Semantiq xatolarni aniqlash yaxshi yo’lga quyilmagan. Testlash rejasiga odatda quyidagi tiplar kiradi:
1. Dasturni algoritm sxemasi bilan solishtirish
2. Displey ekranida dasturni vizual nazorat qilish yoki dasturiy blankadagi originalni dastur raspechatkasini o’rganish, solishtirishni vizual urganish.
3. Dasturni mashina tiliga olib ko’rsatish. Bu bosqichda sintaktik xatolar aniqlanadi. Dastur listingidagi sintaktik xatolarni fortran, paskalp tilidagi ko’ramalar deagnostik xabar beradi.
Xatolar xaqidagi xabarlar har xil EVM larda va tizim versiyalarida (fortran, paskalp, beysik) shakliga qarab har xil bo’lishi mumkin.
Interpretatciyalovchi beysik - navbatdagi operatorni bajarishdaxalakit kilaetgan ham sintaktik, ham semantiq xatolarni birdaniga diagnostika qiladi.
4. Dasturni kompanovkalash va tashqi aloqalarni taxrirlash.
Tashqi aloqalarni taxrirlash jarayonida tashki aloqalar taxririy dasturi yoki vazifalarini tartiblovchi shunday sintaktik xatolarni aniqlaydiki, bu xatolarda kichik dasturlarda yozilgan prametrlar qiymati bir biriga mos kelmaydi, aslida yo’q bo’lgan standart dasturlarni chiqaradi. Masalan SIN o’rniga SIH va shunga o’xshash xatolar.
5. Dasturni bajarilishi.
Translyator va tashqi aloqalar taxriri tomonidan barcha xatolar bartaraf etilgandan so’ng keyingi - EHM da dasturni mashina tilida bajarish bosqichiga utiladi: dastur operativ xotiraga yuklatiladi va boshlangich ma`lumotlar kiritilgandan so’ng boshlanadi. Xato borligi haqida belgi paydo bo’lishi sozlash o’tkazishna sabab bo’ladi: belgi yo’qligi dasturda xato yo’qligini bildiradi.
Testlash rejasi boshlangich ma`lumotlarning ruxsat etilgan kiymatlarini xulosasini to’g’riligini ham tekshirishni uz ichiga jamlaydi.
Testlash uslublari (Usullari).
Odatda dasturni testdan o’tkazishda bosqichlarga bo’lib urganiladi. Bunda har bir modulni tekshirishdan tortib, to butun tizimni yakuniy tekshirishlar kabi bosqichlarni oladi. Agar bunda biron bir ishonchli ketma - ketlikka endashilmasa, ishonchli ta`minlovchi dastur olish juda qiyindir. Testlash strategiyasi ikkita usuldan birortasiga asosan bajariladi: odatiy quyidan - yuqoriga qarab testlash, yoki zamonaviy yuqoridan - pastga qarab testlash.