3-mavzu. Kasbiy ma’naviyatning o’ziga xos prinsiplari reja: Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri


Inson tashqi qiyofasining ko’rkamligini belgilaydigan omillar quyidagilardan



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/29
tarix30.03.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#91534
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
4-5-9-10-12

Inson tashqi qiyofasining ko’rkamligini belgilaydigan omillar quyidagilardan 
iborat: 
– jismonan sog’lomlik va inson tanasining bekamu ko’stligi; 
– qaddi-qomatning tik va ixchamligi, harakatchan va xushbichimligi; 
– yurish, qadam tashlash, oyoq olishning to’g’ri, chaqqon, yengil va 
nafisligi; 
– tananing kiyim, ust-bosh bilan mutanosibligi; 
– aft-angor va kiyim-boshning pokizaligi, ozodaligi va boshq. 
Odamning tashqi qiyofasiga qarab, uning ichki dunyosi, kasbi-kori, yoshi, fe’l-atvori, 
jamiyatda tutgan o’rni, tarbiya ko’rgan-ko’rmaganligi to’g’risida dastlabki ma’lumotlarga ega 
bo’lamiz. 
Jismoniy jihatdan sog’lom va go’zal bo’lish uchun ichki ishlar idoralarining har bir 
xodimi quyidagilarga e’tibor berishi kerak: 
birinchidan, shaxsiy ozodalik, ya’ni badan, yuz-qo’l, soch va shu kabilarni toza tutishi 
kerak. Buning uchun har bir xodimning shaxsiy buyumlari – alohida sochig’i, dastro’moli, 
sovuni, tarog’i erkaklarning ustarasi, ayol xodimlarning atir-upasi, tirnoq olgichi, oynasi va 
boshqa narsalari bo’lishi lozim. O’zgalar narsalaridan foydalanish odobga ham, gigiyena 
qoidalariga ham to’g’ri kelmaydigan xunuk ish hisoblanadi; 
ikkinchidan, yuz insonning ichki dunyosini aks ettiruvchi ko’zgu ekanligini unutmagan 
holda, uni har doim yuvib turish, soqolni olish, mo’ylabni tartibga keltirish, yuzning tiniqligini 
saqlash, ajinlar bosishiga, yara-chaqalar chiqishiga qarshi davolash hamda peshonani, burunni 
tirishtirib yurmaslik choralarini ko’rish lozim. Umuman olganda, ichki ishlar idoralarining 
hammaning nigohi tushib turadigan, forma kiygan xodimi yuzi xushro’y, yoqimli bo’lishi va 
undan «nur yog’ilib turishi» kerak. Shuni unutmaslik lozimki, yuzdagi xunuklik, badbasharalik 
odamlarni qochiradi; 
uchinchidan, tishning, og’iz bo’shlig’ining tozaligiga e’tibor berish lozim. Chunki 
tishdagi illatlar va og’iz bo’shlig’idagi kasallik insondan yoqimsiz hid kelishiga sabab bo’ladi. 
Shuning uchun kasal tishlar davolanishi, yo’q tishlar o’rniga sun’iy tishlar qo’yilishi kerak. 
Tishdagi jilo odamning istarasini issiq qilib ko’rsatadi; 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin