B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi


Geometrik shakllar tasviri



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

Geometrik shakllar tasviri
— kub shaklini yaratish bilan 
boshlanadi. Kub tasviri loy yoki plastilinni cho‘zish usuli bilan 
yaratiladi. Uzib olingan loy va plastilinning eng aw al bir tom oni 
tekislanib, so‘ngra uning ikkinchi, uchinchi va hokazo boshqa 
tom onlari tekislanadi. So‘ngra pichoqcha yordam ida pardoz- 
lanadi.
Agar shar tasviri ishlanadigan bo'lsa, bir parcha loy yoki 
plastilin ikki kaft orasiga olinib, yumaloqlash usulida shar holatiga 
keltiriladi.
Hajmsiz yassi predm etlar tasvirini yaratish relyef asosida, 
c h o ‘zish va qirqish usulida amalga oshiriladi. Buning u chun 
b ir qism loy olinib, uni to ‘rtburchak taxta shakliga keltirib, 
unga tasviri ishlanadigan barg, shoxcha, gul yoki boshqa nar- 
saning shakli chiziladi, shakl chizig‘idan tashqi yuza m a ’lum 
qalinlikda o ‘yib yoki qirqib olinadi. So‘ngra pichoqcha bilan 
pardozlanadi.
R o‘zg‘or buyumlari shakl jihatidan turlicha ko ‘rinishga ega 
bo‘lib, ular aralash geometrik shakllardan tuzilgan bo‘ladi. Shu 
boisdan talaba geom etrik shakllar tasvirini yasash va qirqish, 
pardozlash malakalariga ega bo ‘lgach, ro ‘zg‘or va m ehnat qurol- 
lari tasvirini yaratishga kirishadi. R o‘zg‘or buyum lari tasviri 
ch o ‘zish va yopishtirish usullarida bajariladi. R o ‘zg‘or buyumlari 
tasvirini ishlash k o ‘za yoki x u m ch a tasvirini ishlash bilan
boshlanadi. Buning uchun bir parcha loy-plastilin olinib, biroz
119


cho‘ziladi, pastki tom oni shar shakliga, yuqori qismi esa silindr 
shakliga keltiriladi:~So‘ngra pastki qismidan biroz cho‘zib, yerga 
o ‘m atib, yuqori qismining ichi silindr shaklida o ‘yib olinadi va 
biroz yo‘g‘onlashtiriladi. So‘ngra bosqiclilarda ko‘za yoki xumcha 
shakli yaratiladi. Xuddi shu usulda likopcha, kosa, piyola kabilar 
ham tayyorlanadi.
M eva va sabzavotlar tasviri ham c h o ‘zib ishlash yoki uzib 
yopishtirish usulida yaratiladi. N o k , olm a, piyoz, sabzi, tar- 
vuz, qovun, han d alak kabi meva va sabzavotlar b ir xil usulda 
ishlanadi. U la rd a n xoh lag an 2 —3 tasin i yasab k o ‘ring va 
b o ‘yang.
Q ush va hayvonlar tasviri 
c h o ‘zib va uzib-yopishtirish 
usulida bajariladi. K aptar haykalini ishlang. Otning dekorativ 
tasvirini yarating va bo ‘yang.
Qushlardan hakka, kaptar, o ‘rdak, g‘oz, laylak, chum chuq, 
qarg‘a kabilar va hayvonlardan quyon, ayiq, kuchuk, echki, 
buzoq, ot, tuya kabilaming tasviri loy yoki plastilindan ishlanadi. 
Qush va hayvonlar tasvirini ch o ‘zib ishlashda bir parcha loy 
olinib, u n d an dastlab gavdaning asosiy qism i tayyorlanadi, 
so'ngra bosh qismi, oyoqlari va dumi yasaladi.
Qush va hayvonlar tasvirini uzib-yopishtirish usulida ish­
lash uchun plastilin yoki loydan asosiy gavda, oyoqlar, bosh, 
dum va quloqlar tasviri alohida-alohida ishlanadi va ular gavdaga 
yopishtiriladi. Keyin unga q o ‘l va pichoqcha yordam ida pardoz 
beriladi.
Mashg‘ulotlarning oxirida odam tasviri ishlanadi. Odam shakli 
asosan uzib-yopishtirish usulida bajariladi. Buning uchun odam
gavdasi, uning boshi, oyog‘i va qo‘llari uchun alohida loy yoki 
plastilin olinib, a ’zolarning shakli yaratiladi va ular gavda b o ‘ylab 
yopishtiriladi.
H ar bir narsa tasvirini yaratishdan oldin albatta, shu narsa- 
ning naturasi diqqat bilan kuzatiladi. Agar shu narsaning loy 
yoki plastilindan ishlangan tasviri nam oyish etilsa, talabaning 
ishi yanada muvaffaqiyatli chiqishi mumkin. Loy bilan ishlangan 
shakl va tasvirlar bo ‘yab, maxsus mufel pechlarida quritiladi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin