Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi


Vatanimizda turizmning rivojlanish imkoniyatlari



Yüklə 419,04 Kb.
səhifə4/23
tarix15.02.2023
ölçüsü419,04 Kb.
#84348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
8 Ёш экскурсовод қўлланма тайёр Автосохраненный

3. Vatanimizda turizmning rivojlanish imkoniyatlari
Yurtboshimiz tomonidan turizmni yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar ijrosi hamda istiqboldagi muhim vazifalar yuzasidan olib borilgan yig‘ilishda, O‘zbekiston ham sayohat, ham ziyorat uchun qulayligi, ushbu sohani rivojlantirishda har bir yo‘nalish bo‘yicha, Yevropa, Osiyo hamda boshqa qit’adan keladigan sayohlar uchun maxsus dasturlar ishlab chiqish, charter reyslar va temir yo‘llar qatnovini ko‘paytirish, ichki turizmni yanada rivojlantirish hamda xizmat ko‘rsatish sohasini yaxshilash yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar. Ayni chog‘da turizm sohasining istiqbolidagi muhim jihat-hududlardagi barcha madaniy-tarixiy meros obyektlari, tabiiy o‘lkashunoslik, milliy qo‘riqxona hududlarining yagona ma’lumotlar bazasini yaratish, turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, sayyohlikni mavsumiy emas, yil davomida daromad manbaiga aylantirishdan iborat ekanligiga alohida e’tibor qaratiladi. Yurtimizda turizm sohasini rivojlantirishning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
2021-2025-yillarda mamlakat iqtisodiyotida turizm industriyasi ulushini ko‘paytirish. Dunyo bozorida respublikaning turizm salohiyatini targ‘ib qilish orqali 2025-yil yakuniga qadar 9 milliondan ortiq turistlarni jalb qilish. Belgilangan vazifalar ijrosining ta’minlanishi munosabati bilan O‘zbekiston turizmi mintaqa va dunyo turistik xizmatlar bozoriga raqobatdosh davlatlar qatoriga kirib borishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Buning uchun turizm sohasida qisqa muddatli istiqbolga mo‘ljallangan maqsadli vazifa va ustivorlardan kelib chiqib, quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
1.Turizm xizmatlari sifati, xilma-xilligi va xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirishni ta’minlaydi.
2 Transport logistikasini rivojlantirish, transport xizmatlari sifatini oshirish, jumladan:
3.Yo‘lovchilar tashuvini rivojlantirish, shu jumladan doimiy transport qatnovini yo‘lga qo‘yish, turli transport vositalarining qulay tutash bog‘lamalarini tashkil etish, turizm markazlarini birlashtiruvchi respublika va mintaqaviy ahamiyatga molik yangi avtomobil yo‘llarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish (kemping va servis xizmat ko‘rsatish obyektlari, umumiy ovqatlanish markazlari, tibbiy va sanitariya shaxobchalarini) yaxshilashga qaratilgan davlatlararo shartnomalar bilan tasdiqlangan dasturni shakllantirish; respublika hududlari o‘rtasida aviaqatnovlarni rivojlantirish;
4.Turizning istiqbolli turlari ( ziyorat, ma’rifiy, ekologik, etnografik, gastronomik, sport, davolovchi-sog‘lomlashtiruvchi, qishloq, sanoat va boshqalarni) hisobga olgan holda, yangi turizm dasturlarini ishlab dasturlarini ishlab chiqish;
5. Turizm barqaror rivojlanishi va yurtimizga mehmonlarning takroriy tashriflari sonioshishini ta’minlaydi.
6. Respublika bo‘yicha bepul faoliyat ko‘rsatuvchi, jumladan bron qilish, suvenirlar, kitoblar va turizm xaritalari bo‘yicha ma’lumot beruvchi axborot shaxobchalari sonini oshirish ;
7. Yuqori turistik salohiyatga ega bo‘lgan hududlarda xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘yicha ichki ishlar organlarining maxsus bo‘linmalarini tashkil qilish, ularni zamonaviy texnika va transport vositalari bilan ta’minlash.
Yuqorida sanab o‘tilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish mamlakatimizni rivojlangan turizm industriyasi hamda boy turistik salohiyatga ega bo‘lgan, sayohat va dam olish uchun xavfsiz davlat imidjini shakllantirishga, shuningdek, O‘zbekistonga turistlarni jalb qilish bo‘yicha xorijiy hamkorlarni sonini oshirishga xizmat qiladi .

Yüklə 419,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin