B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi


 ‘ZBEKIST0NDA TASVIRIY SAN’ATNI



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

4.2. 0 ‘ZBEKIST0NDA TASVIRIY SAN’ATNI
0 ‘QITISH TARIXI
Tadqiqotchilarning fikricha, mamlakatimiz hududlarida bun- 
dan million yillarcha m uqaddam ham ajdodlarimizning yasha- 
ganligi haqida m a’lum otlar bor.
Shuningdek, 0 ‘zbekiston hududida bundan qariyb 5—10 
ming yillarcha m uqaddam odamlar ishlagan rasmlar, buyumlar 
ko‘plab topilgan. Sarmishsoy, Zarautsoy, Qoratepa, Oltintepa, 
Chust, Dalvarzin, K altam inor kabi m anzilgohlardan topilgan 
eng qadimiy suratlar va buyumlar ajdodlarimizning san’at va
128


madaniyati yaxshi rivojlanganligidan dalolat beradi. Qoyalarga 
o ‘yib yoki turli tabiiy bo ‘yoqlarda ishlangan rasm-suratlar ham
ajdodlarimizning juda qadimdan rasm chizish bilan shug‘ullanib 
kelganligini bildiradi.
E ram izdan avvalgi 1- ming yillik boshlarida 0 ‘zbekiston 
hududida dastlabki quldorlik davlatlari paydo b o ‘la boshlaydi. Bu 
„Katta Xorazm“ davlati bo ‘lib, unda zardushtiylik dini shakllanadi. 
Bu dinning paydo b o ‘lishi tasviriy san’atning rivojlanishiga imkon 
yaratdi. Chunki bu din tasviriy san’atni taqiqlamadi. Shu davrda 
qurilgan ibodatxona-yu, ehrom lar katta e ’tibor bilan bezatilgan. 
Shunga ko‘ra bu davrda tasviriy san’atning ko‘plab tur va janrlari 
rivojlandi.
Endi rasm chizish, grafika, haykaltaroshlik, amaliy san’at 
va m e’morchilik bilan maxsus kishilar shug'ullana boshlaydilar. 
U lar dastlab o ‘z san’atlarini oila a ’zolariga, keyinchalik iste’dodli 
bolalami shogirdlikka olib, ularga o ‘rgatganlar. Ulardan iste’dodli 
rassomlar, m e’m or, amaliy san’at ustalari yetishib chiqqanlar. 
Xorazm, Farg‘ona, Surxondaryodagi m anbalardan bizgacha yetib 
kelgan san’at asarlarining nam unalari bundan dalolat beradi. 
C hunonchi, „Jangchi Sak“ , ,,A frodita“ , ,,R ito n lar“ devoriy 
rasmlarini ta ’kidlab o ‘tish joiz.
0 ‘rta asr boshlarida 0 ‘zbekistonda san ’at va m adaniyat 
beqiyos darajada rivojlana boshladi. Qadimgi Xorazm, Termiz, 
Sam arqand, Farg‘onada san’atning barcha turlari rivoj topdi. 
Fanning buyuk allomalari, Xorazmiy (787—850), Forobiy (870— 
950), B eruniy (973—1048), Ib n Sino (980—1037) kabi fan 
daholari, buyuk m e’m orlar yetishib chiqdilar. U lar m e’morchilik 
sa n ’atining m o n u m en tal nazariy asosini yaratdilar. Forobiy 
o‘zining 10 tom lik „M e’morchilik muhandisligi“ nom li asari bilan 
jahon m e’morchiligi san’atida ulkan meros qoldirdi.
Sodiq Afshor (Navoiy zamondoshi) rasm chizishni nazariy 
jihatdan asoslagan va rasm chizish uslubi haqidagi „Q onun as 
Suvor“ — „Rasm chizish qonuniyatlari“ nom li asarini yozib, 
tasviriy san ’at nazariyasi va am aliyoti ravnaqiga o ‘z ulushini 
qo ‘shdi. Shuningdek, Qozi A hm adning „X attotlar va musav- 
virlar“ nom li asarida rasm chizish, chiroyli yozuv, xattotlik,

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin