Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə45/108
tarix28.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#104085
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108
Дастурий таъминотни ишлаб чикиш технологияси

Sozlash turlari.
Sintaktik xatolar xaqida xabarlar to’xtashi bilanoq sozlash boshlanadi. Sozlash jarayoni boshida oddiy test ma`lumotlaridan foydalanish kerak. Agar bunda to’g’ri natijalar hosil bo’lsa unda juda ko’p murakkab ma`lumotlar bilan ishlab ko’rish kerak. Agar natijalar noto’g’ri bo’lsa unda quyidagi hollar bo’lishi mumkin:
1. Sintaktik xato yo’q, lekin dastur kompilyatciya bo’lmagan.
2. Dastur ishlayapti, kompilyatciya bo’lgan, lekin natija chiqarmayapti.
3. Dastur kompilyatciya bo’lgan ishlayapti, lekin kutilmagan uzilishlar bo’lyapti.
4. Dastur kompilyatciya bo’lgan , ishlayapti, lekin noto’g’ri natija chiqaryapti.
5. Dastur tcikl ichida ishlab to’xtab qolmoqda.
Quyidagi har bir holatni ko’rib chiqamiz:
1 - holat. Bu holatlarni tuzatishda tizimni yaxshi biladigan xodimlardan masalahat so’rashi kerak.
2 - holat. Bu holatlar qandaydir mantiqiy va tizimli holatlar orqali bo’lgan bo’lishi mumkin. Masalan, algoritm boshlanishi bilan qiymatiga qarab ketishi mumkin.
Tuzatish yo’llaridan natija hosil qilish segmentini qayta dasturlash usulidir.
3 - holat. Dastur ko’zda tutilgandan oldinroq to’xtab qolishi ogir holatlardan biridir. Bu holatlarni topish uchun xatolarni topish usullaridan foydalanish ma`qul.
4 - holat. Bu holat dastur to’g’ri tuzilganligini, lekin unda xatolik borligini ko’rsatadi.
5- Bu holatda qaysi tcikldan to’xtash bo’lganligini topish kerak. Buning uchun gumon qilingan tcikldan oldin va keyin chiqarish operatorlarini quyib tekshirish kerak. Yuqoridagilarni hisobga olib quyidagi umumiy takliflarni berish mumkin:
- Dastur qancha ko’p yozilsa shuncha ko’p xato bo’lishi mumkin.
- tuzatish jarayonini dasturni yozish bosqichida o’ylash kerak.
- Tuzatish jarayonida ishlatilaetgan o’zgaruvchi konstantalarning ro’yxati bo’lishi kerak.
- Topilgan xatolarni albatta ketma - ket tuzatish kerak.
- har doim chiqarilgan natijalarni yaxshilab ko’rib tahlil qilish zarur.
- Dastur variantlarni sanasi bilan alohida saqlanishni tahlil qilish kerak.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin