Dinshunoslikka


O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   106
Dinshunoslikka kirish

O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar
1. Musulmon Sharqida falsafaga qanday munosabat bildiril­
gan?
2. «Hayot falsafasi» qanday falsafiy yo‘nalish hisoblanadi?
3. Falsafiy teologiya mazmuni nimadan iborat?


157
4. «Teizm» va «deizm» tushunchalarini izohlang.
5. «Panteizm» va «panenteizm» tushunchalarini izohlab bering.
Adabiyotlar
1. Hillary Rodrigues, John S. Harding. Introduction to the 
study of religion. – USA, Routledge, 2009.
2. Dinshunoslik asoslari (o‘quv qo‘llanma) / Mualliflar ja­
moasi. – T.: «Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa bir­
lashmasi», 2013. 
3. Agzamxodjayev S., Rahimjonov D., Muhamedov N., Naj­
middinov J. Dunyo dinlari tarixi (O‘quv qo‘llanma). – T.: «Tosh­
kent islom universiteti nashriyot­matbaa birlashmasi», 2011. 
4. Mo‘minov A., Yo‘ldoshxo‘jayev H., Rahimjonov D. va bosh­
qalar. Dinshunoslik: Darslik / mas’ul muharrir N.Ibrohimov. – 
T.: Mehnat, 2004.
5. Valiyev B., Rasulov A. Din psixologiyasini o‘qitishning in­
novatsion metodlari. – T.: «Yangi asr avlodi», 2013.
6. Achildiyev A., Valiyev B., Kushaev U., Karimov J. Din 
falsafasi (O‘quv qo‘llanma). – T.: «Toshkent islom universiteti 
nashriyot­matbaa birlashmasi», 2014. 


158
11-MAVZU. FAN VA DIN
REJA:
1. Fan va dinning o‘zaro aloqadorligi­
ga doir qarashlar. 
2. Diniy qarashlarda ma’rifatparvarlik 
g‘oyalari.
3. Fan va din uyg‘unligini ta’minlash­
ning ma’naviy­ma’rifiy jihatlari. 
Tayanch tushunchalar: 
hurfikrlilik, se­
kulyar tendensiyalar, Frensis Bekon, Is­
lom va ilm, ma’rifatparvarlik g‘oyalari, 
kreatsionizm nazariyasi.
Mavzu o‘quv maqsadi: Talabalarda fan 
va dinning o‘zaro aloqadorligiga doir qarashlar, diniy mazmun­
dagi ma’rifatparvarlik g‘oyalari bo‘yicha bilim va tasavvurni 
shakl lantirish.
1. Fan va dinning o‘zaro aloqadorligiga doir qarashlar. 
Ma’lumki, fan – dunyo haqidagi obyektiv bilimlar tizimi bo‘lib, 
uni ma’lum maqsadlar yo‘lida o‘zgartirishga xizmat qiladigan ta­
biat va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli hisobla­
nadi. Tarixdan to bugungi kunga qadar fan va din munosabatlari, 
ularning o‘zaro aloqadorligi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan 
bahs munozaralar davom etib kelmoqda.
Ayrim olimlar tomonidan din va fanning bir­biriga zid eka­
ni, din bor joyda fan, fan bor joyda esa din bo‘lmasligi haqida­
gi fikrni ilgari suradilar. Manbalarda qayd etilishicha, bunday 
qarashlarning paydo bo‘lishi O‘rta asrlar katolik cherkovining 
faoliyati bilan bog‘liqdir. O‘sha davrlarda keng quloch yozgan, 
o‘z cho‘qqisiga chiqqan inkvizisiya minglab kishilarning be­
gunoh qurbon bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Ilmiy izlanishlar cher­
kov tomonidan qat’iy ravishda ta’qib ostiga olinib, olimlar­
ga «Xudoga osiylik qiluvchilar» tamg‘asi bosilgani, hammaga 
ma’lum.


159
Islohotchilik harakatlarining boshlanishi, hurfikrlilik namoy­
ondalarining paydo bo‘lishi va Yevropa jamiyatidagi sekulyar ten­
densiyalar natijasida fan dinning ta’siri ostidan chiqdi.
Shunday bo‘lsa­da, fan sohasi vakillariga nisbatan amal­
ga oshirilgan adolatsizliklar olimlarning ijodiy faoliyatida o‘z 
izini qoldirdi. Zero, o‘sha davr ilmiy muhitida fan va din o‘zaro 
bog‘lana olmasligi, bu ikki tushunchani uyg‘unlashtirish mumkin 
emasligi to‘g‘risidagi ayrim xulosalar ham ilgari surildi.
Fan va din munosabatlari hamisha munozara ostida bo‘lib kelgan
Ayni paytda, tabiiy­ilmiy qarashlar rivojiga ulkan hissa qo‘shgan 
yana bir guruh olimlar din va fan o‘zaro uyg‘un fenomenlar si­
fatida talqin etganlarini ham ta’kidlash joiz. Ularning fikricha, 
din fanni, fan esa dinni inkor etmaydi, aksincha, diniy e’tiqod 
sohib lari ilm­fanni o‘rganishga targ‘ib qiladi, fanni chuqur o‘rga­
nish esa Xudoning borligini tasdiqlaydi» deydilar. Jumladan
Pastor «Diniy e’tiqod taraqqiyotga hech qanday to‘sqinlik qil­
maydi. Chunki, har qanday taraqqiyot Xudoning yaratgan nar­
salaridagi ajoyibotlar sirini ochib beradi. Agar men bugun ke­
chagidan ko‘ra ilmliroq bo‘lsam, Xudoga bo‘lgan ishonchim ham 
kechagidan mustahkamroq bo‘ladi» deydi. Sarbonna universiteti 
professori Edmon Gerbert ham bu borada: «Ilm dinsizlikka yoki 


160
ikkila nishga olib borishi mumkin emas», deb yozgan. Lord Kalli­
fan esa: «Agar chuqurroq o‘ylab ko‘rsak, ilm, albatta seni Xudo­
ning borligiga ishonishga majbur qiladi» degan fikrni ilgari sura­
di. Eynshteyn ham din haqida fikr bildirar ekan: «Xudoga bo‘lgan 
e’tiqod ilmiy izlanishlarning eng ulkan samarasidir» deb yozgan 
edi.
Ayrimlar tomonidan asossiz ravishda, falsafa fani Xudoning 
borligiga skeptik qarashga olib kelishi ta’kidlanadi. Mashhur ing­
liz faylasufi Frensis Bekon esa, bu fikrga qarshi shunday yozgan 
edi: «Inson falsafadan ozgina xabardor bo‘lsa, dinsizlikka yaqin­
lashadi. Ammo falsafani chuqur o‘rgangan kishi, albatta, dinga 
qaytib keladi».
Ba’zi adabiyotlarda din va fanning bir­biriga qarama­qarshi 
ekanligini asoslash uchun «ilm dalil va hujjatlarga, aniqlikka va 
aqlga tayanadi, din esa, ko‘r­ko‘rona ishonch va taqlidga tayana­
di» degan fikrni uchratish mumkin. Aslida esa, bu haqiqatga mos 
emas.
Zero, din, jumladan, islom dini ham aniq dalil va faktlar, rat­
sional asoslarga tayanadi. Buni dinimizning muqaddas manbalari 
– Qur’on va hadisni tizimli o‘rganish orqali bilib olishimiz mum­
kin. Jumladan, Qur’onning Isro surasida: «O‘zing bilmagan nar­
saga ergashma! Albatta, quloq, ko‘z va dil – ana o‘shalar, mas’ul­
dirlar» degan oyat mavjud. Shuningdek, Naml surasida hujjat va 
dalillarning o‘ta muhimligi borasida: «Yoki avval boshdan yarata­
digan, so‘ngra yana qaytadan yaratadigan va sizlarni osmonlaru 
yerdan rizqlantiradigan zot yaxshimi? Alloh bilan birga boshqa 
iloh bormi!? «Agar rostgo‘y bo‘lsangiz, hujjatlaringizni keltiring», 
degin» shaklidagi oyatni o‘qish mumkin.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin