8. Ekskursiyaning mavzusi va mazmuni Ekskursiya so‘zi yunoncha “excursio” so‘zidan olingan bo‘lib, sayohatga chiqish, sayr qilish ma’nosini anglatadi. Ekskursiya tushunchasi tahlil qilinganda, ekskursiya xizmatining obyektiv talablaridan iboratligini e’tiborga olishimiz kerak. Har bir ekskursiya o‘ziga xos faol jarayon bo‘lib, uning mohiyati ma’lum qonuniyatlar (mavzuiyligi, maqsadliligi, ko‘rgazmaliligi, hissiyotliligi, faolligi) bilan asoslanadi. Ekskursiya xizmati-bu tarixiy va madaniy yodgorliklar, tabiat manzaralari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa diqqatga sazavor joylarni ko‘rsatish, hikoya qilish jarayonini tashkil qilishdir. Ushbu jarayonda turistlar obyektlar, ular bilan bog‘liq voqea va hodisalar gid tomonidan hikoya qilinadi. Ekskursiya xizmatida gid turistlarga mavzuni yoritishda yordam beruvchi obyektlarni ko‘rishda (birinchi vazifa), ushbu obyektlar haqida zarur ma’lumotlarni olishga (ikkinchi vazifa), tarixiy voqeaning mohiyatini his etishga (uchinchi vazifa), ekskursiya obyektlarini mustaqil kuzatish va tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishga (to‘rtinchi vazifa) yordam beradi. So‘ngi vazifani bajarishda turistlarga obyektlarni to‘g‘ri ko‘rish qobiliyatini shakllantira olish katta o‘rinni egallaydi. Obyektlarni to‘g‘ri ko‘ra olish qobiliyati deganda estetik qabul sifatida me’morchilik ranglari, har xil turdagi chiziqlar, ranglar jilosini, chiziqlar va ularning kompleksini yorug‘lik, ma’lum burchak asosida ko‘rish va qabul qilish tushuniladi. Ekskursiya xizmatininig vazifalaridan biri-turistlar ongida ekskursiya mavzusi, tarixiy shaxslar hayoti, voqealar, faktlar va umuman ekskursiya ma’lumotiga bo‘lgan munosabatlarini va mustaqil baho berishni shakllantirishdir.
Baho berish-biror kim yoki narsa yaqida tasavvurga ega bo‘lish, uning mohiyati, fe’l-atvorini anglash, kimningdir ijobiy sifatlarini tan olishdir.
Ekskursiya xizmatini baholash-gidning ko‘rsatmalari yordamida ekskursantlarning mavzusi bo‘yicha yakuniy xulosaga kelishdir.
Ekskursiya xizmati o‘z vazifasi va o‘tkazish shakliga ko‘ra yo‘l-yo‘lakay olib boriladigan ekskursiya axboroti yoki turistik poxodlardagi instructor suhbatlaridan ko‘ra murakkab jarayondir. Mavzuli ekskursiya xizmati shahar ko‘rgazmali ekskursiyasidan o‘zining tarkibi, mazmuni, uslub jihatdan murakkabligi bilan farqlanadi. Ekskursiyaning rivojlanish yo‘li, uning mazmun jihatidan o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Gid o‘z hikoyasi bilan ekskursantlarni to‘g‘ri xulosa qilishga, baho berishga ko‘maklashadi, shu bilan ekskursiya xizmatining zaruriy samaradorligiga erishiladi.