Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi


Asosiy qism namoyish etish va hikoya qilish uyg‘unligida shakllanadi va bir-biri bilan mantiqiy o‘tishlar



Yüklə 419,04 Kb.
səhifə13/23
tarix15.02.2023
ölçüsü419,04 Kb.
#84348
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
8 Ёш экскурсовод қўлланма тайёр Автосохраненный

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa
Asosiy qism namoyish etish va hikoya qilish uyg‘unligida shakllanadi va bir-biri bilan mantiqiy o‘tishlar bilan bog‘langan, har xil obektlarga yoritiladigan mavzulardan tashkil topadi.
Mantiqiy o‘tishlar oldingi mavzular mazmunidan kelib chiqib, keyingi mavzuni hikoya qilishga yordam berishlari kerak. Mantiqiy o‘tish umumlashtirish, taqqoslash, to‘ldirish xarakteriga ega bo‘lishi mumkin. Mazmunli, chiroyli mantiqiy o‘tish gidning yaxshi uslubiy tayyorgarligi dan darak beradi. Ko‘pgina hollarda birinchi mavzuni tugatib, ikkinchi obektga o‘tish jarayonida gidlar ekskursiya mazmuniga to‘g‘ri kelmaydigan rasmiy o‘tishlardan foydalanadilar. Xulosa qismida gid ekskursiya mavzusi bo‘yicha xulosa va yakun yasaydi, sayyohlar savollariga javob beradi.


11.Ekskursovod portfeli
Professional muhitda “gid portfeli” deb, namoyish etish, ko‘rish qatorlariga yetishmayotgan bo‘g‘inlarni to‘ldirish va tiklash uchun mo‘ljallangan ko‘rgazmali qurollar jamlanmasiga aytiladi. Bu ayniqsa, ko‘rsatmoqchi bo‘lgan obektlar, bizgacha o‘zgargan hollarda yetib kelgan yoki umuman saqlanmagan hollarda muhimdir. Shunda rasmlar, chizmalar obektning birinchi holatini tiklashga yordam beradi.
“Gid portfeli”da yana ekskursiya mavzusiga taaluqli shaxslar rasmi, kartinalar reproduksiyasi, geologik xaritalar, harbiy voqealar tasvirlangan xarita-sxemalar, ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsuloti namunasi, gerbariylar, geologik namunalar, yani ekskursiya sharhini yanada boyitadigan boshqa illyustrativ materiallar kiradi.
Ko‘rgazmali qurollarni tanlashdagi mezonlar quyidagilar:
-ularni ishlatishning zaruriyligi va maqsadliligi;
-ommaboplik qiymati, yani hikoyani ushbu ko‘rgazmali qurol qanchalik boyitishi, tushunarli qilishi mumkinligi;
-g‘aroyibligi; ifodaliligi; saqlanganlik holati.
Rasmlar, xarita-sxemalar, reproduksiyalar 18x24sm o‘lchamli karton asosli, tiniq va aniq tasvirga ega bo‘lishi shart. Avtobusda ko‘rsatishga mo‘ljallangan ko‘rgazmali qurollar 24x30sm o‘lchamli bo‘lishi zarur. Ko‘rgazmali qurollar ro‘yxati, tarkibi ekskursiyaning butun hayotiy davrida o‘zgartirilib, takomillashtirib borilishi mumkin.



Yüklə 419,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin