9-mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot



Yüklə 32,44 Kb.
səhifə3/7
tarix18.04.2023
ölçüsü32,44 Kb.
#99694
1   2   3   4   5   6   7
8-Мавзу.

Birinchidan, hozirgi paytdagi mavjud ijtimoiy kuchlar o‘rtasidagi ziddiyatli munosabatlar (ijtimoiy-iqtisodiy sistemalar o‘rtasidagi, mintaqaviy ziddiyatlar, davlatlar, milliy va diniy nizolar va h.k.) bo‘lib, bular shartli ravishda "intersotsial" muammolar deb hisoblanadi. Ular urush va tinchlik, mehnat resurslaridan foydalanish darajasi va shu kabilarni ham qamrab oladi.
Ikkinchidan, "inson va jamiyat" o‘rtasidagi munosabat bilan bog‘liq muammolar bo‘lib, bularga ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT); maorif va madaniyat; aholi ko‘payishining tez sur’atlar bilan ildam ketishi — "demografik portlash", kishilar salomatligini saqlash, kishi organizmining nihoyatda tez o‘zgarib borayotgan ijtimoiy muhitga moslashishi, shuningdek, insoniyatning kelajagi kabi masalalarni kiritish mumkin.
Uchinchidan, "inson — tabiat." munosabatlariga esa xom ashyo resurslarini tejash, aholini oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta’minlash, tabiatni muhofaza qilish kabi muammolar kiradi. Bu guruh muammolar ijtimoiy omillar ta’sirida vujudga keladi, ularni hal qilishda esa ijtimoiy omillarning o‘rnini va ahamiyatini to‘g‘ri anglagan holdagina masalaning tub mohiyatini tushunish mumkin.
Xuddi shuningdek, sof ijtimoiy umumbashariy muammolarning yechimida tabiiy omillarning bu jarayonga bevosita ulanib ketishini ham nazardan soqit qilmaslik kerak. Ham ijtimoiy, ham tabiiy omillar asosida yuzaga chiqadigan umumbashariy (global) muammolar bir butunlikni tashkil etib, ularga har tomonlama (kompleks) yondashish kerakligini hayotning o‘zi taqozo etmoqtsa. Bu esa, o‘z navbatida, falsafa fani zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.
Insoniyatning kelajagi to‘g‘risida tarixda turli-tuman bashoratlar mavjud, ular bir necha xillarga bo‘linadi. Masalan, xalqimizning ilk tarixiy qadriyatlaridan bo‘lgan muqaddas "Avesto" yozma yodgorligi ham umumiy bir tarzda insoniyatning kelgusi istiqbolini bashorat qilib, kishilarni mushtarak maqsadlar tomon yo‘naltirishga harakat qilgan. Bunday bashoratlar diniy mazmunga asoslangan bo‘lib, o‘z davri uchun katta ahamiyat kasb etgan edi. "Avesto"da Zardo‘sht o‘limidan so‘ng 3000 yil o‘tgandan keyin, erkin farovonlik zamoni keladi, Axura Mazda qudrati Axriman yovuzligi ustidan to‘la g‘alaba qozonadi, deya ishonch bildirilgan edi.
Ikkinchi xil bashoratlar o‘rta asrlarda keng tarqalgan, hozirda ham G‘arb mamlakatlarida shuhrat qozonayotgan bir qator G‘arb futurologiyasi mazmuniga ega. G‘arb futurologiyasining mashhur namoyandalaridan Fon Karman, E.Shervin, G.Kan va boshqalar insoniyatning kelgusi istiqbolini, asosan, yadro halokati yoki boshqa bir umumbashariy muammolar bilan bog‘lab pessimistik manzaralarni chizib ko‘rsatishga urinadilar.
Kishilik jamiyatining kelgusi istiqboli to‘g‘risida jiddiy ilmiy bashoratlar orasida 1968 yilda A. Pechchei tomonidan asos solingan "Rim klubi" a’zolari bo‘lgan J. Forrester, D. Medouz, Ya. Tinbergan, A.King va boshqalar tayyorlagan hisobotlarning ilmiy ahamiyati nihoyatda katta. Ularda insoniyatning kelgusi istiqbolini shubha ostida qoldirayotgan umumbashariy muammolar ko‘lamining kengayib borishi, kishilar tomonidan tabiatga qilinayotgan zug‘umning mudhish oqibatlari qanday bo‘lishi to‘g‘risida jiddiy mulohazalar yuritiladi. "Rim klubi" a’zolari tomonidan qilingan bashoratlar ilmiy-falsafiy mazmunga ega bo‘lib, unda asosan tajriba sinovidan o‘tgan bilimlar va mantiq qonunlari va kategorilariga suyangan holda insoniyatning kelajagi to‘g‘risida muhim ilmiy xulosalar bayon qilingan.
Demak, insoniyat taraqqiyotining kelgusi istiqbolini belgilashdagi eng muhim belgilar sirasiga umumbashariy muammolar tabiatini chuqur anglash, bu muammolarning yechimi umuminsoniy mushtarak manfaatlar yo‘lida hamjihatlikda qilingan sa’y-harakatlar ekanini alohida ta’kidlash lozim. Ana shunday misollar anchagina. Masalan, 1955 yil 31 yanvarda Frederiko Julio Kyuri (u shu paytda jahon ilmiy xodimlari federatsiyasi tashkilotining prezidenti edi) Nobel mukofoti sovrindori Bertran Rasselga xat orqali murojaat qilib, yadro qurolining juda xavfli tus olayotganligini, bu falokatning oldini olish uchun fan arboblari birgalikda harakat qilishi lozimligini bildiradi. B. Rassel F. Kyuri taklifini qo‘llab-quvvatlab, bu murojaatga imzo chekuvchi vakillar bir xil siyosiy oqim tarafdorlari bo‘lib qolmasligi, bunda jahondagi barcha kuchlar, har bir xalq, jamiyat vakillari ishtiroki zarurligini ta’kidlaydi.
Masalaga bunday yondashish falsafiy tafakkur taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab bergan edi. Bu esa ilmiy-siyosiy adabiyotlarda "yangicha tafakkur uslubi" deb atalgan va jahonning eng atoqli olimlari A. Eynshteyn, F. Julio Kyuri, M. Born, L. Poling va boshqalar tomonidan imzo qo‘yilgan manifestga asos qilib olingan edi. Natijada 1955 yil 9 iyul kuni B. Rassel tomonidan o‘tkazilgan matbuot konferensiyada "Rassel-Eynshteyn manifesti" nomi bilan shuhrat qozongan, butun yer yuzi aholisiga, siyosat va davlat arboblariga qaratilgan mashhur chaqiriq e’lon qilingandi. U hozirgi paytda tinchlik va qurolsizlanish uchun kurashuvchi Paguosh harakatini boshlab bergan edi. Manifestda: "Biz yangicha fikr qilishga odatlanishimiz kerak. Biz o‘z-o‘zimizdan u yoki bu guruh mamlakatlarning harbiy g‘alabasini ta’minlash uchun nimalar qilish zarur, deb emas, balki yadro halokati va uning dahshatli oqibatlari qanday bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida insoniyatni ogohlantirish uchun nimalar qilding, deb so‘rashimiz kerak", — degan so‘zlar bor edi.
"Rassel-Eynshteyn manifesti" chop etilganiga ham mana 60 yilga yaqin vaqt o‘tdi. Bu vaqt mobaynida yadro qurollarini ishlab chiqish va sinab ko‘rish ko‘lami bir necha barobar ko‘paydi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi o‘tgan vaqt mobaynida qurollanishga 18—20 trln. dollar mablag‘ sarflandi. Hozirgi kunda harbiy sohalar uchun har yiliga 1,4 trln. dollar miqdorida mablag‘ ajratilmoqda. Bir kunda qurol-yaroqqa ajratiladigan mablag‘ 3,4—3,5 mlrd. dollarni tashkil etmoqda. Taqqoslash uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilamiz. Jahon sog‘liqni saqdash tashkilotining bezgakka qarshi kurash tadbirlari uchun bir yilda 28—30 mln. dollar ajratishini, xalqaro nufuzli tashkilot YUNESKOning bir yillik byudjeti 950—980 mln. dollar miqdorida ekanligini hisobga olsak, masala oydinlashadi.
Harbiy sanoat o‘z domiga tabiatning shunday noyob boyliklarini tortayaptiki, bu sarf-xarajatlar o‘sish sur’atining tezligiga qarab beixtiyor o‘z kelajagimiz to‘g‘risida xomush hayollar og‘ushida qolmasdan iloj yo‘q. Bu soha faqat tabiiy resurslar bilan cheklanib qolmasdan, balki, o‘ta kamyob aql egalari, talantli kishilarning aqliy faoliyatini ham o‘z izmiga solib, oqibatda, ilmiy-texnika taraqqiyotining insoniyat manfaatiga qaratilgan yo‘nalishiga asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda.

Yüklə 32,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin