B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

Nazorat savollari
1. Badiiylik deganda nimani tushunasiz?
2. Badiiy bezatishni qanday tasawur qilasiz?
3. Narsa va buyumlami badiiylashtirish (stilizatsiya) ning ma’lum
qonun-qoidalari bormi?
4. Naqsh deganda nimani tasawur etasiz?
5. Naqshning qanday turlari mavjud?
8 — B.N.Oripov
113


6. Naqsh kompozitsiyasini yaratishning qanday qomm-qoidalari
bor?
7. Harfnima va u qachon yaratilgan?
8. Siz necha xil alfavit-harflarni bilasiz?
9. Gazlama haqida qanday ma’lumotga egasiz?
10. 0 ‘zbek milliy gazlamalariga qaysi gazlamalar kiradi?
Tasviriy san’atni o ‘rganish rasm chizishdan boshlanganidek, 
talaba rasm chizish malakasini egallay boshlashi bilan haykal- 
taroshlik ishlarini ham o‘rgatish boshlanadi. Haykaltaroshlik ishlari 
bo ‘yicha amaliy ishlar asosan loy va plastilin bilan bajariladi. Loy 
va plastilin bilan ishlashni m uvaffaqiyatli o ‘zlashtirish k o ‘p 
jihatdan ish o ‘rnini tashkil etishga bog‘liq.
Tayanch iboralar
G o ‘zallik
Bezatish
Ritm
Simmetriya
O rnam ent
N aqsh
Islimiy
G irih
H arflar
Illustratsiya
M atn oldi tasviri (приставка) 
So‘z oldi tasviri (insial)
M atn oxiri (концовка) tasviri
Plakat
Afisha
E ’lon
Devoriy gazeta
Mozaika
Applikatsiya
G anch o ‘ymakorligi
Yog‘och o ‘ymakorligi
M aydon
Xiyobon
Bulvar
Park
Gazlama
Batist
C hit
Atlas
Beqasam
3.7. HAYKALTAROSHLIK
Loy va plastilin bilan ishlash
114


Haykaltaroshlik uchun texnik vositalar va materiallar: katta 
va kichik haykaltaroshlik dastgohi, natura uchun taglik, gipsni 
aralashtirish uchun qoshiq, katta va kichik cho‘tka (kist), shpatel, 
shakl sirtlarini tekislash uchun pichoqcha, chuqur va yoriqlami 
ochish uchun iskana, gips yoki loyning ortiqcha joyini olish 
uchun qirqish va olish iskanalari, o ’yish va qirqish uchun stek 
(pichoqcha), shapatilash u c h u n stek, tekislash, pardozlash, 
silliqlash uchun stek, yog'och bolta, turli o ‘lcham va qalinlikdagi 
qirqish va ko‘chirish iskanasi, quritish pechlari (mufel pechi) 
kabilar.
Haykaltaroshlikda ishlatiladigan materiallar: loy, plastilin, 
gips, yog‘och, tosh, sement, shomot, sim, polietilen material 
va qopchalar, alebastr, shavn ip, gazlama-latta kabilardan iboratdir.
H aykaltaroshlik m ashg‘u lo tlarin i tashkil etishda loy va 
plastilin bilan ishlash uchun 20x30 sm.dagi taxtacha, suv uchun 
likopcha, qo‘l artish uchun latta-m aterial va asbob-uskunalar, 
rezina o ‘chirg'ich va qalamlar hozirlanadi.
Haykaltaroshlikning asosiy materiali loy b o ‘lib, uni talabaning 
o ‘zi tayyorlaydi.
Loy o ‘z xossasiga ko‘ra yumshoq, yopishqoq, ilashuvchan 
ham da istalgan shaklga kirish xususiyatiga ega b o ‘lishi kerak. 
B u n d ay lo y n i tay y o rlash u c h u n jig arran g , q o ‘n g ir tu p ro q
tanlanadi. Tuproq ikki xil, ya’ni, quruq va yog‘li bo‘ladi. Yog‘li 
tuproq quruq tuproqqa nisbatan nam roq, donadorligi yuqori, 
yopishqoq, yum shoq, tekislanish va pardozlanish xususiyati 
yaxshi bo'ladi. Tuproqni tekshirish uchun u suvga solinadi, so‘ngra 
yopishqoqligi ham da plastikligi tekshiriladi.
Loy tayyorlanadigan tuproq yaxshilab eziladi va elakdan 
o ‘tkaziladi. So‘ngra uni yog'och yoki plastmassa idishga solib, 
suv quyiladi, suv to ‘la shimdirilgandan so‘ng 1—2 kun saqla- 
nadi, so‘ngra yana suv quyib, aralashtiriladi. Loy yopishqoq, 
yaxlit massali, q o ig a yopishm aydigan, yaxshi silliqlanish va 
elastiklik holatiga yetguncha ishlanadi. So‘ngra loyni polietilen 
xaltaga solib, havo o ‘tkazmaydigan holda o ‘rab qo‘yiladi. Undan 
bir necha mashg‘ulotda foydalanish mumkin. Shu holda loyni 
ikki-uch oy yoki yillab saqlash mumkin.
115


Loy qancha ko‘p saqlansa, uning yopishqoqlik, elastiklik va 
silliqlanish xususiyati shuncha ortib boradi.
M ashg‘ulotlarda tayyorlab qo‘yilgan ioydan m a'lum qismi 
kesib olinib, unga yana ishlov beriladi. Q o‘lga yopishmaydigan 
holga kelgunga qadar ishlanadi. Loy qo ‘lga yopishm aydigan, 
plastiklik holati yaxshi b o ‘lsa, bunday loydan har qanday shaklni 
yasash mumkin b o ‘ladi.
Haykaltaroshlikning ikkinchi materiali plastilindir. M akt ab- 
gacha tarbiya muassasalarida, maktablarda va pedagogika kollej- 
larining haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida eng ko‘p qo‘llaniladigan 
material plastilindir.
Plastilin tayyor holda do‘kondan sotib olinadi. Plastilin maxsus 
loydan, poroshoklardan, ularga yog‘ va turli pigmentlar qo'shib 
tayyorlanadi. Plastilin bir yoki bir necha ranglarda boladi. Plastilin 
issiqda yumshab, sovuqda qotish xususiyatiga egadir. Shu boisdan 
plastilin sovuq xonada saqlansa, uni ishlatish oldidan issiq suvga 
solib olish lozim. Plastilinni qo‘lda biroz ushlab, ezib turilsa, 
albatta u yumshaydi va ish holati yaxshilanadi. Ammo uni qo‘lda 
uzoq ushlab turilsa, o ‘z holatini yo‘qota boshlaydi.
Loy va plastilin bilan bajariladigan barcha ishlar q o id a
bajariladi.
M a ’lum ki, loy va plastilin b ilan ishlash ikki usu ld a — 
cho‘zish va uzib-yopishtirish bilan amalga oshiriladi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin