Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Yangi Ahd to‘rtta xushxabar (The Gospel)ni o‘z ichiga oladi: 
Matto, Mark, Luka va Yuhanno.
1
Rim katolik cherkovi tomonidan 1545–1563­yillar orasida Italiyaning Trento 
shahrida protestantlik harakatini qoralashga bag‘ishlanib o‘tkazilgan sobor bo‘lib, 
unda an’anaviy katolik e’tiqodlari qayta belgilangan hamda «aksil­islohotchilik 
kompaniyasi» maqsad­vazifalari ishlab chiqilgan. 
1407­yilda ko‘chirilgan
Xristian Bibliyasi 


231
Yangi Ahd to‘rtta xushxabar (The Gos’el)ni o‘z ichiga oladi: 
Matto, Mark, Luka va Yuhanno. Bulardan dastlabki uchtasida Iso 
Masih hayoti va faoliyati, o‘limi va vafotining uchinchi kuni qay­
ta tirilishi haqidagi o‘xshash xabarlar jamlanganligi uchun «sinop­
tik xushxabar» (bir tekis yig‘ma, to‘plangan) deb ataladi. Yuhanno 
Injilida esa asosiy nuqta payg‘ambarning xaloskor sifatida namo­
yon bo‘lishi hisoblanib, ruhni bu dunyo iztiroblaridan xalos qi­
lishni «aqlbovar qilmas namunasi» Iso Masih hayoti misolida tas­
virlanadi. Shu bilan birga, Yangi Ahd havoriylar (masalan, Pavel 
(‘aul), Peter (‘eter), Iakov (James), Yuhanno (John) va b.) maktub­
laridan iborat bo‘lib, ularda milodiy 1­asrda ilk cherkov faoliyatini 
tashkil qilish uchun zarur hisoblangan ilohiyot, ta’limot, e’tiqod 
va axloqqa oid masalalar muhokama qilinadi. Xavoriylar mak­
tublari orasida – rimliklar, korinfliklarga birinchi va ikkinchi, 
galatiyalik, filippinliklar, salonikaliklar va Filimonga jo‘natilgan 
noma lar Pavelga tegishli ekanligida shubha bildirilmaydi. Qolgan­
lari esa mazmunan Pavel maktublariga o‘xshashligi yuzasidan ular 
ham Pavelga ta’miniy nisbat beriladi. Umuman olganda, Yangi 
Ahd tarkibiy qismini tashkil qilgan «Havoriylar faoliyati» kitobi 
bi rinchi Troitsa bayrami
1
dan apostol Peter va Pavelning xristian­
lik dinini yoyishga bag‘ishlangan safari (Evangelical tour) amal­
ga oshgunga qadar bo‘lgan davr haqida hikoya qiladi. Yangi Ahd­
ning yana bir qismi sanaluvchi «Vahiy» kitobi dunyoning oxiri va 
Yer yuziga Iso Masihning ikkinchi tushishi xususida xabar bera­
di. Yangi Ahdni tashkil etgan barcha kitoblar Iso Masih vafotidan 
keyingi dastlabki yuzyillik ichida yozilgan bo‘lib, ulardan qaysi 
biri Yangi Ahd tarkibiga kirishi yoki olib tashlanishi to‘g‘risidagi 
yakuniy qarorga milodiy 4­asrdagina kelingan.
Islom.
Islom dinining muqaddas manbayi Qur’on – bos­
qichma­bosqich Jabroil farishta vositasida o‘qish va yozishni 
1
Troitsa kuni (bayrami) – pasxa bayramidan keyingi yettinchi yakshanba 
kuni o‘tkazilib, unda Iso Masih osmonga ko‘tarilgach, uning shogirdi qiyofasida 
Muqaddas Ruhning tushish hodisasi nishonlanadi.


232
bilmagan Muhammad (s.a.v.)ga nozil bo‘lgan, farishta Qur’on 
oyatla 
rini payg‘ambarga tilovat qilib turgan, o‘z navbatida, 
payg‘ambar ularni o‘z ummatiga o‘rgatgan, ular esa oyatlarni 
yodlab, barg va qog‘oz parchalariga yozib qo‘yganlar. Qur’on 
oyatlari to‘liq kitob holatida zamon talabidan kelib chiqib
muayyan shartlar asosida payg‘ambar vafotidan so‘ng jamlan­
gan. Natijada, Qur’on oyatlarining hajmi katta­kichikligiga 
qarab hamda hayotlik chog‘ida payg‘ambar bergan ko‘rsatmasi­
ga monand ravishda tartiblangan 114 suradan iborat mushaf 
ko‘rinishiga keltirildi. Bugungi kunga qadar Qur’on dunyo­
ning turli tillariga tarjima qilindi, ammo, musulmon ulamo­
lar tomonidan bu tarjimalar Qur’onning arab tilidagi kabi «ilo­
hiy xabar beruvchi» sifatini tom ma’noda ochib bermaydi, deb 
ishoniladi. Buning sabablari bilan quyidagi mulohaza orqali 
tanishish mumkin. 
Islom manbalari deganda, avvalambor, Qur’oni karim va ha­

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin