Oz komplеktlangan maktablarda tabiatshunoslikni o`qitishning xususiyatlari. Oz komplеktlangan maktablarda o`quv-tarbiya jarayonini tashkillashtirish xususiyatlari, dars o`tish tamoyillari va usullari. Tabiatshunoslikni o`qitishning sinflar bo`yicha tabaqalashtirilgan variantlari. Oz komplеktlangan maktablarda mustaqil mashg`ulotlarning o`rni. Mustaqil ishlarning turlari va ularni tashkil etish qoidalari. Har xil sinf o`quvchilarni ma`ruza va amaliy mashg`ulotlarda birlashtirish printsiplari. Oz komplеktlangan maktablarda ekskursiyalar o`tkazish tartibi va qoidalari. Darslarni intеgratsiyalash – oz komplеktlangan maktablarning asosiy tamoyillaridan biri. Kuzatish va kuzatish kundaliklarni yuritishning xususiyatlari.
Mutaxassislik fanlari bo`yicha magistraturaga kiruvchilarning sinov savollariga javoblarini baholash mezonlari 1) Kiruvchining variant savollarga bergan javoblaridan quyidagilar ma`lum bo`lganda qo`yiladi: Savollar mazmunini to`liq yoritgan; Qonunlar, tushunchalar mazmuni to`liq yoritilgan, atamalardan to`g`ri va o`z o`rnida foydalanilgan; Mazmuni yoritishda qo`shimcha materiallar, fan yangiliklaridan foydalangan; Fikrni dalillashda kuzatish va tajribalardan foydalangan, uning natijalari jadval, sxema tarzida ifodalangan. 86-100 ball. 2) Kiruvchining variant savollarga bergan javoblaridan quyidagilar ma`lum bo`lganda qo`yiladi: Savollar mazmunini to`liq yoritishda izchillikka amal qilmagan; qonunlar, tushunchalar mazmunini yoritishda muayyan kamchiliklarga yo`l qo`ygan, atamalardan foydalanishda noaniqliklarga yo`l qo`yilgan; Mazmunini yoritish va fikrini dalillash, kuzatish va tajribalar natijalarini bayon etishda xatolikka yo`l qo`ygan. 71-85 ball. 3) Kiruvchining variant savollarga bergan javoblaridan quyidagilar ma`lum bo`lganda qo`yiladi: Savollar mazmunini to`liq yoritishda izchillikka umuman amal qilmagan; Qonunlar, tushunchalar mazmunini yoritishda jiddiy kamchiliklarga yo`l qo`ygan, atamalardan foydalanish qoidalariga amal qilmagan bo`lsa; 56-70 ball. 4) Kiruvchining variant savollarga bergan javoblaridan quyidagilar ma`lum bo`lganda qo`yiladi: Savollar mazmunini to`liq yoritmagan; Qonunlar, tushunchalar mazmunini yoritish, atamalardan foydalanishda qo`pol xatoliklarga yo`l qo`ygan. 0-55 ball.
Magistraturaga kirish sinovlarini test shaklida o`tkazilganda har talabaga 50 ta test beriladi va har bir to`g`ri javob 2 balldan jami 100 ball bilan baholanadi.