5-mavzu: Milliy ma’naviyatga mustamlakachilik va qaramlik sharoitidagi munosabatlar, ularning ijtimoiy oqibatlari Reja



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix14.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#176655
1   2   3   4   5   6   7   8
5-мавзу

ma’naviy tahdid
– tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi 
odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning 
aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, 
g‘oyaviy va informatsion xurujlardir. 
Masalaga amaliy ko‘z bilan qaraydigan bo‘lsak, ma’naviyatimizga qarshi 
qaratilgan har qanday xuruj – bu millatimizni millat qiladigan, asrlar, ming yillar 
davomida ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan o‘ziga xos va o‘ziga mos 
xususiyatlarga, milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘usiga, bizni doimiy ravishda tadrijiy 
taraqqiyotga chorlaydigan, shu yo‘ldagi barcha asorat va illatlardan xalos bo‘lib, 
ozod va farovon hayot barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga katta zarba beradigan 
mudhish xavf-xatarlarni anglatadi. 
Bunday mafkuraviy xurujlar milliy va diniy tomirlarimizga bolta urishini
ulardan bizni butunlay uzib tashlashdek yovuz maqsadlarni ko‘zlashini yurtimizda 
yashaydigan sog‘lom fikrli har bir odam yaxshi tushunadi. 
Bunday tajovuzkorona harakatlar bizlar uchun mutlaqo begona mafkura va 
dunyoqarashni avvalo beg‘ubor yoshlarimizning qalbi va ongiga singdirishga 
qaratilgani bilan ayniqsa xatarlidir. Bunday holatlarga duch kelganda, umrida 
mamlakatimizga qadam qo‘ymagan, O‘zbekistonni hatto xaritadan ham ko‘rsatib 
berolmaydigan, lekin o‘zini mutlaq haqiqatning yagona ifodachisi deb 
hisoblaydigan kimsalarning yengil-yelpi fikrlarini eshitganda, ularga qarata 
beixtiyor, e, baraka topkur, oldin yurtimizga bir kelib ko‘ring, tariximiz
ma’naviyatimiz, hayot tarzimiz bilan tanishib, undan keyin gapiring, deb aytgingiz 
keladi. 
Haqiqat va xolislikdan yiroq bo‘lgan, faqat g‘arazli siyosiy manfaatlarni 
ko‘zlaydigan bunday qarashlar hech kimga naf keltirmaydi va hech kimning 
obro‘siga obro‘ qo‘shmaydi, albatta. 
Agarki biz bunday xatarlarga qarshi o‘z vaqtida qat’iyat va izchillik bilan 
kurash olib bormasak, turli zararli oqimlar bizning yurtimizga ham shiddat bilan 
yopirilib kirishi, yoshlarimizni o‘z girdobiga tortib ketishini, oqibatda ularning ota-
ona, oila, el-yurt oldidagi burchi va mas’uliyatini o‘ylamaydigan, faqat bir kunlik 
hayot bilan yashaydigan xudpisand kimsalarga aylanib qolishi mumkinligini 
tasavvur qilish qiyin emas. Mana shu achchiq haqiqatni yurtimizdagi har bir inson, 
har qaysi ota-ona, eng muhimi, har qaysi yigit-qiz chuqur anglab olishi lozim. 
Xullas, bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli 
odamgina inson qadrini bilishi, o‘z milliy qadriyatlarini, milliy o‘zligini anglashi, 
erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida 
o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurasha olishi mumkin. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin