Dinshunoslikka


Dinlarning muqaddas manbalariga umumiy tavsif



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106
Dinshunoslikka kirish

2. Dinlarning muqaddas manbalariga umumiy tavsif.
Yahudiylik va xristianlik. Yahudiylik diniy manbalarining asosiy 
qismi TaNaX tarkibiga kiradi. TaNaX yahudiylik muqaddas yozuv­
1
Hillary Rodrigues, John S. Harding . Introduction to the study of religion. – 
USA, Routledge, 2009. – P. 101.


227
larini ibroniycha (qadimiy yahudiy 
tili) nomlanishi sifatida qabul 
qilingan. Bu xristianlik muqad­
das manbalari tarkibiga kirgan Qa­
dimiy ahd» qismiga to‘g‘ri keladi. 
TaNaX so‘zi yahudiylik muqad­
das yozuvlarining uch asosiy qis­
mi – Tavrot (Musoning besh ki­
tobi), Neviim (payg‘ambarlar) va 
Ketuviim (yozuvlar) so‘zlarining bosh harflaridan kelib chiqqan. 
«TaNaX» atamasi dastlab yahudiylik ilohiyotining o‘rta asarlarga oid 
asarlarida qo‘llanilgan. TaNaX olam va odamning yaratilishi, ilohiy 
ahd va amrlar hamda yahudiy xalqi vujudga kelishidan Ikkinchi ibo­
datxona (Vtorogo Xrama) davri boshigacha bo‘lgan ta rixni tasvirlay­
di. Yahudiylikka ko‘ra, yahudiy xalqi insonlarning sarasi bo‘lganlari 
sababidan bu kitoblar muqaddas hisoblanadi hamda TaNaX yahudiy­
lik dini mohiyatini yoritishi bilan bir qatorda xristianlik va islom 
dinining shakllanishida asos bo‘lib xizmat qilgan. TaNaX 24 kitob­
ni o‘z ichiga oladi. Kitoblar tarkibi «Qadimgi Ahd»ning protestantlik 
oqimiga oid variantiga mos kelib, faqat kitoblarning joylashuvida farq 
kuzatiladi. Lekin u boshqalardan ko‘ra yaxshiroq tartibda ekanli gini 
Bobil Talmudiga kelgan ma’lumotlar tasdiqlaydi. «Qadimgi Ahd»­
ning katolik va pravoslaviya oqimlariga oid variantida esa Septua­
ginta
1
kitobini ham qo‘shimcha ravishda TaNaX tarkibiga kirganini 
ko‘rish mumkin. 
1
Septuaginta – «Qadimgi Ahd»ning tarkibiga kirgan kitoblardan biri. Bu kitob 
eramizning boshida yahudiylik diniga e’tiqod qiluvchi Aleksandr tomonidan 
kiritilgan bo‘lib, shu sababli ham ba’zi manbalarda Septuaginta Aleksandr kanoni 
(qonuni)ni nomi bilan ataladi. Septuaginta matnlarning joylashuvi va bo‘limlarning 
tarkibiga ko‘ra TaNaX dan yetarlicha farq qiladi. Bu farqni TaNaXdan farqli 
ravishda Septuagintada birinchi Ketuvim, so‘ngra Neviim (payg‘ambarlar kitobi) 
kelishida ko‘rish mumkin. Shunga o‘xshash bir necha o‘zgarishlar sababidan 
bugungi kunda bu kitob yahudiylar tomonidan qabul qilinmaydi, faqatgina 
xristianlikka oid solnoma asarlarda uning nomi saqlanib qolgan.
Tavrot


228
TaNaX tarkibiy qismi. Yahudiylik muqaddas manbalari yozilish 
janri va vaqtiga qarab uch qismga bo‘linadi:
1. Tavrot yoki Qonun (Musoning besh kitobi). 
Neviim (payg‘ambarlar). U o‘z ichiga payg‘ambarlar hayotidan 
tashqari bugungi kunda tarixiy solnoma deb yuritiladigan bir necha 
kitoblarni qamrab oladi. O‘z navbatida «Neviim» kitobi ham ikki 
qismga ajraladi:
Avvalgi payg‘ambarlar kitoblari: Iisus Navin, «Hukmlar», Sa­
muilning ikki kitobi va ikkita «Podshohlik» kitobi;
 Keyingi payg‘ambarlar kitoblari: Ular uchta katta payg‘ambar – 
Isaiya, Ieramiya, Iezekiil va 12 ta kichik payg‘ambarlar kitoblari­
dan iborat. 
«Ketuvim» qismi «Zabur», «Qissalar», Iov kitobi, Solomonning 
«Qo‘shiqlar qo‘shiqlari», Ruf kitobi, «Ieramiya yig‘isi» va solnoma­
lar kitobini o‘z ichiga oladi. 
Talmud.
Yahudiylik diniy manbalaridan yana biri Talmud­
dir. Talmud (qad.yahud. «lameyd» – «o‘rganish») – o‘z tarkibi­
da Mishna va Gemara (ya’ni, Galaxa – yahudiy dini qonunlari)
ni jamlagan, yahudiylik diniy­axloqiy me’yorlari va qonunlaridan 
iborat ko‘p jildlik to‘plamdir. Ortodoksal yahudiylikning marka­
ziy nuqtasida Muso payg‘ambar Tur tog‘ida bo‘lgan paytda Tav­
rotning qabul qilib olganligiga ishonish yotadi. Yozma TaNaXdan 
farqli o‘laroq, yuqoridagi vaziyatning tafsiloti avloddan avlodga 
og‘zaki ravishda o‘tib kelishi natijasida Talmud shakllandi.
«Galaxa» deb nomlangan diniy qonunlarga oid matnlarni 
hisobga olmaganda, Talmud ko‘p sonli mifologik va ertakona su­
jetlar, xalq afsonalari, tarixiy, tibbiy hamda sehrgarlik matnlarini 
qamrab olgan. Bularning barchasi «Agada» deb yuritiladi. Talmud 
tarkibiga kirgan asarlarning asosida TaNaXga, ayniqsa, uning bi­
rinchi qismi hisoblanmish Tavrotga yozilgan sharhlar yotadi. 
Talmud tarkibiy tuzilishi to‘g‘risida gapirganda, undagi matn­
lar turli tillarda ekanligi e’tiborni tortadi. Talmudning aksari­
yat qismi oromiy tilining turli shevalarida yozilgan bo‘lib, ular 


229
qadimgi yahudiy so‘zlari, iboralar va tushunchalar hamda Tav­
rotda uchraydigan lavhalardan olingan iqtiboslardan iborat. Shu­
ningdek, Talmudda taxminan 2.500 ta qadimgi yunon va yaqin 
sharq tillari, ba’zida esa fors va lotin tillariga oid shevalardagi 
so‘zlar uchraydi. 
Qadimdan Talmud mantlari sintantik elementlar bilan belgi­
lanmagan bo‘lib, abzatslarni bir­biridan ajratilmaganligi o‘qishda 
murakkablik tug‘dirgan, bu esa bir munozarani boshlanish ham­
da tugash nuqtalarini aniqlashda qiyinchiliklarga olib kelgan.
Talmud matnlarining mazmun­mohiyati haqida gapiradigan 
bo‘lsak, unda yahudiylarning esxatologik (oxirat, qiyomat, mar­
humlarning tirilishi, u dunyodagi ajr va jazo to‘g‘risidagi) tasav­
vurlari o‘z aksini topgan. Talmudda yahudiylikning marosimlari, 
urf­odatlari aniq bayon etilgan bo‘lib, ular 248 ta buyruq va 365 
ta taqiqni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, unda qadimiy yahudiylar 
orasida din, firqa, guruhlar (saduqiylar, farziylar, yesseylar)ning 
kelib chiqishi haqida tarixiy ma’lumotlar keltirilgan. Unda ba­
yon etilgan diniy qonun­qoidalar, aqidalar, ko‘rsatmalar yahudiy 
dinining asosini tashkil etadi.
Xristian Bibliyasi Eski va Yangi Ahddan tashkil topgan. Es­
ki Ahd tom ma’noda yahudiylik tarixiga oid ma’lumotlarni qam­
rab olgan bo‘lishiga qaramay, Bibliya tarkibiga kiritilishi uni Iso 
Masih kelishi to‘g‘risida xabar 
beruvchi manba deb hisoblanishi 
bilan bog‘liq. Ammo Eski Ahd 
tarkibidagi kitoblarni joylashuvi 
bo‘yicha xristianlik yo‘nalishlari 
o‘rtasida muayyan farqlar kuza­
tiladi. Masalan, katolik va pra­
voslav yo‘nalishda Eski Ahdning 
aksariyat ilova kitoblari (deute­
ro­canonical books) Bibliya tarki­
biga kiritilgan. Sulaymon donish­
mandligi, Tovit va Djudit qissasi
Septuaginta


230
Makkebian tarixi kabi kitoblar 
shular jumlasidan. Bu kitoblar 
xristianlik dini vujudga kelishi­
dan oldingi ikki asr mobaynida 
yahudiy aholi orasida iste’molda 
bo‘lgan hamda diniy kitoblar ning 
(scri’tures) yunoncha tarjimasi – 
Septuaginta tarkibiga kiritilgan. 
Yangi Ahd ham ilk bor yunon ti­
lida yozilgan, dastlabki xristian 
jamoalarining ko‘pchiligini yunon tilida gaplashuvchilar tashkil 
qilgan, shu bois, ular Eski Ahd sifatida Septuagintadan foydala­
nishgan. Biroq, milodiy 1­asrda (90­y.) yahudiy ruhoniylari to­
monidan mazkur kitoblar ibroniy diniy manbalar (The canon of 
Hebrew scri’tures) sirasiga kirmasligi belgilab qo‘yildi. Shuning 
uchun protestantlik yo‘nalishi ilk namoyondalari Bibliya tarki­
bini belgilashda ibroniy ravvinik matnlar standartini asos qilib 
olib, Bibliyaning mahalliy tillarga tarjimasi (Lyuter tarjimasi yoki 
inglizcha qirol Iakov Bibliyasi)da yuqoridagi kitoblarni kirit­
madilar. Protestantlik Bibliyasiga kirmagan ushbu qism Apokrifa 
(The A’ocry’ha) deb nomlandi. Keyinchalik Rim katolik cherko­
vi tomonidan Trent sobor
1
ida mazkur kitoblarni muqaddas diniy 
manba sifatidagi maqomi qayta tiklandi. Shuningdek, ular pra­
voslavlik yo‘nalishi muqaddas kitoblari qatorida saqlanib qoldi. 
Qolaversa, hozirda bu kitoblar Bibliyaning zamonaviy tarjimalari 
ichiga kiritilgan. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin