Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа
Tuproqning plastikligi: Atterberg kuzatishlariga ko’ra, har xil miqdorda suv saqlagan tuproqlar turlicha xususiyatga ega, ba’zan ular oquvchan, yarim oquvchan, yopishqoq, yaxshi shakllanadigan va cho’ziladigan bo’ladi. Bu farqlarni raqamlarda ko’rsatish uchun tuproq xossalari o’zgaradigan chegarani topish kerak. Tuproq xossalarini o’rganish uchun Atterberg qo’yidagi chegaralarni belgilagan:
1) oqishning yuqori chegarasi - bunda tuproq tarkibida suv juda ko’p bo’lganidan u suv kabi oqadi;
2) oqishning qo’yi chegarasi - bunda tuproqdan qilingan ikki bo’lak kosachaga solinib, kuchli bosilganda tezda bir-biriga qo’shilib ketmaydi;
3) yopishqoqlik chegarasi – bunda tuproq metalldan yasalgan narsalarga yopishmaydi;
4) buralish chegarasi – bunda tuproqdan tayyorlangan loy ip holigacha buralmaydi;
5) plastiklik chegarasi – bunda tuproqdan tayyorlangan loy oqish chegarasidan yoki undan pastroqda ip holiga keladi.
Chegara holati 100 massa qism tuproqda qancha massa qism suv bo’lishiga qarab aniqlanadi. Plastiklikning kattaligi va uning chegarasi yerni ishlash sifatiga ta’sir ko’rsatadigan fizik-mexanikaviy va kimyoviy xossalarining ko’rsatkichi hisoblanadi.
Soz tuproqlar qumoq tuproqlarga, qumoq tuproqlar qumli tuproqlarga qaraganda yuqori plastiklikka ega bo’ladi.
Tuproq xossalarining o’zgarish chegarasi (E.I.Zaurov modifikasiyasi bilan) har bir chegara belgilanganidan so’ng Atterberg tavsiya etganidek, nam tuproqni quritish bilan emas, balki oquvchanlikning yuqori chegarasini aniqlash uchun tuproq namunasi olish (40 g) va unga sarflangan suv sarfi o’lchash bilan aniqlanadi. Keyingi aniqlashlar uchun oquvchanlikning yuqori chegarasi aniqlangandan keyin suv hajmi doimiy bo’lib qoladi, faqat navbatdagi chegarani aniqlash uchun avvalgi 40 g namunaga qo’shilgan tuproqning massasi o’zgaradi.
Oqishning yuqori chegarasini aniqlash: Mutloq quruq tuproq 1 mm li teshikli elakdan o’tkaziladi.
40 g tuproq (A) tarozida tortiladi.
Tuproqdagi yumaloq 1-chinni kosachaga solinadi.
O’lchov silindriga 100 sm3 suv qo’yiladi.
Uzluksiz aralashtirib turgan holda tuproq oqadigan suyuq holga kelguncha asta-syekin suv qo’yib turiladi.
Kosachadan shisha tayoqcha yordamida egatcha olinadi. Agar bu egatcha 30 sek davomida qo’shilib ketsa, bu oqishning yuqori chegarasi bo’ladi.
Oqishning yuqori chegarasini hosil qilish uchun sarflangan suv hajmi (V) o’lchanadi.
Tuproqning 100 massa qismiga to’g’ri keladigan oqishning yuqori chegarasi (sm3 yoki % larda) hisoblanadi: