Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi


Jahonda turizm sohasining taraqqiyoti



Yüklə 419,04 Kb.
səhifə3/23
tarix15.02.2023
ölçüsü419,04 Kb.
#84348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
8 Ёш экскурсовод қўлланма тайёр Автосохраненный

2.Jahonda turizm sohasining taraqqiyoti
Xalqaro turizm-milliy chegaralarni kesib o‘tuvchi turizm tushuniladi.
Globallashuv sayyohlikni butun dunyo bo‘ylab ommaviy dam olish mashg‘ulotiga aylantirdi. Jahon sayyohlik tashkiloti sayyohlarni quyidagicha ta’riflaydi: ular bir yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida dam olish, ishlash va boshqa maqsadlar uchun odatdagi muhitdan tashqarida sayohat qilishadi.
Ulkan xilma-xil sayohatlarning ma’lum guruhlari orasidan zarurlarini ajratish shundan iboratki, turizmning konkret turi ko‘p jihatdan tur bo‘yicha xizmatlar to‘plamini, narx belgilanishini taqozo etadi.
Xalqaro turizm klassifikatsiyasini keltirish bo‘yicha ko‘proq yoyilgan belgilar taklif tipi, safarni uyushtirish usuli, sayohat maqsadi, harakatlanish usuli hisoblanadi. Dam olish va rekreatsion turizmga dam olish maqsadida turli ko‘rinishdagi turizm: diqqatga sazovar joylar bilan tanishish, sport bilan shug‘ullanish, poxodlar uyushtirish, tematik safarlar kiradi. Ishga doir turizmga kongressli (Conference Travel), ishga doir muzokaralar olib borish maqsadidagi safar, seminarlar va boshqa professional (kasbiy) maqsadlardagi (Business Talks. ete), shop turlar kiradi. Xalqaro turizmda sayohat chog‘ida turistlar har xil xizmatlarni iste’mol qilishadilar. Ya’ni: umumiy, turistik xususiyatga ega va yo‘l-yo‘lakay xizmatlar turi. Turistlar eng avvalo o‘z hayotini ta’minlovchi xizmatlarga ya’ni, turar joyga, ovqatlanishga, shuningdek transportga ehtiyoj sezadi.
Sayohat, kasbiy qiziqishini qondirish, davolanish, o‘qish va bilim olish kabi boshqa ehtiyojlar turistik safarlarning bosh motivlaridir.
Turizm statistikasida uchta bosh muammo mavjud bo‘lib, ulardan biri ma’lumotlarsiz taqqoslashdir. U turizmni rivojlantirish qonuniyatlarini aniqlash maqsadida axborotlarni taxminan solishtirib ko‘rishni bildiradi. Bu sohadagi o‘zgarishlar, kengliklar va davr, bitta nomdagi ko‘rsatkichlar, kattaliklar baholanishi, ularni turli mamlakatlarga taaluqli tomonlari va boshqalar shular jumlasidandir. Statistik ma’lumotlar ko‘p hollarda ularning predmeti mazmuni farqiga, hisob-kitob metodikasi yoki o‘lchov birligiga ko‘ra taqqoslab bo‘lmaydigan holatda bo‘ladi.



Yüklə 419,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin