Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Aerokosmik tadqiqotlar usuli



Yüklə 327,5 Kb.
səhifə16/18
tarix19.12.2023
ölçüsü327,5 Kb.
#187140
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
portal.guldu.uz-Metodik ko`rsatma

15. Aerokosmik tadqiqotlar usuli. Geografik va iqtisodiy tadqiqotlarda aerokosmik tadqiqot usulidan samarali foydalanish juda mazmunli va boy axborotlarga ega bo’lish imkonini beradi. Aerokosmik suratlar yordamida daryolar o’zanlarining o’zgarishi, ekologik o’zgarishlar qonuniyatlari to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lish mumkin. Koinotdan olingan suratlar tabiiy muhitning barcha xususiyatlari va komponentlari to’g’risida axborotlar berish, xususan, relef sharoitlari yoki shakllari, o’simlik qoplami xususiyatlari, suv, tuproq, inson mehnat faoliyati natijasida vujudga kelgan ob’ektlar, favqulodda tabiiy hodisalar (surilmalar, sel, ko’chki, eroziya va boshqalar) haqida to’liq va atroflicha ma’lumotga ega bo’linadi. SHuningdek, aerokosmik suratlar yordamida tuproq sho’rlanishi, cho’llashishning kengayishi, o’rmonli mintaqalarning kamayib borishidagi davriy o’zgarishlarni kuzatish mumkin. Aerokosmik suratlar topografik, geomorfologik, gidrogeologik, gidrografik, tuproq, o’simlik, ekologik o’zgarishlar prognozi kartalarini tuzish imkonini beradi.
16. Bashoratlash usuli. Geografik va iqtisodiy tadqiqotlarda bashoratlash usulining qo’llanishi ishlab chiqarish hajmining ortishi yoki tabiiy resurslaridan samarali foydalanish yo’nalishlarini belgilab beradi. Ko’pchilik holatlarda bashoratlashda kutilgan natija yuz bermasligi mumkin. Biroq, kutilgan natija yuz bermagan holatlarda shu soha yoki tarmoq tadqiqotchilari uning omillarini izlab topishga intiladi.
Bashoratlash – tadqiqot ishining sterjeni bo’lib, u tadqiqot jarayonini boshqaradi va uni ichki mantiqiga bo’ysundiradi. Ko’pgina mashhur tadqiqotchilar bashoratlashning bo’o’lmaganidan ko’ra, uning xato bo’lsada, mavjudligini afzal ko’rishadi. Biror iqtisodiy yoki tabiiy jarayonni bashoratlashda, ma’lum vaqt oralig’idagi ko’rsatkichlar yoki voqealar rivoji tahlil etiladi va shu asosda jarayonning kelgusidagi holati bashorat qilinadi. Bashorat qilishda ilmiy asoslangan biror qonuniyat yoki mexanizm mavjud emas. Ba’zan iqtisodchilar statistik bashoratlash usullariga asoslanib, biror tarmoqning istiqboli to’g’risidagi 5-10 yil keyingi bashoratlarni keltiradi. Ko’pchilik holatda bu bashoratlar o’zini oqlamadi. CHunki, u yoki bu omillar ta’sirida kutilgan natija kuzatilmaydi. SHu bois, tadqiqot bashoratlarini inkor qilib bo’lmaydi.ya’ni agar amalga oshmasa, tadqiqotchi oldiga “Nima uchun?” degan savolni qayta-qayta qo’yaveradi.



Yüklə 327,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin