Bu kasaba uyushmalarining mehnat bozorida ish haqini oshirish uchun
kurashining ziddiyatli oqibatlari mavjudligidan dalolat beradi. Ya’ni ish
haqining muttasil oshirib borilishi ishsizlik darajasining ham ortishiga olib
keladi. Shu bilan birga kasaba uyushmalari mehnat bozorida mutlaq hukmron
emasliklarini, ularga qudratli ish beruvchilar qarshi turishini ham hisobga
olish kerak.
Mehnat bozoridagi bu ikki raqobatchining o ‘zaro kelishuvi о 'za.ro yoki ikki
tomonlama monopoliya nomini olgan.
Ushbu holatni tasvirlash uchun yuqorida keltirilgan kasaba uyushmalari
tomonidan mehnatga talabni rag‘batlantirish modeli (3.13-rasm) bilan kasaba
uyushmalari tomonidan ish haqiga bevosita ta’sir ko‘rsatish modelini (3.15-
rasm) birlashtirish talab qilinadi. Buning natijasi 3.16-rasmda o ‘z ifodasini
topgan.
3.16-rasmda tasvirlanganidek, monopsonchi korxona ish haqini WM, ka
saba uyushmalari esa WTU darajasi da
o‘matishni talab qiladi. Bu tortishuvning
yakuni esa mehnat bozoriga kimning ta’siri
kuchliligiga bog‘liq boladi.
Ammo amaliyotda, odatda, ish haqi
stavkasi ikki tomon talabining o ‘rtasida
o‘matiladi. Har ikki tomonning kurashishi
natijasida mehnat bozoridagi muvozanat
yuqorida keltirilgan mukammal raqobatli
bozor holatiga yaqinlashadi. Bu esa mehnat
bozorida ham yollanma xodimlar, ham
ish beruvchilaming manfaatlari hisobga
olinganligini ko‘rsatadi.
tomonlama m onopoliya modeli
120
Dostları ilə paylaş: |