Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
I.Tashkiliy qism.
|
2 minut
|
II.O’tilgan mavzuni tekshirish
|
10 minut
|
III.Yangi mavzuni bayoni
|
20 minut
|
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
|
8 minut
|
V.Darsni yakunlash va baholash
|
3 minut
|
VI.Uyga vazifa
|
2 minut
|
Darsning borishi (reja):
I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish
III.Yangi mavzu bayoni:
1-topshiriq. Inkor ma’nosining ifodalanishiga diqqat qiling.
1. Yormat butun voqeadan yaxshi xabardor bo‘lishiga qaramay, tabiiy, aytmadi. (Oybek) 2. Dadang seni qidirib ketib, mana, haliyam qaytgani yo‘q. (Erkin A’zam) 3. Hamroyev hech qachon majlisga borgan emas, ammo fursati bo‘lganda, bir tayyorlanib bormoqchi. (Abdulla Qahhor)
2-topshiriq. Inkor ma’nosini ifodalovchi birliklarni aniqlang.
1. Ammo mendan so‘rasang, Marg‘ilondagi na qudamiz va na kelinimizni hech bir vajh bilan kamsita olmayman, balki bizga quad bo‘lmoqqa eng muvofiq kishilar edi. (Abdulla Qodiriy) 2. Otabek na Yusufbek hojiga, na O‘zbek oyimga va na Hasanaliga Marg‘ilondan tez qaytib kelish sababini aytmagan. (Abdulla Qodiriy) 3. Kim bilmaydi buni! Kimga kerak, ayting! (Asqad Muxtor)
Tilimizda inkorni ifodalovchi morfologik vositalar sifatida fe’lning bo‘lishsizlik shaklini yasovchi -ma qo‘shimchasini, emas, yo‘q kabi so‘zlarni, shuningdek, na..., na yordamchisini ko‘rsatish mumkin. Bu vositalar turli nutqiy uslublarda qo‘llanib, bir qator uslubiy ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, fe’lning bo‘lishsizlik shaklini yasovchi -ma qo‘shimchasi so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda tasdiqni, tasdiqning kuchli ta’kidini ifodalashi mumkin. Ritorik so‘roq gaplar tarkibida bu qo‘shimcha ko‘proq uchraydi va tasdiqni kuchaytirib ko‘rsatadi. Masalan: Rahimov g‘animga tashlangan chog‘da Alpomish shiddatin payqamagan kim?! (A. Oripov) («Hamma payqagan» degan fikr yorqin ifodalangan). Bo‘lishsizlik ifodalovchi -ma qo‘shimchasi fe’l tarkibida -moq, -moqda, -moqchi kabi qo‘shimchalar mavjud bo‘lganda, fe’lga qo‘shila olmaydi, bu o‘zbek nutqiy odatida yo‘q. Masalan, kelmamoq, kelmamoqda, kelmamoqchi kabi qo‘llanishlar mumkin emas. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarining har ikki qismi, ya’ni ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’lga bu qo‘shimcha qo‘shilganda ham, inkor emas, balki qat’iy tasdiq ifodalanadi Masalan: Dushmanni yengmay qo‘ymaydi («albatta, yengadi» ma’nosida); Hech kim bilmay qolmaydi («albatta, hamma biladi» ma’nosida). Na..., na yordamchisi inkor bog‘lovchisi sifatida ham, inkor yuklamasi sifatida ham inkorning kuchli va qat’iy ifodalanishiga xizmat qiladi, nutqning emotsional-ekspressivligini kuchaytiradi. Inkor ma’nosi ba’zan so‘zlashuv uslubida, demakki, badiiy uslubda ham ohang (intonatsiya) yordamida ifodalanishi mumkin. Masalan: Bir kuni egarga o‘ngarib, opqochaman-ketaman, – dedi o‘tni tizzasiga bosib. – Topib bo‘ptilar keyin! (Murod Mansur)
Dostları ilə paylaş: |