Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilinishi va uni takomillashtirish


Bankning hisobvaraqlar rejasi va uning tuzilishi



Yüklə 12,87 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü12,87 Kb.
#207106
1   2   3   4   5
To\'xtayeva Norgul Uzoqovna

Bankning hisobvaraqlar rejasi va uning tuzilishi

Har bir bank o’z buxgalteriya hisobini barcha banklar uchun bir xil bo’lgan hisobvaraqlar rejasi asosida olib boradi. 1997 yil apreliga qadar respublikadagi barcha banklar sobiq ittifoq davrida tuzilgan yagona hisobvaraqlar rejasi asosida ish yuritar edilar.

Lekin iqtisodiyotimizni yangi bozor munosabatlari asosida tashkil etar ekanmiz, iqtisodiyotni izga solib, uni nazorat qilish uchun buxgalteriya hisobini halqaro miqyosda qabul qilingan yaxlit tizimga moslashtirib olib borish talab etildi. Shu sababli, respublika banklari buxgalteriya hisobini yangi hisobvaraqlar tizimi asosida tashkil etishga kirishdilar

Banklarning yangi hisobvaraqlar rejasiga o’tishi nimalar bilan belgilanadi?

Umuman, O’zbekistonning xalqaro mehnat taqsimotiga, jahon bozor munosabatlari tizimiga o’tganligi banklar uchun yangi hisobvaraqlar rejasiga o’tish zaruriyatini keltirib chiqardi

Yangi hisobvaraqlar rejasi avvalgisidan farq qiladi.


Eski hisobvaraqlar rejasi 2 qismdan iborat bo’lib, biri balans ichidagi hisobvaraqlarni, ikkinchi qismi balansdan tashqari hisobvaraqlarni o’z ichiga olar edi.
Balans ichidagi hisobvaraqlar mazmunan guruhlash printsipi asosida tuzilgan bo’lib 24 bo’limdan iborat. Har bir bo’limda aktiv, passiv va aralash xarakterdagi aktiv-passiv hisobvaraqlar joylashgan hamda ular bo’yicha operatsiyalar ikki yoqlama yozuv asosida olib borilar edi. Balansdan tashqari hisobvaraqlar esa 8 bo’limga guruhlanib, bu hisobvaraqlar bo’yicha yozuvlar bir tomonlama, ya’ni kirim yoki chiqim ko’rinishda yuritilar edi.

Qolgan barcha sabablar shulardan kelib chiqadi:


birinchidan, respublikada ikki pog’onali bank tizimining barpo etilishi;
ikkinchidan, davlat mulki yagona bo’lmagan holda turli mulkchlik shakllarining paydo bo’lishi;
uchinchidan, chet el investitsiyalarning jalb qilinishi;
to’rtinchidan, chet el korxona va tashkilotlari bilan sherikchilik munosabatlarining o’rnatilishi;
beshinchidan, hisobotlarni jahon andozalari talablariga javob beradigan darajada tuzilishini ta’minlash zarurligi va hokazo.

Yüklə 12,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin