[67]
2 BOB. VOLEYBOL TO‟PINI O„YINGA KIRITISH
To‘pni o‘yinga kiritig muhim
texnik usullardan hisoblanib, nafaqat o‘yin
boshlashga va ochkoni yutib olishga imkon beradi.
Zamonaviy voleybolda
standart holatdan ijro etiladigan to‘p kiritish nafaqat
o‘yinni boshlash maqsadida qo‘llaniladigan vosita,
balki borgan sari ochkoga
erishadigan o‘ta salmoqli hujum usullaridan biriga aylanib bormoqda. Shuning
uchun ham yetakchi trenerlar to‘p kiritish mahoratini raqib o‘yinchilarini
maydonda
joylashishi
holatiga
qarab
shartli
ravishda
yaratiladigan
modellashtirilgan o‘yin vaziyatlari ta‘sirida muayyan o‘yin vaziyatlariga
muvofiq mashqlantiradilar. To‘p kiritish faol hujum vositasi sifatida ochko
olish yoki raqib hujumini maqsadli tashkil qilishga yo‘l
bermaydigan texnik-
taktik usuldir. Bunday natija to‘p kiritish aniqligi, seryo‘nalishligi va kuchliligi
bilan ahamiyatga molikdir. To‘p kiritish mahoratini shakllantirish jismoniy
yuklanganlik va ruhiy zo‘riqqanlik darajasini e‘tiborga olga holda amalga
oshiriladi. Bu borada ustunlik to‘p kiritish usullarining
ikki turi bilan
ta‘minlanadi. Ulardan biri, xatto katta yuklama ta‘sirida ham kuchli va
ishonchli to‘p kiritish bo‘lsa, ikkinchisi
-
aniq nishonga (bo‘sh yoki qaltis joyga, to‘pni zaif qabul qiladigan o‘yinchiga)
to‘p kiritish turidir. To‘p kiritish texnikasini takomillashtirishda
quyidagi
holatlarni nazarda tutish muhim;
-
avval aniqlik, keyin kuch;
-
orqa chiziq ortining turli joylaridan
to‘p kiritish;
-
bir urinishda ketma-ket 5-10 marta to‘p kiritish;
-
raqib tomonidan to‘pni qabul qilish xususiyatini e‘tiborga olish; Ma‘lumki,
to‘p kiritish voleybolda muhim o‘rin egallaydi, uni muvaffaqiyatli kiritish
ochko olish imkoniyatini yaratsa, yo‘qotish (xatoga yo‘l qo‘yish) raqibga ochko
"sovg‘a" qilish bilan yakunlanadi. To‘p kiritish raqibni to‘pni
qabul qilishga
yoki uni taktik rejasiga jiddiy salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Har qanday to‘p
kiritish usuliga o‘rgatishda yondashtiruvchi va texnik shakllantiruvchi
[68]
mashqlarni tanlash hamda ularni qo‘llash ketma-ketligi bir xil tartibda amalga
oshiriladi
7
.
To‘pni o‘yinga kiritishni
pastdan va yuqoridan, shuningdek to‘g‘ridan va
yondan to‘pni o‘yinga kiritishga bo‘linadi. Ko‘pchilik o‘yinchilar to‘pni o‘yinga
kiritishni to‘pni aylantirish va aylantirmasdan bajaradilar. To‘pni uchish tezligi
oshirish bilan keng diapazonda o‘zgaradi. Pastdan uzatganda to‘p sekin uchadi,
yuqoridan esa tez uchadi.
Dostları ilə paylaş: