Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi


Chamalab topish (ориентирование)



Yüklə 419,04 Kb.
səhifə9/23
tarix15.02.2023
ölçüsü419,04 Kb.
#84348
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
8 Ёш экскурсовод қўлланма тайёр Автосохраненный

Chamalab topish (ориентирование) sayohati ham piyoda yurish, tog‘ turizmi bilan bevosita bog‘liqdir. Ya’ni ma’lum masofalarni piyoda o‘tish to‘siqlar, dovonlardan oshish hollari bunda ham qo‘llaniladi. Boshqa turizm turlaridan farqi, bunda xarita, chizma, kompos, quyosh, oy,yulduz va xokazo vositalardan foydalangan holda manzilga etib borishdir. Ya’ni noma’lum va notanish joylarni toppish asosiy faoliyat hisoblanadi. Turizmning bu turidan piyoda yurish, tog‘turizmi va boshqa turizmlar bo‘yicha o‘tkazilgan maxsus musobaqalarda keng foydalaniladi. Turizm shaklan ko‘p tarmoqli turlarga bo‘linadi.Ularning mazmuni shug‘ullanuvchilarning jismoniy barkamolligini oshirish bilan bir qatorda mehnatsevarlik, vatanparvarlik, o‘zaro hamkorlik va do‘stlik kabi insoniy fazilatlarni tarbiyalashda xizmat qiladi. O‘z yo‘nalishi, xarakteri va faoliyat xususiyatlariga ko‘ra turizm sayr qilish (ekskursiya, sayohat qilish) va piyoda yurish shakllariga ajratiladi.
Sayr qilish-keng ommaga qulay bo‘lgan piyoda, chang‘i, velosiped, qayiqlar yordamida yurib sog‘liqni yaxshilash, organizmni chiniqtirish maqsadida uyushtiriladigan qisqa muddatli ommabop turizm shaklidir. Turizmni bu shaklida keksalar ham, yoshlar ham ishtirok etishlari mumkin.
Ekskursiya-jamoa bo‘lib biror obyektni (muzey, stadion, o‘rmon) ilmiy qidiruv yoki o‘quv maqsadida, umumiy madaniy dam olish uchun o‘tkaziladigan tadbirlar hisoblanadi. Bunday tadbirni boshqa shaharlarda ham uyushtirish mumkin. Turizmning bu shakli katta yoshdagi bog‘cha bolalari, maktab o‘quvchilari, o‘rta maxsus va oily ta’lim talabalari o‘rtasida ham keng tarqalgan madaniy ta’lim tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirdir.
Poxodlar-tashkiliy ravishda guruh bo lib piyoda, velosiped,chang‘I, qayiq kabi vositalar yordamida jismoniy chiniqish, o‘lkani o‘rganish ijtimoiy foydali mehnat qilish maqsadida uyushtiriladi.
Sport poxodlari-bu asosan sportga taalluqli bo‘lib, ushbu poxodning qiyinchiligi, masofaning uzunligi, tabiiy to‘siqlar, aholi yashaydigan joylarga etib borish tartiblari, sinovli poxodlar soni va bosh’qa shartlar qo‘yilgan bo‘ladi.
Targ‘ibot-tashviqot poxodlari-yirik ijtimoiy-siyosiy yoki sport anjumanlariga bag‘ishlangan bo‘lib, uning maqsadi ommani turizmga jalb etishdan iboratdir. Bunda, jamoalardagi ilg‘or tajribalar almashinadi, turistik texnika va boshqa vositalarni bilish yuzasidan musobaqalar uyushtirilishi targ‘ibot ishlarini jonli, qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi.
Ekspeditsiya-turistik sayohat bo‘lib, u biror bir obyektni (geografik, geologik, o‘lkashunoslik, tarixiy va boshqalarni) o‘rganish maqsadida uyushtiriladi. Bunday sayohat jarayonlarida faol harakat, ya’ni piyoda yurish, chang‘i va boshqalarda yurish, shuningdek, passiv harakat transportda masofani o‘tishi mumkin. Hududiy belgi jihatidan turistik sayohatlar, poxodlar mahalliy va uzoq, xarakterli jihatdan esa rejali va havaskorlik turlariga egadirlar. Rejali poxodlarda oldindan belgilangan va maxsus ishlangan marshrutlar orqali uyushtiriladi. Bunday hollarda turistlar instruktorlar bilan ta’minlanadi.
Havaskorlik sayohatlari-sport klublari, turistlar klubi, madaniyat klublari, turistlar oromgohlari, bazalari, bolalar turistik bazalari, va alohida turistlar guruhlari tomonidan uyushtiriladi. Bunda turistlar mustaqil ravishda o‘z marshrutlarini tuzadilar. Poxod jarayonida o‘z-o‘zlariga xizmat qiladilar.
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqqan: klassik yo‘nalish (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent; Toshkent, Samarkand, Buxoro, Shahrisabz, Toshkent). Bu yo‘nalish eng qadimiy. yodgorliklar va boshqa tarixiy madaniy obidalarga tashrif bilan bog‘liq; ekologik turizm yo‘nalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Zomin qo‘riqxonasi, Buxoro viloyatidagi qo‘riqxonalar). Bu yo‘nalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyohlar uchun ekologik jihatdan qulay va foydali hisoblanadigan joylarga tashrif bilan bog‘liq; arxeologik turizm yo‘nalishi (Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Samarkand hududdari bo‘ylab). Bu yo‘nalish O‘zbekistonning eng qadimiy topilmalari va arxeologik qazilmalar olib borilayotgan joylari bilan tanishishni maqsad qilib qo‘yadi; ekstremal turizm yo‘nalishi (Chimyon, Farg‘ona vodiysi, Orol bo‘yi, Buxoro, Navoiy viloyati hududlari bo‘ylab); diniy turizm yo‘nalishi (Toshkent, Samarkand, Buxoro, Toshkent-mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bog‘liq.

Yüklə 419,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin