Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi ke-
rak. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy 
dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ru-
za, 2017-yil 14-yanvar. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. 8-b.
2. O‘lmasov A., Vaxobov A. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. -T. : Iqtisod-moliya, 2014. 
3. Bekmurodov A. Sh., G‘afurov U. V. O‘zbekiston iqtisodiyotni modernizatsiyalash hamda islohotlarnichuqurlashtirish-
ning Yangi va yuksak bosqichi yo‘lida. -T. : Iqtisodiyot, 2008. – 126 b. 
4. Mo‘minov A. “Iqtisodiy o‘sish va uning omillari nimalardan iborat” //O‘zbekiston ovozi. 20.05.2016 y.5 Slovar sovremen-
noy ekonomicheskoy teorii Makmillana – M.,1997.s. 471.


64
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
O‘ZBEKISTONDA YASHIL 
IQTISODIYOT VA YASHIL 
BYUDJETLASHTIRISH 
TIZIMIGA O‘TISHNING 
AHAMIYATI
Raxmanov M. A. 
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti 1-kurs 
tayanch doktoranti
Annotatsiya:
Ushbu maqola so‘ngi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan yashil byudjetlashtirish sohasidagi ishlar 
tadqiq qilingan. Xususan, mamlakatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan qonun va uning amaldagi ijrosi, xalqaro tajri-
balarni o‘rganish va ularni yurtimizda joriy etishning ustuvor jihatlarini yoritilgan. Shuningdek maqolada “yashil” byudjet-
lashririshning mamlakat rivojidagi amaliy ahamyati haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
jamiyat, iqtisodiyot, resurs, dastur, ehtiyoj, rivojlanish, yashil iqtisodiyot, yashil byudjetlashtirish, davlat byud-
jeti, byudjet xarajatlari, energetika, yashil makon, modernizatsiyalash, moliyaviy resurs, yer, ekalogiya, atrof-muhit, mah-
sulot, sanoat, energiya.
Аннотация:
В данной статье рассматривается работа в области зеленого бюджетирования, проводимая в нашей 
стране в последние годы. В частности, были выделены приоритетные аспекты принятого главой нашей страны 
закона и его фактическая реализация, изучение международного опыта и его реализация в нашей стране. Также 
в статье рассматривается практическое значение “зеленого” бюджетирования в развитии страны.
Ключевые слова:
общество, экономика, ресурс, программа, потребность, развитие, зеленая экономика, зеленое 
бюджетирование, государственный бюджет, расходы бюджета, энергетика, зеленое пространство, модернизация, 
финансовый ресурс, земля, экология, окружающая среда, продукт, промышленность, энергетика.
Abstract:
This article examines the work in the field of green budgeting carried out in our country in recent years. In par-
ticular, the priority aspects of the law adopted by the head of our country and its actual implementation, the study of in-
ternational experiences and their implementation in our country were highlighted. The article also discusses the practical 
significance of “green” budgeting in the country’s development.
Key words:
society, economy, resource, program, need, development, green economy, green budgeting, state budget, 
budget expenditures, energy, green space, modernization, financial resource, land, ecology, environment, product, in-
dustry, energy.
“Dunyoda hech qachon bir xil tong otkan emas”. Mazkur ibora paydo bo‘lganidan buyon ming yillar o‘tdi. 
Bu-butun koinot, tabiat va bashariyat doimiy o‘zgarishda, yangilanishda, deganidir
1
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2017-yil 14-yanvardagi Vazirlar Mahkamasining ken-
gaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning 
yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki 
bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir” deb ta’kidlagan edilar
2

Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun uning turli bo‘limlari, tarmoqlari va sohalari o‘rtasida o‘zaro mu-
tanosiblikni ta’minlanmasligi mamlakatda iqtisodiy resurslardan samarasiz foydalanishga bu esa o‘z navbati-
da iqtisodiy inqirozlarni yuzaga kelishiga, ishsizlik va inflatsiya darajasining oshib ketishiga va aholining ijti-
moiy-iqtisodiy turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga sabab bo‘ladi. 
Mamlakatda tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsi-
yalash va diversifikatsiyalash hamda hududlarni bir maromda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kom-
pleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mirziyoyev Sh. M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiasi.-T. : O‘zbekiston nashryoti. –2022 y, –4 bet. 416

Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 
2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor 
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017-yil 14-yanvar. – Toshkent: “O‘zbekis-
ton”, 2017. 8-b.


65
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
Iqtisodiyot energiya samaradorligining past darajasi, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish, texnologi-
yalar yangilanishining sustligi, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish uchun innovatsion yechimlarni joriy etishda 
kichik biznes ishtirokining yetarli emasligi mamlakatni barqaror rivojlantirish sohasidagi ustuvor milliy maqsad-
lar va vazifalarga erishishga to‘sqinlik qilmoqda.
Uzoq muddatli strategiyaning mavjud emasligi “yashil” texnologiyalarni joriy etish va “yashil” iqtisodiyotga 
o‘tish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rishni ta’minlashga imkon bermayapti.
2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakat-
lar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, shuningdek, Parij bitimi (Parij, 2015-yil 
12-dekabr) majburiyatlari bajarilishini va O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishini ta’minlash 
maqsadida 04.10.2019-yildagi PQ–4477-son “2019–2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” 
iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘grisida”
3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul 
qilindi.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2023-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha Oʻzbekiston 
Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha cho-
ra-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–436-son qarori qabul qilindi. 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” 
iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni ta’minlash dasturi tasdiqlandi. U quyidagi strategik maqsadlarga erish-
ishga moʻljallangan: 

issiqxona gazlarining ajratmalarini 2010-yildagi darajadan 35% ga qisqartirish;

qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVt ga oshirish va ularning ulush-
ini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30%idan koʻprogʻiga yetkazish; 

sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20%ga oshirish; 

yalpi ichki mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan energiya sarfi hajmini, shu jumladan, qayta tiklanuvchi 
ener giya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga 30%ga kamaytirish; 

iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, 1 mln 
gektargacha-maydonda suv tejovchi sugʻorish texnologiyasini joriy etish

yiliga 200 mln koʻchat ekish va koʻchatlarning umumiy sonini 1 mlrd dan oshirish orqali shaharlardagi 
yashil-maydonlarni 30%dan ortiqroqqa kengaytirish; 

qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65%dan oshirish va boshqalar. Iqtisodiy taraqqiyot 
va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi “yashil” iqtisodiyotni ilgari surish va “yashil” oʻsish tamoyillarini joriy 
etish, iqtisodiyot tarmoqlarida issiqxona gazlari
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish nafaqat alohida milliy iqtisodiyotni, balki butun sayyora barqarorligini belgilay-
digan global tendensiyadir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, davlatlar o‘z yalpi ichki mahsulo-
tining hech bo‘lmaganda 1 foizini “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishga yo‘naltirishi lozim. Bu ko‘rsatkich AQSH, 
Shvetsiya, Italiya va boshqa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda 1 foizdan oshmagan bir paytda, Koreyada 3 
foizni tashkil etmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2019-yilda O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi 
bo‘lib Global yashil o‘sish institutiga a’zo bo‘ldi. Yurtimiz Parij bitimi doirasida 2030-yilga qadar parnik gazlarni 
atmosferaga chiqarishni 10 foizga qisqartirish bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni muntazam bajarib 
kelmoqda
4
.
Barchamizga ma’lumki, iqtisodiy rivojlanishning har bir bosqichida atrof-muhit, tabiat iqtisodiyotning aso-
siy elementi, omili sanaladi. Tabiat va iqtisodiyotning mukammal muvozanatlashgan o‘zaro munosabati yashil 
iqtisodiyot konsepsiyasida namoyon bo‘ladi. Yashil iqtisodiyot oxirgi yigirma yillik mobaynida shakllangan iqti-
sodiy-ijtimoiy yo‘nalish bo‘lib, unga ko‘ra iqtisodiyot tabiiy muhitning mustaqil bo‘lmagan komponenti hisoblanib, 
aynan tabiiy muhit doirasida shakllanadi va rivojlanadi
5
. Yashil iqtisodiyotning bosh vazifasi ishlab chiqarish 
hamda iste’mol qilish jarayonlarini ekologik standartlarga mos tarzda o‘zgartirish (ecologization) dan iboratdir.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, har bir mamlakat o‘z iqtisodiy, tabiiy va inson resurslari potensiali, 
yutuq va kamchiliklaridan kelib chiqgan holda, o‘z yashil iqtisodiyotini yaratadi chunki, hozirda universal yashil 
iqtisodiy tizim modeli mavjud emas.
O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida yashil iqtisodiyotning o‘rnini yuqori baholash mum-
kin. Chunki, mamlakatimizda yashil iqtisodiyotni shakllantirish masalasining muhim ekanligi tabiiy resurs poten-
sialini saqlash, atrof-muhitga zarar keltirmaydigan ishlab chiqarishni tashkil etish va shu bilan bir qatorda yuqori 
o‘sish sur’atlariga erishish lozimligi bilan xarakterlanadi. O‘zbekistonning yuqori tabiiy resurs va inson kapitaliga 
ega ekanligini unda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi.

https://lex.uz/docs/–4539502
4 https://yuz.uz/uz/news/ananaviy-iqtisodiyotdan-yashil-osish-sari

Бобылев С.Н., Захаров В.М. Модернизация экономики и устойчивое развитие. М: Экономика, 2011, стр.14


66
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish nihoyatda zaruriy shart hisoblanadi. Zero, mamlakatimiz aho-
lisi soni katta sur’atlarda ortib, bu ularni yaxshi sharoitlar, ichimlik suvi, elektr energiyasi, transport xizmat-
lari va boshqalar bilan ta’minlash zarurligini va bu sohadagi xarajatlar ortishini taqozo etadi. So‘ngi yillarda 
davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanishning shaffofligi hamda oshkoraligini ta’minlash maqsadida chop etib 
kelinayotgan “Fuqarolar uchun byudjet” yoki openbudget.uz axborot portali ma’lumotlari asosida xulosa qil-
adigan bo‘lsak, davlat byudjeti xarajatlari tarkibida iqtisodiy xarajatlar, jumladan, suv xo‘jaligi ekspluatatsiyasi 
xarajatlari, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini 
yaxshilash uchun xarajatlar, tabiatni muhofaza qilish xarajatlari sezilarli darajada ortib bormoqda. Xususan, 
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi uchun davlat byudjetidan 
2020-yilda 27.5 mlrd so‘m, 2021- yilda 28.7 mlrd so‘m ajratilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2022-yilda 34.8 mlrd 
so‘mni tashkil etgan. 
Mamlakatimizda Fransiya tajribasi o‘rganilgan holda yashil byudjetlashtirishga o‘tish bosqichlari amalga 
oshirilmoqda. 2021-yilda O‘zbekiston yerlarning meliorativ holatini tiklash, yashil transport tizimini qo‘llab-quv-
vatlash maqsadida 870 mln AQSH dollari miqdoridagi suveren obligatsiyalarni chiqardi.Lekin xalqaro tajrib-
alar shuni ko‘rsatmoqdaki, YaIMning 6 foiziga ga teng bo‘lgan moliyaviy resurslar sarflangan taqdirga ijobiy 
natijalarga erishish mumkin. Ham davlat, ham xususiy investitsiyalarni bu sohaga jalb qilish ustuvor maqsad 
hisoblanadi.
O‘zbekistonda yashil byudjetlashtirishni amalga oshirish va yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi 
zarur bo‘lgan chora tadbirlar quyidagilardan iborat:

elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini jadal rivojlantirish uchun zamonaviy “yashil” va energiya 
tejamkor texnologiyalarni kiritish;

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash dasturini ish-
lab chiqish;

sanoat tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish bo‘yicha 
“yashil” iqtisodiyotga o‘tish va energiya tejamkorlik dasturini ishlab chiqish;

“yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish maxsus jamg‘armasini tashkil etish va jamg‘armaga moliyaviy mab-
lag‘larni jalb qilish; 

yashil” iqtisodiyotga o‘tish loyihalarini moliyalashtiruvchi xalqaro moliyaviy institutlar va boshqa “donor” 
tashkilotlarning mablag‘larini jamg‘armaga jalb etish choralarini ko‘rish;

- “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish doirasidagi loyihalarga yo‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘larni sama-
rali foydalanish maxsus mexanizmini yo‘lga qo‘yish.

aholi va davlat energiya iste’molida energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsi-
yalar ishlab chiqish; 

“yashil” uy va binolarni qurish bo‘yicha amaliy taklif va ishlanmalar ishlab chiqish:
Xulosa qilib aytganda, yashil iqtisodiyot mavjud resurslardan tejamkorona foydalangan holda har tomonla-
ma zararsiz ishlab chiqarish jarayonini yo‘lga qo‘yish hamda ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishga yo‘nalti-
rilgan tizimdir. Yashil iqtisodiyot nazariyasining bugungi kunda bu qadar keng quloch ochishining asosiy sababi
bu mavjud ekologik muammolarning global ahamiyat kasb etayotgani hamda yashil iqtisodiyot taklif etayotgan 
tovar va xizmatlarning aholi ehtiyojini qondirish bilan bir qatorda mavjud muammolarni bartaraf etishga qa-
ratilganligida deyish mumkin. O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni keng joriy etish mamlakat tabiiy resurslaridan 
yanada oqilona foydalanish, turli xil ekologik muammolarni bartaraf etish, aholining eko-savodxonligini oshirgan 
holda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga sharoit yaratadi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning bu yunalishni shak-
llantirish va rivojlantirish uchun yurtimizda barcha imkoniyat va sharoitlar mavjuddir.

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin