun (“realistik” va “satirik” san’at)ni ajratib kо‘rsatadi.
Shuningdek, faylasuf modernizm san’atini uni tushunadigan va tushunmaydiganlarga ajratish sifatida tavsiflaydi, chunki bu san’at “sof badiiy”. Biroq, “bizning shaxsiy didimizning kо‘r-kо‘rona injiqligi” bizni ikkalasi о‘rtasida bо‘lishimizni taqozo etishi mumkinligini ta’kidlaydi.
Aslida modern (yangi, zamonaviy) ilk bor milodiy V asrda qо‘llangan bо‘lib, rasmiy maqom egallab borayotgan zamonaviy masihiylikni о‘tmishdagi majusiy Rimdan ajratish uchun qо‘llana boshlangan. Chunki, masihiylik e’tiqodi oqimi Rim uchun tamomila yangilik edi, chunki Yahudiya uzoq yillar garchi Rim imperiyasi tarkibida bо‘lsa ham, masihiylikka ashaddiy qarshilik qilib keldi. Ammo masihiylik majusiylikka nisbatan yangi va ilg‘or e’tiqod, о‘z davridagi Sharq uchun eng progressiv oqim bо‘lganligi bois uchun ham unga qarshi bо‘lgan barcha qarshiliklar behuda bо‘lib qoldi. Demak, har qanday yangilik о‘z davri uchun kutilmagan, lekin kishilarni kelajakka boshqacha kо‘z bilan qarashga majbur qiladi. Boshqacha qilib aytganda, “Davr ongi uchun zarur bо‘lgan yangilik” eskidan yangiga о‘tish bosqichida yuz beradi.
Franklarning qiroli va imperatori Buyuk Karl (768 - 814 yillar) Fransiya va Germaniyada yangi maktablar tashkil ettiradi. Natijada, qirollikka bilimdon odamlar taklif qilinadi. Uning bu harakati, ya’ni xristian cherkovining mutlaq hokimiyatni qо‘lga kiritguniga qadar kishilarda ma’lum darajada antik adabiyotga, dunyoviy bilimlarga, tasviriy san’atga va arxitekturaga e’tiborni kuchaytiradi. Yoki Yevropa Ma’rifaparvarlik harakati kishilarda inson ongining cheksizligiga ishonch paydo qilib, jamiyatni ong asosida qurish va boshqarish g‘oyasini ilgari surdi. Aynan ana shu harakatlarning vakillari о‘zlarini “modernchi”, “yangi”, “zamonaviy” deb hisoblay boshladilar. Chunki ularning har ikkalasi ham inson ongiga alohida e’tibor bera boshlaganlar.
Yangi yoki modern madaniyati antik davr madaniyatiga yangicha munosabat yuzasidai shakllangan, ya’ni antik davr madaiiyati modern madaiiyati uchun meyor bо‘lib hisoblandi, Yoki barcha zamonlarda ham “modern” rassomlari о‘z asarlarini antik davr asarlari bilan solishtiganlar, ya’ni antik davr asarlari “modern” rassomlari uchun aks ta’sir vazifasini bajargan. Shuning uchun ham modernchilar antik davrni tanqid qilsalar-da, hech qachon bu madaniyatdan yuz о‘girmadilar.
“Modern” tushunchasi faqat san’at bilan, emas, balki falsafa va fangaham aloqadordir. Modern she’riyatning estetik-falsafiy asosi simvolizmga tayandi. Simvolizm (yunoncha simbolon, fransuzcha cimbolisme – belgi, nishon) ruhida ijod qiluvchi shoirlar ijodida о‘lim, sevgi, azob-uqubat kabi kechinmalar, Injil lavhalaridan sahnalar, antik mifologiya, о‘rta asrdagi tarixiy va mifologik voqealar asosiy mavzu bо‘lgan.
XIX asr oxirlarida Yevropa va Amerikaning yirik shaharlarida qurila boshlagan yirik savdo dо‘konlarini bezashda g‘ayriodatiy bezak usullaridan foydalanildi. Bu bezak usullari savdoning gullab-yashnayotgani va qudrati oshib borayotganligining ramzi bshlib kelgan.
Modernizmdan keyingi yо‘nalish postmodernizm yо‘nalishidir. Agar postmodernizmni ma’naviy madaniyat nuqtai nazaridan tahlil qiladigan bо‘lsak, u muayyan vaziyat, ongni belgilaydigan о‘ziga xos “madaniy borliq”dir. Agar mazkur atamani adabiyotshunoslik va san’atshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilsak, u о‘tgan asrning ikkinchi yarmida adabiyot va san’atda vujudga kelgan ijodiy oqim, ijodiy metoddir.
Postmodernizm - hozirgi falsafa, san’at va fanning asosiy yо‘nalishidir. Modernizm oldinga harakat qilishga urinish, mutlaq yangi belgilar tizimini yaratishga urinish bо‘lsa, postmodernizm - yangi belgilar tizimini yaratish imkonsizligini qayd qilishdir. Agar postmodernizmni jamiyat nuqtai nazaridan tahil qilsak, mazkur atama zamonaviy jamiyatga sivilizatsion nuqtai nazaridan yondoshuvdir, ya’ni sivilizatsiya taraqqiyotining hozirgi bosqichini ifodalash uchun qо‘llaniladigan tushunchadir.
Podindustrial jamiyatga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat. 1.Iqtisodiyotning mahsulot ishlab chiqarishdan xizmat kо‘rsatish sohasini rivojlantirishga qarab yо‘naltirilishi hamda sanoatda ilm-fanga asoslangan sohalarning ustuvorligida; nazorat qilinadigan texnologik taraqqiyot istiqobllarini reajalashtiruvchi metatexnologiyalarni yaratish imkoniyatini beradigan yangicha texnologik sohaning tashkil etilishida; jamiyatning ijtimoiy strukturasidagi munosabatlarning tubdan о‘zgarishida, industrializm davridagi sinfiy bо‘linish о‘rniga kasb-hunarga qarab bо‘linishning ustunligi, mulkchilik munosabatlari ahamiyatining о‘zgarishi oqibatida avval asosiy bо‘lgan mehnat va kapital о‘rtasidagi ziddiyat о‘rnini ishni bilmaslik va kasbiy mahorat о‘rtasidagi ziddiyat egallaydi; jamiyatning muassasa va tashkilotlari tarkibida tub sifatiy о‘zgarishlarning yuz berishida, ilmning yangi texnologik jarayonlarning asosida, shuningdek, ijtimoiy ixtiloflarning bosh sababi sifatida namoyon bо‘lishi; ijtimoiy tashkilotlar doirasida semantik (sо‘z yoki ibora ma’nosi) va aksiologik urg‘uning о‘zgarishi – an’anaviy jamiyatda – “armiya va cherkov, industrial jamiyatda “firma va korporotsiya” ustunlik qilgan bо‘lsa, postmodern jamiyatga kelib, bu jamiyatning asosiy hodisasi bо‘lgan ilmni vujudga keltiruvchi muassasa – universitetlar ustunlik qiladi; madaniyat sohasining qayta tashkil etilishida uning tashqi shakliy tomonini kompyuterlashtirish tashkil etsa, ichki mazmunini, birinchi navbatda, intellektualizm hamda shu asnoda har bir kishi tomonidan о‘zini ilm industriyasi sifatida tashkil etishi belgilaydi.
Podindustrial jamiyat tо‘g‘risidagi atamani birinchi bо‘lib amerikalik sotsiolog va futurolog Daniyel Bell (1919-2011) tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Daniyel Bell tomonidan yaratilgan postmodern jamiyatning asosiy konsepsiyasi keyinchalik boshqa sotsiolog va futurologlar tomonidan ikki yо‘nalishda rivojlantrildi. Bell dastlab mazkur tushuncha orqali о‘zi ilgari surayotgan ta’limotini 1973 yilda yozgan “Postmodern jamiyatining vujudga kelishi. Ijtimoiy bashoratchilikdagi avantyura” asarida deb atagan bо‘lsa, keyinchalik mazkur atamani sivilizatsiyaning real rivojidagi aniq bosqich sifatida ifodalab beradi.
Bell insoniyat tarixidagi uchta asosiy davr tо‘g‘risida sо‘z yuritib ularni agrar (qishloq xо‘jaligiga asoslangan), sanoatlashgan va postindustrial (sanoatlashgan davrdan keyingi), ya’ni bugungi davrni ta’riflab beradi. Ularning har birini bir-biridan farqlashda asos sifatida ishlab chiqarish resurslarini asos qilib oladi. Masalan, agrar jamiyatni xom ashyoga, sanoatlashgan davrni energiya manbalariga va bugungi, zamonaviy jamiyatni esa, axborotga asoslanganligini ta’kidlab о‘tadi. Industriyagacha bо‘lgan jamiyat asosan qishloq xо‘jaligi, tog‘-kon sanoati, baliqchilik, daraxt kesish va tabiiy gaz yoki neftgacha bо‘lgan boshqa resurslarga asoslangan. Sanoatga asoslangan, ya’ni inudstrial jamiyat mahsulot ishlab chiqarish uchun energiya va mashina texnologiyasidan foydalanadi. Postindustrial jamiyat esa, telekommunikatsiya va kompyuterlar orqali axborot va bilim almashinuvi bilan tavsiflanadi.
Bell fanning rivojlanishini postindustrial jamiyatning asosiy belgisi deb hisoblaydi: “Postindustrial jamiyatning ildizlari fanning ishlab chiqarishga misli kо‘rilmagan ta’sir kо‘rsatishida yotadi” U ilmiy bilimlar taraqqiyoti va iqtisodiy tendentsiyalarni о‘rganar ekan, postindustrial jamiyatda insonning roli, ya’ni inson omili birinchi о‘rinda turishini, insonning xatti-harakatlari qadriyat darajasiga kо‘tarilishini ta’kilaydi. Lekin, ilmiy bilimlarning jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi sifatida yuzaga kelishi quyidagi yangi ijtimoiy muammolarni yuzaga keltiradi. Birinchidan, yangi bilimlarni ishlab chiqarishga joriy etadigan va jamiyatni boshqarishga da’vo qiladigan yangi “professionallar” toifasi paydo bо‘ladi. Ikkinchi tomondan, axborot imtiyozlari (ning) an’anaviy iqtisodiy taraqqiyotni muntazam ravishda baholab borish imkoniyatiga ega bо‘lmay qoladi, ya’ni axborotlarning taqsimlanishi asosan iqtisodiyot sohaga qaratilib, ijtimoiy munosabatlar chetda qola boshlaydi. Chunki ishlab chiqariladigan barcha mahsulotlar insonning moddiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilib, kishilarning ijtimoiy munosabatlari asta-sekin chetda qola boshlaydi, ya’ni ularning о‘zaro muvofiq kelishini aniq belgilab bera olmay qoladi. Daniyel Belning ta’kidlashicha, postindustrial jamiyatning rivojlanish jarayonini nafaqat iqtisodiy jarayonlarni о‘rganish va tahlil qilib borishni, balki turli sohalarda paydo bо‘ladigan yangi tendensiyalarning paydo bо‘lishi va shakllanishi jarayonlarini ham nazardan chetda qoldirmaslikni talab qiladi. Zero, yangi tendentsiyalar eski iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarning butunlay yо‘q bо‘lishini anglatmaydi.
D.Bellning fikriga kо‘ra, quyidagi (soha)lar postindustrial jamiyatning asosiy xususiyatlarini belgilab beradi: a)xizmat kо‘rsatish iqtisodiyotini yaratish; b)ilmiy-texnikaviy mutaxassislar qatlamining hukmronlikka erishuvi; s)jamiyatda innovatsiyalar va siyosiy qarorlarni vujudga keltiruvchi nazariy bilimlarning markaziy о‘rni egallashi; d)о‘z-о‘zini ta’minlaydigan texnologik jarayonlarning о‘sib borishi; ye)yangi "intellektual" texnologiyalarning vujudga kelish imkoniyatlarining mavjudligi.
Daniyel Bell singari, Elvin Toffler ham insoniyat tarixidagi sivilizatsiyaning quyidagi uchta tо‘lqinini belgilaydi: qishloq xо‘jaligi, sanoat va axborot. О‘zgarishlarning birinchi tо‘lqini, muallif nuqtai nazaridan, qishloq xо‘jaligi inqilobi agrargacha bо‘lgan jamiyatdan agrar jamiyatga о‘tish bilan bog‘liq bо‘lib, ming yillikni oldi. Ikkinchi tо‘lqin - sanoat sivilizatsiyasining о‘sishi, agrar jamiyatdan industrial jamiyatga о‘tishni ifodalaydi va atigi 300 yil davom etdi. Biroq, muallifni kо‘proq uchinchi tо‘lqin qiziqtiradi. Alvin Toffler о‘zining kitoblaridan birini unga bag‘ishlaydi. Muallif amerikalik sotsiolog о‘zining “Uchinchi tо‘lqin” kitobida ta’riflagan mutlaqo yangi sivilizatsiyaning tug‘ilishiga guvoh bо‘layotganimizni ta’kidlaydi.
Tofflerning fikriga kо‘ra, uning uchta manbai bor: majburlash, boylik, bilim. Bilim uni amalga oshirishning hal qiluvchi omiliga aylangan asosiy manbadir.Zamonaviy jamiyatda bilim haqiqiy boylik va kuchlar siljishiga olib keladigan portlovchi kuchga aylanib bormoqda. Butun ijtimoiy organizm keskin о‘zgarishlarga duchor bо‘ladi, Yangi iqtisodiy dunyo inson bilimi va qobiliyatiga, shuningdek, erkinlik hissi va ijodiy о‘zini о‘zi rivojlantirish g‘oyasiga asoslanadi. Jamiyat butunlay boshqacha tuzilishga ega bо‘ladi: oldingi sinflar о‘rniga kо‘plab ijtimoiy guruhlar shakllanadi, har bir guruh о‘z qadriyatlari va turmush tarzini rivojlantiradi.
Byurokratiya о‘rnini butun bir qator yangi uslubdagi tashkilotlar egallaydi, garchi ba’zi joylarda iyerarxik tuzilmalar hali ham saqlanib qoladi. Milliy davlatning roli ham ancha kamayadi. Xuddi shunday muhim о‘zgarishlar supermafkura sohasida ham sodir bо‘ladi. Mexanik qarash о‘tmishda qoladi, odam dunyoni "jarayon", "teskari aloqa", "muvozanatning yо‘qligi" kabi tushunchalar nuqtai nazaridan baholay boshlaydi.
Yangi, postindustrial jamiyatda uning kо‘plab a’zolari hech qachon uni о‘zining “uydagidek” his etmaydilar, ular abadiy faqat vaqtinchalik uyga ega bо‘lgan sayohatchilar bо‘lib qoladilar.
Postmodernizmning asosida postrukturalizm yotadi. Postrukturalizm postmodernizmning falsafiy asosi sifatida G‘arbning eng yangi falsafasi amalga oshirgan “lingvistik burilish” о‘zani asosida shakllandi.
Shu о‘rinda lingvistik falsafa tо‘g‘risida qisqacha tо‘xtalib о‘tish maqsadga muvofiq. Til falsafasini о‘rganish XVIII asrdan boshlangan. Masalan, nemis faylasufi V.Gumbold (1767-1835)ning fikriga kо‘ra, til о‘ziga xos reallik bо‘lib, о‘zini о‘zi rivojlantiradi, о‘zini о‘zi yaratadi. Muayyan xalq tili falsafaga о‘z ta’sirini о‘tkazibgina qolmay, balki xalqlarning xarakterini ham belgilab beradi. Vilgelm Gegel ham tilning inson ongi va tafakkurini shakllantirishdagi rolini alohida ta’kilab о‘tadi.
Lingvistik falsafa grammatik jihatdan tahlil qilinadiga sо‘zlar reallikka qay tarzda mos keladi? Mavjud sо‘zlarning tо‘g‘riligiga qanday kafolat beradi? Sо‘zlar mavjud obyektni qay darajada tо‘g‘ri aks ettiradi, degan savollarga javob berishi talab qilinadi.
Ma’lumki, tilning lug‘aviy ma’nosi kо‘p bо‘lsa-da, uning mazmuni fikrni tо‘g‘ri va chuqur ifodalamasligi, tafakkurning rivojlanish darajasiga mos kelmasligi ham mumkin. Til о‘zlashtiriladi, biroq u tafakkurning rivojlanishiga ta’sir etmasligi ham mumkin. Bugungi kunda ziyolilar ishlatiladigan sо‘zlarni tо‘liq о‘zlashtirib olganlar. Lekin ularning hammasini ham bir xilda aqlli deb bо‘lmaydi.
Hozirgi kunda inson informatsiya oqimini о‘zlashtirishga, о‘ziniki qilib olishga qiynalayapti. Tilning ana shu о‘zlashtirilmagan qismi ortib bormoqda. Demak, til kо‘lami tafakkur kо‘lamidan bir necha bor keng tafakkur jarayoni sifatida subyektning bevosita jonli boyligidir.(Qarang: Falsafa. Qomusiy lug‘at. Toshkent. Sharq. 2004. )
Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, postmodernizmning diqqat markazida til muammosi, tafakkurning lisoniy xususiyati turadi. Shu boisdan ham postmodernizmning eng mashhur tezislaridan biri “Olam - matndir” degan nazariyadir. Postmodernizmda hamma voqelik matn, bayon sifatida fikr qilinadi. “Matndan tashqarida hech narsa yо‘q”, deb tasdiqlaydi postmodernizmning yirik vakillaridan biri J. Derrida. Har qanday tarixiy davr madaniyati matnlar yig‘indisi sifatida namoyon bо‘ladi.
Xо‘sh, postmodernizm madaniyatga qanday tatbiq qilinadi, ularning о‘zaro aloqalari nimalarda kо‘rinadi? Bu savolga: madaniyat g‘oyasi va tushunchasi belgilar tizimi sifatida postmodernizmning birinchi va asosiy shartidir.
Postmodernizm ongli ravishda qorishiqlikka (eklektiklikka) moyil bо‘ladi, kesatiqni, an’analarni, ommaviy va alohida san’atning bо‘linishini idrok qilmaydi, san’at bilan kundalik hayot о‘rtasidagi chegarani yо‘qotadi, о‘z tabiatiga kо‘ra hayolotga tamomila teskari, kelajakka yuz burmagan, umiddan mahrumlik kabilar postmodernizmning asosiy xususiyati hisoblanadi. (Qarang: Abdurahmonov M., Rahmonov N. Madaniyatshunoslik. 124-yebt)
Postmodernizmning modernizmdan farqi ham ana shunda. Chunki, madaniyatdagi ma’naviy о‘zgarishlar, bu о‘zgarishlarning jamiyat taraqqiyoti uchun, insoniyat tafakkuri uchun qanchalik manfaatli ekani о‘ta muhimdir. Har qanday madaniy hodisa inson va jamiyat manfaati uchun xizmat qilmas ekan, uning qiymati bо‘lmaydi. Chunki, inson omili madaniyatning jamiyatdagi о‘rnini belgilovchi asosiy vositadir. Ammo indiustrial jamiyatda inson omili qanday yuzaga chiqadi? Insonning “industrial madaniyat”ga munosabati qanday?
Zamonaviy madaniyatii ayrim mutaxassislar texnika, elektron yoki axborot madaniyati deb ataydilar. Bunday munosabat hozirgi madaniyatda texnikaning о‘rni muhimligini kо‘rsatadi. Hozirgi fan bilish, yaratish, ixtiro qilish, loyiha tuzish kabi jarayonlarni о‘zida mujassamlashtiradi va inson aql-zakovati yordamida hal bо‘ladigan muammolarga e’tiborni jalb etadi. Bugungi kunda ilmiy haqiqatni ochish bilan birga, insonning ehtiyoj va manfaatlariga mos keladigan imkoniyatlarni topish fanda ustuvor bо‘lmoqda.
Ma’lumki, G‘arbda fan va madaniyatdagi yangi yо‘nalishlarning shakllanish jarayoni Uyg‘onish davri (XIV-XVI asrlar) bilan bog‘liq. Uyg‘onish davri shaharlarning kо‘payishi, Yevropada ichki va tashqi savdoning vujudga kelishi, hunarmandchilikning rivojlanishi Yevropa madaniyatida yangi yо‘nalishlarning paydo bо‘lishiga olib keldi. Qisqa vaqt ichida moddiy madaniyat va texnologiyalar о‘zgarib, kо‘plab muhim ilmiy kashfiyotlar qilindi. Zotan, yangi davr - fan, texnika taraqqiyoti nafaqat dunyoni, balki odamlarning fikrlash tarzini xam о‘zgartiradi.
Fanning shakllanishi va sekin-asta jamiyat hayotiga muhim asos bо‘lib kirishi yangi davr kishisining turmush tarzi, fikr yо‘sini sifatida ratsionalizmning paydo bо‘lishga sabab bо‘ldi. Ratsionalizmning keng kо‘lamda namoyon bо‘lishi XVIII asrdagi ma’rifatparvarlik harakati bilan bog‘liq. Barcha baxtsizlik va nohaqlikdan insoniyatning aziyat chekishi bilimsizlikdan ekanligiga, faqat ma’rifatli xalq va uning hukmdori “Ozodlik, Tenglik, Qardoshlik”ni о‘rnatishga ma’rifatparvarlar ishonganlar.
Ma’rifatparvarlarning ratsionalistik yо‘nalishi XVIII asrdagi ishlab chiqarishni tashkil qilish, davlatning ichki va tashqi siyosati, huquq institutlari va siyosiy partiyalarning shakllanishi, san’at taraqqiyotida kо‘plab tamoyillarni belgilab berdi. Ma’rifatparvarlar Buyuk Fransuz inqilobining mafkurachilari, ya’ni g‘oyaviy rahnamolari bо‘lib, Uyg‘onish davri gumanistlari boshlab bergan madaniy qadriyatlarni ulug‘lash jarayonini nihoyasiga yetkazdilar. XVIII asrda ilmiy bilim jamiyat ongini butunlay yangi sifat darajasiga kо‘tardi. Fan insonning ma’naviy hayotiga chuqur kirib borib uning madaniyatiga mazmun bag‘ishladi. Kishilarning tabaqaviy, milliy-irqiy yoki boshqa farqlaridan qat’iy nazar, barcha uchun bir xil mohiyat kasb etdi.
Yevropa va Shimoliy Amerikaning kо‘plab mamlakatlarida XIX asrning о‘rtalarida industrlashtirish yoki sanoatdagi burilish nixoyasiga yetdi. Mashhur sotsiolog P. Sorokinning xulosasi bilai aytgapda, “birgina XIX asrdagi kashfiyot va yangiliklarning о‘zi oldingi asrlardagi kashfiyotlarning hammasini jamlagandan ham kо‘pdir”. Xususan, bu asrda 24 8527 ta kashfiyot hisobga olingan va bu makon, zamon va materiyaustidan texnika hukmronligining cheksiz о‘sganligidan dalolat beradi. Ispan faylasufi X Ortega-i Gassetning yozishicha: “Biz haqiqatdan ham XIX asrda insoniyat taqdirida rо‘y bergan radikal о‘zgarishlar oldida turibmiz. Zamonaviy inson uchun ham moddiy, ham ijtimoiy jihatdan mutlako yangi manzara yaratildi. Bu yangi dunyoning qiyofasini uchta muhim jihat belgilaydi. Bu demokratiya, eksperimental fan va industrializatsiyadir. Ikkinchi va uchinchi jihatlarni “texnika” nomi bilan umumlashtirish mumkin”.
Sivilizatsiyaning о‘sishi dastlab makon va zamonga xos kechdi: insonning ma’naviy dunyosi о‘tmishning yangi xududi va yangi “qatlami”ni о‘zlashtira boshladi. Bilishning maydoni chuqurlashdi va kengaydi. Biroq shu bilan birga zamon va makonni yenguvchi yangi usullar ham paydo bо‘ldi: inson yangi texnika vositasida ulkan fazoviy vaqtni qisqa muddatda bosib о‘tib, yer yuzining xohlagan joyida bо‘lish imkoniyatini qо‘lga kiritdi. Dunyo yangi qiyofa kasb etdi.
XIX asrda texnotsentrik dunyoqarash keng tarqalib, kishilar о‘z hayotini ilmiy asosda qurishga urina boshladi. Injenerlik faoliyati tamoyillari tabiatga va hayotga keng yoyildi.
Insonning turmush jarayonidagi bunyodkorlik, tirikchilik tashvishlari о‘rnini bundan buyon ixtirochilik, texnika ijodkorligi, ehtiyojlarni qondiruvchi texnika vositalari yaratish egalladi. Tabiat, inson, madaniyat kabi tushunchalar talqini sezilarli о‘zgardi. Tabiat material va energiyaning bitmas-tuganmas manbai, universal omborxonaga aylanib qoldi. Hatto, tabiat sirlarini о‘ta chuqur anglash ham unga yaqinlashish degani emas, balki, aksincha qandaydir begonalikni, fakat texnik yondoshuvni bildiradi. Insonning о‘z tabiati sirlarini anglashga urinishi shunchalik qarama-qarshi natijalarga olib keladi.
Insoning о‘zi mexanizm bо‘lgani kabi, dunyo ham unga о‘xshash ulkan mashina ishlab chiqaruvchi fabrikadir. Inson о‘rtacha mehnat unumdorligiga zga bо‘lgan madaniyat ijodkori degan fikrlar paydo bо‘ldi. Insonning hayoti, ehtiyojlari va maqsadlarini belgilab beradigan g‘oyalar, meyorlar, tartiblar paydo bо‘ldi, umumhayotiy andoza, turmush tarzi qonuniylashdi, barchaning huquqi tenglashdi, kо‘p sonli о‘rta sinf shakllandi, misli kо‘rilmagan muvaffaqiyatlar orqali ozodlikka erishdi, munosabat, did, odatlar yangi andozalarga kо‘chdi. Ommaviy madaniyat, hissiz, shaxssiz madaniyat davri keldi. (Qarang: Abdurahmonov M., Rahmonov N. Madaniyatshunoslik. Toshkent 2011 yil,125-126 betlar.)
Ma’lumki, texnika sо‘zining lug‘aviy ma’nosi insoniyatning turli sohalardagi mahoratini, san’atni anglatib, ishlab chiqarishga bog‘liq yoki bog‘liq bо‘lmagan faoliyatni amalga oshirish uchun kishilar yarattan vositalar yig‘indisini bildiradi.
Aslida, texnika madaniyatning muhim hodisasi sifatida jamiyat va tabiat о‘rtasidagi munosabatni, ya’ni insoniyatning kun kechirishi, ya’ni kundan kunga о‘zgarib boradigan moddiy ehtiyolarini qondirishning turli tuman vositlarini yaratishga majbur qiladi. Natijada insoniyat vaqtlar о‘tishi bilan yangidan yangi ishlab chiqarish qurollarini kashf qiladilar, yaratdilar. Insoniyat tomonidan yaratilgan texnik vositlar ijtimoiy madaniy jarayonining ajralmas tarkibiy qismiga aylanadi. Texnika taraqqiyoti insonning tabiat ustidan hukmronlik qilishida uning imkoniyatlarini kengaytirdi, madaniy va ijtimoiy о‘zgarishdarni muqarrar amalga oshirdi.
Texikaga asoslangan jamiyatlarni texnokratik jamiyat deb ham atashadi. Ayrim nazariyotchilarning bir qismi texnikaga tushkunlik nazari bilan qarab, an’anaviy jamiyatga qaytishni yagona yо‘l deb, hisoblaydi. Boshqalari esa, texnikaiiig agressivligi va murosasizligini ta’kidlab. inson bunday sharoitda faqat bitta usul bilan qarshi turishi mumkin, ya’ni kuchi yetganicha texnomadaniyatning parchalanishiga yordam berishi kerak, deb hisoblaydilar.
Biroq barcha muammo texnikada emasligini kо‘pchilik tushunib yetmaydi. Texnikaga emas, balki insonning о‘ziga bog‘liq. Texnika axloqiy jihatdan mustaqil olam emas, uning о‘rni, ahamiyati va kuchi jamiyatning qadriyat tizimiga bog‘liq bо‘ladi. “Texnika-inson” ziddiyatlarining bartaraf qilinishi yangi tipdagi insonning shakllanishiga bog‘liq bо‘lib, bu madaniyatdagi biosferik tamoyillarini hisobga oluvchi, tabiat va inson munosabatlarini uyg‘unlashtirishga harakat qiluvchi madaniyatning bosh muammolarini oqilona hal qilishni ta’minlovchi sifatga ega bо‘lgan yangi insondir.
XX asr о‘rtalaridan fan va texnika taraqqiyotining natijasi sifatida katta axborotlar sig‘imi, zahirasi vujudga keldi. Ommaviy axborot vositalari (OAV)-matbuot, kino,, radio, televideniye, kompyuter zamonaviy ijgimoiy madaniyat jarayonida salmoqli о‘rinni egallay boshladi. OAV yoki buning boshqacha mass media deb nom olgan turi axborot uzatishdagi kanallarning kо‘pligi, tezligi va uzoq ishlashi bilan ulkan hajmdagi zxborotlarga ega bо‘lmoqda.
G.E. Makmoen ta’kidlaganidek, “xammabop va omma yoqtiradigan yangi dunyoviy elektron madaniyati” shakllanmoqda. Haqiqatdan ham, zamonaviy madaniyat xolisona tahlil qilinsa, ma’naviy madaniyat kо‘proq ommaviylik kasb etib borayotgani ma’lum bо‘ladi.
Ma’naviy-mafkuraviy muammolarning “ommaviy madaniyat” va “axborot urushi” kabi kо‘rinishlari kо‘zga kо‘pam tashlanavermaydigan eng xavfli muammo hisoblanadi.
Mazkur muammolarning mazmun-mohiyati va asosiy maqsadi – muayyan xalqni, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbini egallash orqali qurolli urushlar natijasida erishib bо‘lmaydigan vazifa – aholini ma’nan tobe’ qilish orqali о‘ziga sо‘zsiz bо‘ysunadigan olomonni vujudga keltirishdan iborat.
“Ommaviy madaniyat” nima? Uning mazmun-mohiyati va asosiy maqsadlari nimalardan iborat?
“Ommaviy madaniyat” tushunchasi ilmiy adabiyotlarda quyidagi tushunchalar sifatida talqin etilmoqda:
Birinchidan, ommaviy madaniyat – muayyan bir xalqning madaniyati, ya’ni urf-odatlari, marosimlari, xalq og‘zaki ijodi va san’ati.
Ikkichnchidan, ommaviy madaniyat – ommaviy ishlab chiqarish, “kо‘ngil ochar industriya” tomonidan yaratilgan, ongsiz ommaning iste’moliga mо‘ljallangan madaniyatning siyqalashtirilgan namunalari.
Hozirgi kunda “ommaviy madaniyat”ni G‘arb madaniyati bilan
bog‘liq hodisa deb tushunish, shuningdek, uni g‘oyasizlik, sifatsizlik va didsizlik namunasi sifatida baholash keng tarqalgan.
“Ommaviy madaniyat” iborasi XX asrning ikkinchi yarmidan (1950-1960 yillardan) qо‘llanila boshlangan bо‘lsa-da, uning tarixiy ildizlari juda uzoqdir. Qadimda “ommaviy madaniyat” muayyan xalqning turmush va fikrlash tarzi sifatida turli yо‘llar orqali boshqa hududlarda yashovchi xalqlar о‘rtasida tarqatilgan.Bu vazifani asosan savdogarlar, sayyohlar va missionerlar bajarganlar. Chunki savdogarlar olib kirgan tovarlar mahalliy xalqni о‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan bepisandlik bilan qarash, о‘zga mamlakat mahsulotiga nisbatan muhabbat ruhini shakllantirgan.
1793 yilda Angliya qiroli Georg III Xitoyga tijorat aloqalari о‘rnatish uchun (albatta, xitoy aholisini о‘rganish, ularni о‘zlarining sifatli mahsulotlari bilan hayratlantirish orqali о‘z mahsulotlariga mehr uyg‘otish va shu yо‘l bilan asta-sekin xitoyliklarni xristianlikka kiritish ularning asosiy maqsadi bо‘lgan) savdo missiyasini yuboradi. Xitoyliklar ularni mehmondо‘stlik bilan kutib oladilar va ularning bozorlardan savdo qilish uchun joy berishlarini sо‘raganlarida, ular: “Xitoyliklar yevropaliklar taklif qilayotgan biror narsaga muhtoj emaslar, Osmonosti mamlakatida hamma narsa mо‘l va hech narsaga ehtiyoj yо‘q. Shuning uchun sizlarning mahsulotlaringizni bizning mahsulotlarga ayirboshlash uchun ehtiyoj yо‘q”, deb javob beradilar. Chunki, xitoyliklar Yevropaliklar olib kelgan mahsulotlar orqali yerli xalqni tobe qilish ruhi kirib kelishini anglab yetadilar. Xitoyga g‘arb missionerlarini yuborishga ijozat sо‘rab qilingan murojaatga esa, “xitoyliklar va varvarlar (xitoyliklar uchun yeropaliklar varvar – yovvoyilar hisoblangan) о‘rtasida о‘tib bо‘lmas tafovut bor. Shuning uchun elchingiz sizning diningizni tarqatish uchun erkinlik berilishini sо‘rab qilgan iltimosi bizga aqldan uzoq kо‘rinadi” deb javob berishadi.
“Ommaviy madaniyat” asl kishilik madaniyatiga zid, uni poymol etadigan, mohiyatini buzadigan va oxir-oqibat insonni jon saqlashdan о‘zga maqsadi bо‘lmagan jonzot, hayvon darajasiga tushiradigan, xalqni, ayniqsa, yoshlarni ongsiz olomonga aylantiradigan hodisadir. “Ommaviy madaniyat”ning targ‘iboti eng avvalo, milliy axloqni zaiflashtirib, jamiyatning g‘oyaviy tizimini izdan chiqarishi bilan xatarlidir.
Bugungi kunda katta xavfga aylangan “ommaviy madaniyat” quyidagi vazifalarni bajarishni asosiy maqsad qilib qо‘ymoqda:
Muayyan bir xalq yoki millatning minglab yillar davomida ardoqlab
kelayotgan milliy qadriyatlarini yо‘qqa chiqarish.
Insonning ma’naviy-ruhiy olamini mayib qilish.
“Soxta demokratiya” g‘oyasini singdirish orqali azaliy ijtimoiy
munosabatlarimizga putur yetkazish. Hatto, ayrim mamlakatlar soxta demokratiyani butun dunyoga tiqishtirishdan ham manfaatdor. Bill Klinton о‘tgan asrning 90 yillari boshidayoq, “Amerika boshqa mamlakatlarda demokratiyani himoya qilish orqali о‘z kelajagiga sarmoya yotqizadi”, deb bejiz ta’kidlamagan edi.
Yoshlar ruhi va ongiga zо‘rovonlik va yovuzlik kayfiyatini singdirish.
Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, birgina internet orqali tarqatiladigan kompyuter о‘yinlarining 49% sezilarli darajada zо‘rovonlik va yovuzlik kо‘rinishiga ega.
41 % jangari (turli otishmalar va portlashlarga asoslangan)
о‘yinlarda esa, о‘yin qahramoni о‘z maqsadiga yetishish uchun shunday zо‘rovonlik va yovuzlikni sodir etadi. 17 % о‘yinlarda ana shu zо‘rovonlik va yovuzlikning о‘zi bosh maqsad qilib qо‘yiladi.
Amerikalik harbiy psixolog Deyv Grossmen о‘tgan asrning 90
yillari oxirida tinchlik parvar xalqlarni “telekо‘rsatuvlarda namoyish qilinayotgan qiynoqqa solish (zо‘rovonlik) sahnalari bо‘lajak askarlarni odamni qiynab о‘ldirishga о‘rgatadi”, deb ogohlantirgan edi.
Kishilarni atrofda sodir bо‘layotgan voqealarni anglashdan mahrum
qilish, ya’ni atrofda sodir bо‘layotgan voqealarga loqaydlik va befarqlik bilan qaraydigan yangi avlodni vujudga keltirish.
Kishilarga yakka shaxs manfaatlarini umummanfaatlardan
ustun qо‘yish ruhini singdirish. (Yoshlarimizda о‘z manfaatlarini boshqalar, hatto ota-onasi manfaatlaridan ustun qо‘yishga bо‘lgan intilishning kuchayib borayotganligining kо‘zga tashlanayotganligi.)
Jaholatparastlikni kuchaytirish. (Begona aqida va yot g‘oyalarga
berilish, missionerlik va prozelitizmga bо‘lgan moyillikning kо‘zga tashlanayotganligi).
Axloqiy-ma’naviy fazilatlarni mayib qilish orqali maishiy
iste’molchilik tuyg‘ularini tarkib toptirish. (Shopogalizm kasalligi.)
“Erkin sevgi” g‘oyasini yoshlar ongi va turmushiga singdirish.
Buzuqchilik va fahsh ishlariga moyillikning kuchayib borayotganligi. “Feminizm” harakati. “Feminizm” (ayollarning siyosiy huquqlarini erkaklar bilan tenglashtirish uchun kurashuvchi ayollar harakati) harakatining yо‘lboshchilaridan biri SH.Kronin oila-nikoh masalasida tо‘xtalib, “Nikoh – bu qullikning bir shaklidir. Shunday ekan ayollar harakati ana shu institutga qarshi yо‘naltirilishi zarur. Negaki, nikoh barham topmagan jamiyatda ayollarning ozod etilishiga umid qilish xomhayollikdir”, deb ta’kidlaydi.
“Ommaviy madaniyat” ni tarqatish asosan axborot tarqatish tizimi orqali amalga oshirilmoqda. Zero, axborotlashtirish jarayonining ijobiy jihatlari bilan birga, bu soha yutuqlaridan yomon niyatlarda foydalanish xavfi kundan-kunga oshib bormoqda. Axborot texnologiyalari birmuncha yuksalgan davlatlarda bunday ustunliklardan muayyan xalqni “ommaviy madaniyat”ni tarqatish orqali ma’naviy-mafkuraviy jihatdan qaram qilishga qaratilgan harakat avj olmoqda.
Ayrim qudratli davlatlar о‘z manfaatlarini qondirishga qaratgan mamlakatlarga nisbatan “Axborot urushi”ni boshlab yubormoqdalar. Ular о‘z manfaatlariga bо‘ysunmaydigan mamlakatlar taraqqiyoti, xalqining keng kо‘lamda olib borayotgan bunyokorlik ishlarini “qora buyoqlar”ga bо‘yab kо‘rsatmoqdalar. Ular bugungi zamonaviy axborotni snaryadga, ommaviy axborot vositalarini esa tajovvuz quroliga aylantirmoqdalar. Zero, “Axborot urushi” ancha kam xarj - qо‘shin saqlashni, qurol sotib olishni talab qilmaydi. AQSH ning sobiq prezidenti Jeyms Karter о‘tgan asrning 70 yillaridayoq, “Targ‘ibotga sarflangan 1 dollar qurollanishga sarflangan 10 dollardan sarmaraliroq”, deb bejiz ta’kidlamagan edi. “Axborot urushi” hech qanday chegarani tan olmaydi. Internet, sun’iy yо‘ldosh orqali tarqatilayotgan axborotlar va soxta “ommaviy madaniyat”ni bojxona kо‘rigidan о‘tkazib, saragini-sarakka, puchagini-puchakka ajratishning iloji yо‘q.
Xullas, “Ommaviy madaniyat”ning asl maqsadi har kо‘yga solish mumkin bо‘lgan olomonni shakllantirish bо‘lgani bois, u ma’naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, о‘quvchini mushohadaga undab, tasavvur olamining kengayishiga xizmat qiladigan asarlarni yaqiniga yо‘latmaydi. “Ommaviy madaniyat” shunisi bilan о‘ta xatarliki, yoshlarni qaysi millatga, qaysi qatlamga mansub bо‘lishiga qaramasdan birdek qamrab oladi.
Bugungi kunda “ommaviy madaniyat”ga qarshi biz о‘zimizning milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizni chuqur о‘rganib, ularni hayotga keng tadbiq etsak, ommalashtirsak, “ommaviy madaniyat”ning jirkanch mohiyatini ochib bersak, kelajak avlodlarimizning ma’naviy-mafkuraviy xurujlarga, shu jumladan “ommaviy madaniyat” illatiga qarshi immunitetini oshirgan, pirovard natijada bu illatning kirib kelayotgan yо‘lini tо‘sgan bо‘lamiz.
Taniqli faylasuf, jurnalist, siyosiy sharhlovchi Patrik Byukenenning “G‘arbning halokati”(2002 yil) asarida hozirgi kunda G‘arb sivilizatsiyasi tahdid solayotgan quyidagi avf-xatarlarga e’tibor qaratiladi:
Asosiy xavflardan yana biri demografik xavf, ya’ni G‘arb mamlakatlarida tug‘ilish darajasining keskin pasayishidir. Zamonaviy G‘arb sivilizatsiyasi g‘alati raqib – zurriyod qoldirishdan voz kechayotgan aholiga rо‘barо‘ kelmoqda, ya’ni inson uchun eng muhim zarurat – о‘zidan zо‘rriyod qoldirish, shu tariqa о‘z avlodi, e’tiqodi, о‘zi yaratgan sivilizatsiya va madaniyatning vorisiylik imkonini boy bermoqda.
G‘arb kishisining о‘z hayotiga bunday keskin о‘zgarish yasashiga g‘arbona turmush tarzi andozalari, ayniqsa, diniy qadriyatlarga zid bо‘lgan individualizm tamoyilining xizmati kattadir.
Bu haqda Byukenen shunday deb yozadi: “G‘arb tor ma’noda “о‘lmoqda”, deyarli barcha G‘arb mamlakatlari aholisi aql bovar qilmas darajada kamayib bormoqda”.
Umuman olganda “ommaviy madaniyat”dan о‘z manfaati yо‘lida foydalanishni istayotgan kuchlar moddiy foyda olish uchun butun insoniyatning axloqiga va turmush tarziga tajovuz etmoqda.
Ommaviy madaniyati cheklashga intilishning о‘zi cheklangan holat. Bunday muhitda ma’naviyati “butun” odamgina о‘zligi, milliy ruhiyatini asrab qoladi.