Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси


Masalalarni tavsiflashdagi xatolar



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə42/108
tarix28.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#104085
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   108
Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси

Masalalarni tavsiflashdagi xatolar.
Odatda dastur yozib bo’lingandan so’ng foydalanuvchi olinayotgan ma`lumotlarni kerakli ma`lumotlardan farq qilishini bilib oladi.
Dasturga qo’yiladigan talabni sifatsizligi keyinchalik tayyor dasturni noto’g’ri ko’rsatilgan va berilgan vazifalarni to’g’ri ishlashiga olib keladi.
Biron bir buyuruvchi uchun loyihalashayotgan dasturni uning talablariga mos kelmasligini belgilaridan biri, quyiladigan vazifani tushunmayotganligidandir.
Shuning uchun biron bir dasturni loyihalashdan oldin buyuruvchidan qo’yiladigan talabni yozma ravishda olishimiz kerak. Bu esa buyuruvchini fikrini bir joyga to’plashga va talabni aniq, ravshan va tushunarli qilib yozib berishiga olib keladi.
Algoritmni tanlashdagi xatolar.
Vazifa oxiri aniq bo’lgandan so’ng, dasturchi unga mos keluvchi algoritm yoki echish dasturlarini qidiradi. Sifatsiz, noto’g’ri tanlangan algoritm sifatida biz vazifani to’g’ri echadigan lekin hisoblashga uzoq vaqt sarflaydigan misolni ko’rsatishimiz mumkin.
Algoritmi noto’g’riligini uni sinab ko’rilgandan so’ng aniqlash mumkin. Shuning uchun dasturni boshqatdan tekshirib chiqish oldini olish uchun algoritmga alohida ahamiyat berish kerak.
Tahlil qilishdagi xatolar.
Bunday xatolar sodir bo’ladigan xatolarni to’liq hisobga olmaganligi va vazifani noto’g’ri echilishida hosil bo’ladi. Birinchi holatga misol tariqasida katta va kichik kattaliklarni, o’zgaruvchilarni manfiy qiymatda hosil bo’lishiga etiborsiz qaralishi natijasida hosil bo’lishidir.
Ikkinchi holatda odatda yirik va kichik mantiqiy xatolar hisoblanadi. Ulardan:
- O’zgaruvchilarni boshlangich qiymatini vazifasini yo’qligi.
- Tcikl yakunining noto’g’ri sharti.
- Tciklni noto’g’ri indektcatciyalash.
- Initcirlashgan tciklni shartlarini vazifasini yo’qligi.
- Vazifani echish jarayonini davom ettirish uchun berilgan algoritmni shoxlarini noto’g’ri ko’rsatilishi.
Sozlashni tashkillashtirishni eng oson yo’li sozlashdan kam foydalanishga harakat qilish ya`ni xatolarga yo’l qo’ymaslikka erishish.
Umumiy ko’rinishdagi xatolar. Qancha urinmang baribir tanlangan tilga bog’liq bo’lmagan holda dasturlashda xatolarga yo’l qo’yiladi. Bularga quyidagilar kiradi:
-Dasturchi tomonidan mashinani yoki dasturlash tilini bilmasligi sababli bo’ladigan xatolar.
-Algoritmni loyihalashda, bunda dasturda foydalanilgan operatorlar algoritm tomonidan qo’yilgan ketma-ketliklarni noto’g’ri bajarishda kelib chiqadigan xatolar.
-Sintaktik xatolar.
-Sntaktik to’g’ri operatorlarni bajarishda kelib chiqadigan xatolar. Ya`ni nolga bo’lishda yoki manfiy sondan kvadrat ildiz olishda va noto’g’ri ma`lumot berishda. Barcha ko’rsatilgan xatolar sintaktik xatodan tashqari testdan o’tkazish orqali aniqlanadi. Buning natijasida dastur ustida olib boriladigan ish sozlash bosqichiga o’tadi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin