Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi


Ekskursiya uchun matn tayyorlashning ahamiyati



Yüklə 419,04 Kb.
səhifə12/23
tarix15.02.2023
ölçüsü419,04 Kb.
#84348
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
8 Ёш экскурсовод қўлланма тайёр Автосохраненный

10. Ekskursiya uchun matn tayyorlashning ahamiyati
Ekskursiya marshruti tasdiqlangandan so‘ng ijodiy guruh ekskursiya matnini tuzishni boshlaydi. Ekskursiya amaliyotida-u asosiy matn (kontrolniy tekst) deyiladi. Unga ijodiy guruh ishlab chiqqan ekskursiyani olib borish uchun barcha materiallar kiritiladi. Eng muhim ma’lumotlar tanlanib, xulosalar qilinadi. Asosiy matnda foydalaniladigan materiallar manbaini ko‘rsatish zarur. Mavzular yoritilishining ketma-ketligiga qarab, matn ham xronologik tartibda va ham ekskursiya obektlarining marshrut bo‘ylab joylashganligiga qarab tuzilishi mumkin. Asosiy matnda shuningdek, chiqishlar, xulosalar, mavzular orasidagi mantiqiy o‘tishlardan tuzilgan materiallar ham kiritiladi. Unda mavzuga taaluqli, lekin ekskursiyani ishlab chiqishda nazarda tutilmagan obektlar ham kiritilishi mumkin. Bu keyinchalik o‘sha mavzuda ekskursiya variantlarini ishlab chiqishda kerak bo‘ladi.
Amaliyotda uch soatlik avtobusli ekskursiyada asosiy matnning hajmi 40-50 varag‘ni, piyoda ekskursiyada 25-30 varag‘ni (14 shrift, 1.5 interval) tashkil etishi belgilangan. Ijodiy guruh tomonidan ishlab chiqilgan va turistik tashkilot tomonidan tasdiqlangan ekskursiyaning asosiy matni, gidlarning individual matnini tuzishda asos bo‘ladi. Asosiy matnni tayyorlashda yana bir muhim talab, bu titul varag‘ining mavjudligidir. Unda yangi ekskursiyani ishlab chiqgan turistik-ekskursiya tashkiloti nomi, ekskursiya mavzusi, ijodiy guruh tarkibi, ekskursiya tasdiqlangan sana ko‘rsatiladi. Ijodiy guruhning barcha a’zolari, keyinchalik ushbu mavzuda ekskursiya olib bormoqchi bo‘lgan gidlar ham o‘zlarining individual matnlarini tuzadilar. Ular asosiy matnga mos kelishi, materiallarni hikoya qilish tartibi esa, marshrut obekti qanday tartibga joylashganligiga qarab, hikoya qilinishi shart.


Individual matn-bu hikoya qilib berishga tayyor ekskursiya mahsulotidir, yani ekskursiya hikoyasi uchun matndir. Individual matn tarkibi 3 qismdan iborat bo‘ladi: chiqish, asosiy qism, xulosa.
Chiqish va xulosa qismi asosiy qismdan tubdan farq qiladi, ular ekskursiya obektlari bilan o‘zaro bog‘liq emas. Bular ko‘proq maruza, suhbatga yaqinroqdir. Chiqish-tashkiliy va axborot qismlariga bo‘linadi.
Tashkiliy qismda gid o‘zining ismi sharifini, ekskursiyani tashkil etgan muassasa nomini, avtobus haydovchisini tanishtiradi, mavzu va marshrutni e’lon qiladi, ekskursiya davomiyligini, uning yaqun toppish joyini, avtobusda o‘zini tutish haqida aytib o‘tadi.
Axborot qismida gid ekskursiya mazmunini qisqacha bayon qiladi, sayyohlar ko‘radigan diqqatga sazovor obektlarni, kichik mavzularni
sanab o‘tadi. Chiqish 5-7 daqiqadan oshmasligi va uni marshrutga harakatni boshlamasdan avval o‘tkazish kerak. Chiqish eng masuliyatli bosqichdir va u yorqin bo‘lishi shart. Shu bosqichda sayyohlar bilan aloqa o‘rnatiladi, ular gid haqida ilk taasurotni oladilar. Yaxshi chiqish gid muvaffaqiyatini taminlaydi. Malakali gid aynan chiqish paytida guruh bilan o‘zaro tushunish nuqtasini topib, ularni o‘ziga jalb qilib, o‘z ishining ustasi sifatida ekskursiyaning muvaffaqiyatini taminlaydi.

Yüklə 419,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin