Nazorat savollari: Qanday sozlash turlarni bilasiz?
Sozlash vositalarini vazifasi?
Interaktiv holatda sozlash - bu nima?
Adabiyotlar Ван Тассел Д. Стиль, разработка, эффективност, отладка и испытаниэ программ. М. , Мир, 1991.
2. Лингер Р. , Теория и практика структурного программирования М. , Мир, 1985.
3. В. В. Липаэв. “Проэктирование программных средств”, М. :”ВШ”, 1991.
4. Фокс Дж. “Программноэ обеспечениэ и эго разработка”. Пер. с англ. М. : Мир, 1985.
5. С. С. Гуломов. “Иқтисодий информатика”. Тошкент 1999 й.
12-ma`ruza. Statik tekshirish
R E J A : 1. Testni loyihalash. 2. Testlash usullari. 3. Oq va qora qutilarni uslubiyoti.
Tayanch so’zlar: Testni loyihalash. Testlash usullari. “Qora va Ok” quti usullari uslubologiyasi. Dasturni sozlash va testdan o’tkazish. Dastur loyihalashda murakkab jarayonlar sifatida sozlash bosqichi va testdan o’tkazish jarayoni hisoblanadi. Dasturni testdan o’tkazishning maqsadi, ya`ni dasturni sinashdan maqsad, undagi mavjud va engil xosil bo’lgan xatolarni aniqlashdir. Sozlashdan maqsad xatolarni hosil bo’lish sababini aniqlash va ularni bartaraf etish.
Dasturni sozlash uchun ishni testlash rejasini tuzishdan boshlanadi. Rejani tuzishda xatoni kelib chiqishi va uni xarakteriga yondashiladi. Asosiy sabablaridan biri matematik modellarni chuqur ishlab chiqilmaganligi va vazifani bajarish algoritmi to’liq qurilmaganligidir;
Dasturiy blankadagi boshlangich ma`lumotlar xaqidagi 1-tasavvur kiritish moslamasidagi klaviatura yordamida boshlangich ma`lumotni va dasturni tekshirishda loqaydlilik.
Xatolarni kelib chiqish sabablari turli xilligini hisobga olgan holda ularni 2 ta turga ajratiladi:
1. Sintaktik
2. Semantik
Sintaktik xatolar - dastur tilini tarkibini yozishdagi xatolar (sonlar, o’zgaruvchilar, funktciyalar, operatorlar, belgi va kichik dasturlar ).
Semantik xatolar - kattaliklarni ruxsat etilmagan kiymatlaridan foydalanishda va harakatni noto’g’ri tarkibi bilan bog’liq bo’lgan xatolar.
Asosiy dasturlash tizimlarida sintaktik xatolarni aniqlash avtomatlashtirilgan (fortran, paskalp, beysik, pl/1 va x. k).