66
Jinoyatchilik darajasi faqatgina uni yuzaga keltiruvchi omillarni yo‘qotib borilgan holdagi
asta-sekin pasayib borishi mumkin. Balog‘atga etmaganlar jinoyatchiligi bilan kompleks va
samarali kurashish maqsadlarida davlat milliy dasturi rejalashtirilmoqda va amalga
oshirilmoqda. Masalan, 70-yillarda AQSHda axloqi buzilgan yoshlar hayoti ijtimoiy, turmush
madaniy va moddiy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha 36 dastur amalga oshirildi. XX asrning 90-
yillarida AQSHda yoshlar orasida axloqi buzilganlar bilan kurashish bo‘yicha 65 ta dastur
amalga oshirilgan. Ana shu dasturlarni bajarish uchun kongress 15 mlrd. dollar ajratdi. Evropa
parlamenti ekspert komissiyasi 1996 yili balog‘atga etmaganlar orasida jinoyatchilik
muammolarini ko‘rib chiqib yoshlar va balog‘atga etmaganlar orasida jinoyatchilik bilan
kurashish samaradorligi oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqdi. Ular asosan quyidagilardan
iborat: politsiya xodimlari, ijtimoiy tashkilotlar va yoshlar, balog‘atga etmaganlar ishlari
bo‘yicha milliy tashkilotlarning jinoyatchilikni oldini olish sohasidagi hamkorliklarini ancha
kuchaytirish kerak: balog‘atga etmagan huquqbuzarlarni jinoiy javobganlikka tortish va ularni
tergov paytida ushlab turish amaliyotini o‘zgartirish kerak; O‘smirlarni jazr o‘tash muddatlarini
ikki yil bilan chegaralash, muddatidan avval ozod etish huquqini berish. Umuman olganda
balog‘atga etmagan huquqbuzarlarni tuzatish tashkilotlariga joylashtirmay qayta tarbiyalashni
afzal bilish taklif etiladi.
Ozodlikdan mahrum etish ko‘rinishidagi jinoiy jazodan to‘la bosh tortishga erishish
masalasi mumkin bo‘lmaganligi sababli ko‘pchilik mutaxassislar jazo choralari
belgilanayotganda o‘smir huquqbuzarlarning undan psixologik ta’sirlanishlari va ularning yoshi
xususiyatlarini hisobga olishni tavsiya etadilar. Tarbiyalash koloniyalariga joylashtirilgan
balog‘at yoshiga etmagan huquqbuzarlar bilan ishlashda tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish choralari,
maktab va o‘smirlarning ozod etilishiga psixologik tayyorgarligi asosiy rol o‘ynashi kerak
Dostları ilə paylaş: