59
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
xususiyatlari, atrof-muhit an’analari bilan tanishish imkoniyati beradi
[4]
. Shuningdek, agroturizm sohasi qishloq
aholisining noqishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishiga ham imkon yaratadi
[5]
.
Agroturizmning uchta elementi mavjud: bular fermer, qishloq va dehqonchilik.
Fermer, qishloq xo‘jaligi va agroturizm muvaffaqiyatiga hissa qo‘shadigan muhim omildir.Aksariyat hollarda
fermerlar kam ma’lumotli, kamroq ta’sir ko‘rsatadi va hech qanday tijorat maqsadlarisiz tashrif buyuruvchilarni
mehmon qiladi, shu jarayonda xizmat ham qiladi
[6]
.
Qishloq: Shahardan uzoqda joylashgan qishloqda shahar sharoitlari yo‘q, lekin tabiat resurslarga boy.
Investitsiyalar – bu tabiiy resurslarning o‘zi. Investitsiyalar tabiatan suv havzalari, dalalar, o‘rmonlar, tog‘lar,
cho‘llar va orollar
shakli orqali kiritiladi
[6]
.
Qishloq xo‘jaligi:Shahar aholisini o‘z jozibadorligi bilan jalb qiladigan sohadir. Bu qishloq aholisining
rag‘batlantiruvchi boyligidir. Qishloq xo‘jaligidagi boy resurslar, ya’ni yer; suv va o‘simliklar har bir joyda o‘zi-
ga xos bo‘lib, xilma-xillikni keltirib chiqaradi va qiziqish uyg‘otadi. Dehqon, qishloq va qishloq xo‘jaligi ajoyib
kombinatsiya yaratadi, ayniqsa, shaharlardan kelgan sayyohlarga cheksiz qoniqish ta’minlovchi holatni yarata-
di
[6]
. Ushbu uch omil agroturizmni amalga oshiradigan elementlardir. Ushbu omillarning mavjudligi mintaqani
agroturizmga moslashtira oladi. Agar agroturizm rivojlantirilsa mintaqada ushbu elementlarni boshqarish va
baholash kerak
F O Y D A L A N I L G A N M A T E R I A L L A R VA U S L U B L A R
Agroturizm to‘rtta muhim asosiy tamoyilga ega. Ushbu tamoyillar agroturizmni rivojlanishini ta’minlaydi. Bu
tamoyillar turistlar uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarni ham o‘z ichiga oladi. Sayyohlarni jalb qiladigan tadbirlar
va turistlar uchun qilinadigan ishlar ushbu tamoyillarga kiritilgan.
Mehmonlar uchun tomosha qilishga biror narsaning borligi: hayvonlar, qushlar, fermalar va tabiat, qaysiki-
sayyohga ko‘rishni taklif qilishi mumkin bo‘lgan agroturizm maskanlari . Bulardan tashqari madaniyat, kiyim-ke-
chak, bayramlar va qishloq o‘yinlari agroturizmga yetarlicha qiziqish uyg‘otishi mumkin.
Tashrif buyuruvchilar uchun nimadir qilish kerak: qishloq xo‘jaligi ishlarida qatnashish, suzish, ot-aravada
yurish, ot minish, tuya minish, meva terish,
asalari boqish, sigir sog‘ish, vino tayyorlash, pishloq tayyorlash,
ovqat pishirish va qishloq o‘yinlarida qatnashish
[6]
.
Mehmonlar uchun biror narsa sotib olish imkoniyati: qishloq hunarmandchiligi, kiyim-kechak materiallari,
mahalliy kiyimlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (organik tuxum, tabiiy asal, sut va sut mahsulotlari, tabiiy meva
va sabzavotlar), qayta ishlangan oziq-ovqatlar turistlar esdalik sifatida sotib olishlari mumkin bo‘lgan bir nechta
mahsulotlardir
[8]
.
Mehmonlarni ovqatlanishi uchun biror narsani bo‘lishi: Sayyohlar
tabiiy mevalarni, fermada yetishtirilgan
sabzavotlar, sut mahsulotlari, tuxumlar va asaldan olib yeyishlari mumkin
[10]
.
Mahalliy taom sayyohlar uchun eng muhim va eng yaxshi taomdir.Bunday amaliyotlar sayyohlarning e’ti-
borini tortadi, shu bilan birga mahalliy aholiga daromad keltiradi.Bu agroturizmning afzalligi. Boshqa tomondan,
bu amaliyotlar tijoratga aylanmasligi kerak, aks holda turist va mahalliy aholi o‘rtasidagi munosabatlar dush-
manlikka aylanishi mumkin.
O L I N G A N N A T I J A L A R VA U L A R N I N G TA H L I L I
Agroturizm ochiq havoda sayr qilish, ta’lim tajribasi, to‘g‘ridan to‘g‘ri qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish,
turar joy va o‘yin-kulgi imkoniyatlarini beradigan turizm turidir. Bu imkoniyatlar ham sayyohlar, ham fermerlar
uchun juda muhimdir. Bu imkoniyatlarga sayyohlar tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi. Shunisi
ahamiyatliki, agroturizm qishloq hududlarida rivojlanishi matijasida qishloq hududlarida transport,
infratuzilma,
sanoat, xizmat ko‘rsatish sohalari, savdo-sotiq tarmoqlari ham rivojlanib boradi
[13]
.
Agroturizmning afzalliklari:
Agroturizm o‘zi faoliyat yuritayotgan hudud uchun juda ko‘p afzalliklarga ega. Bu imtiyozlar quyidagilarni
o‘z ichiga oladi
[8]
:
■
Agroturizm mahalliy iqtisodiyotni mustahkamlaydi va mamlakat iqtisodiyotiga hissa qo‘shadi.
■
Mahalliy hududning rivojlanishini ta’minlaydi.
■
Agroturizm qishloq xo‘jaligida bandlikni ta’minlaydi.
■
Mahalliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va qishloq hayotini saqlashga yordam beradi.
■
Tabiiy, tarixiy va madaniy resurslardan foydalaniladi.
■
Fermer xo‘jaligida qo‘shimcha daromad olish uchun mahsulotlar va marketingni diversifikatsiya qilish
imkoniyatlari o‘rnatiladi
[12]
.
■
Oila a’zolarini ish bilan ta’minlash imkoni yaratiladi.
■
Fermer xo‘jaligida dam olish va ko‘ngilochar tadbirlarni qo‘shish orqali mavjud fermer xo‘jaliklari savdo
nuqtalariga mijozlar oqimini oshiriladi.
60
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
■
Qishloq-madaniy turizm tajribasi mehmonlarga fermada yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish
imkonini beradi.
■
Shahar va qishloq aholisi o‘rtasidagi madaniy o‘zgarishlar, shu jumladan ijtimoiy axloqiy qadriyatlar.
■
Fermerlar shahar aholisi bilan aloqalar tufayli turmush darajasini oshirishlari mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan imtiyozlar mahalliy aholiga ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ekologik sharoitlarni be-
radi. Shunday qilib, bu afzalliklar agroturizmning ahamiyati ochib beradi.
X U L O S A L A R
Agroturizm qishloqda yashovchi aholiga daromad olish hamda qishloq hududini rivojlantirish imkonini
beradi. Agroturizmda turistlar juda ko‘p turli xil obyektlarga tashrif buyurib ushbu hududda yashovchi odam-
larga qo‘shimcha
daromad keltirish, hududni rivojlantirishga va mamlakat iqtisodiyotiga yordam beradi. Agar
O‘zbekis ton agroturizmni rivojlantirmoqchi bo‘lsa, uni o‘qitishi kerak
Qishloq joylarda yashovchi aholiga turizm haqida ma’lumot berib, ularning xabardorligini oshirish kerak.
Agroturizm qishloq joylarni boyitadi,shuningdek,qishloq joylaridagi rekreatsiya resurslarini yo‘q bo‘lib
ketishdan himoya qiladi.
Shu nuqtayi nazardan, mamlakat tabiiy madaniy, tarixiy, haqiqiy va ekzotik joylarga boy hisoblanadi. Bu
joylar agroturizm uchun juda mos keladi. Agar bu joylar boshqa odamlarga ko‘rsatilishi kerak bo‘lsa, reklama
qilinishi kerak va ommaviy axborot vositalari diqqat markazida bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: