umumishlab chiqarish xarajatlari summasi rejalashtirilgan ishlab
chiqarish hajmiga boiinadi. Natijada soatda yoki boshqa istalgan
ko‘rsatkichda aniqlanishi mumkin bo ‘lgan umumishlab chiqarish
xarajatlarining normativ koeffitsiyenti vujudga keladi.
Ishlab chiqarish buyurtmalari chetdan mahsulotning m a’lum
turlarini ishlab chiqarish uchun beriladi. Boshqa xarajatlar esa sex yoki
korxona bo‘yicha hisob qilinadi, ayrim ishlab
chiqarish buyurtmalari
tannarxini kalkulyatsiyalashda ulaming tannarxi biron-bir ko ‘rsatkichga
mutanosib ravishda taqsimlash y o i i bilan o ‘tkaziladi. Buyurtmali usulda
xarajatlar hisobi va kalkulyatsiyalash obyekti ayrim ishlab chiqarish
buyurtmalari hisoblanadi.
Buyurtmaning haqiqiy tannarxi har oyda
emas, balki buyurtma tayyor b o‘lganidan keyin aniqlanadi.
Sanoat sohasida ushbu usuldan, odatda, ishlab chiqarish jarayoni
bir turda tashkil qilinadigan korxonalarda qo‘llaniladi.
Bunday
korxonalar odatda cheklangan iste’molga m o‘ljallangan buyumlami ish
lab chiqarish uchun tashkil qilinadi. Tabiiyki, yirik buyurtmani ishlab
chiqarish sezilarli darajadagi moddiy sarflami, mehnatni va boshqa
xarajatlami
taqozo etadi, ammo hamma vaqt ham korxonalaming
quw atlarini to ‘liq hajmda ishlatish imkoniyati boim aydi. Shuning
uchun ham,
bir vaqtning
o ‘zida boshqa buyurtmalami,
turli
konstmksiyadagi buyumlami
ishlab chiqarish mumkin, lekin ulaming
har biri cheklangan miqdorda bo ‘ladi.
T a’kidlash joizki, buyurtmali usul bo‘yicha hisoblashning foyda
lanish sohasi sanoat ishlab chiqarish sohasi bilan cheklanmaydi. Ushbu
usul qurilishda (loyihani muayyan hududga moslashtirish uchun), ilmiy-
tekshirish institutlarida, sog‘liqni saqlash muassasalarida (bunda har bir
bemorga
qilingan operatsiya tannarxi, uning murakkabligi va qo‘yilgan
tashxisga bog‘liq holda kalkulyatsiyalanadi) muvaffaqiyat bilan
qo‘llaniladi.
Ushbu kalkulyatsiyalash usulining mohiyati quyidagidan iborat:
barcha to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri xarajatlar (asosiy materiallarga xarajatlar,
asosiy ishlab chiqarish ishchilarining mehnat haqi xarajatlari va u
bo‘yicha ijtimoiy ajratmalar) kalkulyatsiyaning alohida ishlab chiqarish
4 1 7
buyurtmalari bo ‘yicha belgilangan moddalari doirasida hisobga olinadi.
Boshqa ishlab chiqarish ustama xarajatlari ular pay do bo‘lgan
joyda
hisobga olinadi va taqsimlash stavkasining belgilangan bazasiga
muvofiq alohida buyurtmalar tannarxiga kiritiladi.
Ushbu kalkulyatsiyalash usulida xarajatlami hisobga olish obyekti
va kalkulyatsiyalash obyekti bo‘lib alohida ishlab chiqarish buyurtmasi
hisoblanadi. Bunda, buyurtma deganda mijozning unga muayyan
miqdordagi buyumlami maxsus yaratish
yoki tayyorlash uchun
murojaatnomasi tushuniladi. Odatda, buyurtmaning turi buyurtmachi
(xaridor) bilan tuzilgan shartnomada belgilanadi. M azkur shartnomada
mahsulotning buyurtmachi tomonidan to‘lanadigan qiymati, hisob-
kitoblami amalga oshirish va mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni topshirish
tartibi,
buyurtmani bajarish muddati, sotishdan keyingi kafolatli xizmat
ko‘rsatish muddati va boshqa shartlar ko‘rsatiladi.
Tannarxni aniqlashning ushbu usulida barcha xarajatlar buyurtma
tugaguncha tugallanmagan ishlab chiqarish hisoblanadi. Boshqacha qilib
aytganda, tannarxni kalkulyatsiyalashning buyurtma usulida ishlab
chiqarishda
foydalanilgan materiallarga, ishlab chiqarish ishchilari
uchun mehnat haqiga xarajatlar va ular bo ‘yicha ijtimoiy ajratmalar,
shuningdek, ishlab chiqarish (umumzavod) ustama xarajatlari har bir
yakka tartibdagi buyurtmaga yoki mahsulotning ishlab chiqarish
Dostları ilə paylaş: