«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


-modul: Tuproqning texnologik xossalarini aniqlash 2 soat



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə116/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

7-modul: Tuproqning texnologik xossalarini aniqlash 2 soat


1. Mashg’ulot maqsadi. Tuproqning texnologik xossalari haqida tushuncha, tuproqning plastlikligi, tuproq tarkibidagi suvni miqdoriga qarab oqishning yuqori va qo’yi chegaralarini, yopishqoqlik, yumaloqlanish hamda plastiklik chegaralarini laboratoriya sharoitida aniqlash.
2. Mashg’ulot mazmuni. Tuproqning shaklini o’zgarishiga ta’sir etadigan tashqi kuchlarga qarshi tura olish xususiyati uning qovushqoqligi deyiladi. Yerni ishlash jarayonida qovushqoqlik muhim ahamiyatga ega. Tuproqning qovushqoqligi qancha yuqori bo’lsa, unga ishlov berish shuncha qiyinlashadi.
Tuproqning qovushqoqligi ko’pgina omillarga bog’liq. Strukturali tuproqlar strukturasiz tuproqlardan kam qovushqoqligi bilan farq qiladi. Bu jihatdan tuproqning mexanik tarkibi muhim ahamiyatga ega. Yengil (qumli va qumoq) tuproqlar og’ir soz va qumoq tuproqlarga qaraganda kam qovushqoq bo’ladi.
Tuproqning qovushqoqligi uning namlik darajasiga ham bog’liq bo’ladi. Og’ir tuproq qancha quruq bo’lsa, qovushqoqligi shuncha yuqori bo’ladi.
Yengil tuproqlarning qovushqoqligi namlik ortiqcha yoki kam bo’lganda kamayadi. Bundan tashqari, qovushqoqlik singdirilgan asoslarga ham bog’liq.

1- rasm. Tuproq qovushqoqligini


aniqlash uchun Atterberg asbobi.

Tuproqda ikki valentli kationlar (Ca, Mg, Fe) bir valentli kationlar (Na, K) qaraganda ko’p bo’lsa qovushqoqlik kam bo’ladi. Bunda ikki valentli kationlar tuproq mayda zarrachalarining kaogullanishiga, bir valentli kationlar esa aksincha, uning maydalanishiga (disperslanishiga) imkon beradi, deb tushuntirish mumkin.


Tuproq qovushqoqligini aniqlashning turli usullari bor. Misol tariqasida Atterberg usulini keltiramiz. Qovushqoqlik laboratoriya sharoitida aniqlanadi.
3. Ishni bajarish tartibi:
Tuproqning qovushqoqligi:
Bu tajribani o’tkazish uchun tuproq 3 mm li teshikli elakda elanadi, so’ngra suvga aralashtiriladi va olingan massadan bir xil massada tomonlari 2x2x2 sm bo’lgan kubiklar yasaladi. Ko’rsatilgan o’lchamdagi kubiklarning tuzilishiga halal bermay, ular tuproqdan kesib tayyorlanishi ham mumkin.
Tuproqdan olingan kubik 1000- haroratda quritish uchun termostatga qo’yiladi va doimiy o’zgarmas massagacha quritiladi;
Quritilgan tuproq maydonchalar oralig’ida taxtacha tagiga ko’chiriladi.
Kubiklar ezilib ketmaguncha, Atterberg asbobining yuqori taxtachasiga har xil massadagi toshlar qo’yiladi.
Tuproqning qovushqoqligi qo’yilgan yukning massasi bilan aniqlanadi.
Atterberg usuliga ko’ra, tuproqlar qovushqoqligiga qarab qo’yidagi gruhlarga bo’linadi:
1. Ezilishi uchun 31-60 kg yuk talab qiladigan soz tuproq;
2. Ezilishi uchun 16-30 kg yuk talab qiladigan qumoq tuproq;
3. Ezilishi uchun 8-15 kg yuk talab qiladigan yengil qumoq tuproq;
4. Ezilishi uchun 7 kg gacha yuk talab qiladigan qum tuproq.

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin