Q o‘shimcha mahsulot - bu kompleks ishlab chiqarish natijasidir.
Ular birgalikdagi mahsulot yoki asosiy mahsulotning sotilgan qiymatiga
nisbatan ancha past qiymatga ega bo'ladi. Bunga paxtani qayta ishlash
chog‘idagi
tola (asosiy mahsulot) va chigit po‘yloq (qo‘shimcha
mahsulot), benzin ishlab chiqarishda kerosin va bitum bunga misol b o ‘la
oladi.
Chiqindilar bilan q o ‘shimcha mahsulotlami aniq chegaralab
qo‘yish mumkin emas. Q o‘shimcha mahsulot:
a) chiqindiga nisbatan bozorda katta qiymatga ega;
b) ko ‘pincha keyingi texnologiya jarayonining obyekti bo‘ladi,
chiqitlar esa darhol sotilishi shart, degan fikrlar bor.
Q o‘shimcha m ahsulotlar va chiqindilami
hisobga olish asoslari bir
xil. Asosiy m ahsulot xarajatlarini qo‘shimcha mahsulotlaming yoki
chiqitlaming bozor qiymatiga kamaytirish eng yaxshi usul hisoblanadi.
Q o‘shimcha
mahsulot
daromadlari
yoki
so f daromadlari
(qo‘shimcha mahsulotni sotishdan olingan
daromad miqdori minus
ajralish nuqtasidan keyingi ishlov berishga qo‘shimcha xarajatlar)
birgalikda ishlab chiqariladigan yoki ishlab chiqarish qo'shim cha
mahsulot olishga imkon beradigan asosiy mahsulot tannarxidan chiqarib
tashlanadi.
Q o‘shimcha m ahsulotlami hisoblashning ikki usuli mavjud:
1) Sotishdan tushgan so f daromadni qo‘shimcha mahsulotning
haqiqatdan sotilishiga qarab taqsimlash. Bu usulda qo‘shimcha
mahsulotni sotishdan tushgan pul sotish paytidagi daromad sifatida
kirim qilinadi.
2) Sotishdan olingan so f daromadni haqiqatdan
ishlab chiqarilgan
qo‘shimcha mahsulotga qarab taqsimlash. Bu usulda qo‘shimcha
mahsulotdan olingan daromad ishlab chiqarishni tugallash paytidagi
kompleks xarajatlam i aks ettiradigan schyotda kirim qilinadi.
A mahsulotni ishlab chiqarish chog‘ida ishlab chiqarish
jarayonining oxirida В qo‘shimcha mahsulot hosil bo‘ladi.
Ikkita mahsulot ajralguncha mahsulotga xarajatlar, $
60000
Davrdagi ishlab chiqarish:
430
A Mahsulot, birlik
20000
В Q o‘shimcha mahsulot, birlik
4000
В mahsulot ajralgach qo‘shimcha mahsulotga ishlov
400
berishga xarajat (4000 b. har biri $ 0,1/b.)
Davrda sotildi:
A Mahsulot, 15000 birlik
$ 5/b.
В Q o‘shimcha mahsulot, 2000 birlik
$ 1/b.
Q o‘shimcha mahsulotning haqiqatdan sotilishiga qarab qo‘shimcha
mahsulotni hisobga olish:
1. Asosiy mahsulot bir donasining tannarxi qo‘shimcha mahsulot
sotilmaydigani nazarda tutib aniqlanadi.
Buning uchun kompleks
chiqimlar asosiy mahsulotga o ‘tkaziladi: 60000/20000= $ 3/b.
2. Moliyaviy natijalar to‘g ‘risida hisobot tuzish chog‘ida sotilgan
mahsulotning tannarxidan qo‘shimcha mahsulotni sotishdan olingan sof
tushum olinadi va shu bilan asosiy mahsulotga o ‘tkazilgan
xarajatlar
kamaytiriladi:
Q o‘shimcha mahsulotni sotishdan olingan so f tushumni hisoblash:
2000*( 1-0,1) = $ 1800
M oliyaviy natijalar:
1. Sotish
15000x5=75000
2. Sotilgan mahsulot tannarxi 15000 x 3 - 1800 =
43200
3. Yalpi daromad
31800
Q o‘shimcha
mahsulotni uning haqiqatdan
ishlab chiqarilishiga
qarab hisoblash.
1. Ishlab chiqarilgan qo‘shimcha mahsulotning taxmin qilingan sof
sotish qiymati aniqlanadi {4000*(1-0,1)=$3600}.
2. Kompleks chiqimlar kelgusidagi taxminiy sotish qiymati
miqdoriga kamaytiriladi (60000 - 3600 = $ 56400).
3.
Asosiy
mahsulot
bitta
birligining
tannarxi
qo'shimcha
mahsulotdan kelgusida olinadigan sof tushumni hisobga olgan holda
aniqlanadi (56400/20000 = $ 2,82/b.). Asosiy mahsulot shu tannarx
431