11-Jadval
Smolalar olishda ishlatiladigan reagentlarning fizik-kimyoviy konstantalari
Reagentning
nomi
|
Struktura formulasi
|
Molekulyar formulasi
|
Zichligi
kg/m3
|
Suyuqlanish
Harorati, 0C
|
Qaynash
harorati, 0C
|
Eruvchanli
gi 100gr suvda (gr)
|
Mochevina
(karbomid)
Melamin
Furfurol
Formal-
Degid
Fenol
|
H2N-CO-NH2
CH2=O
|
60,05
126,12
96,09
30,03
94
|
1330
1660
1161
815
1657
|
133
350
-36,5
-92
43
|
Parchala
nadi
-
162
-12
183
|
78
0,3
8,3
40
4,8
|
Fenol formaldegid smolasining unumini reagentlar miqdoriga va temperaturaga bog’liqligi o’rganib chiqildi (3-grafik). Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, harorat I-450C, II-650C, III-850C gacha va formaldegidning mol miqdori 1 moldan 6 molgacha oshirilganda fenol-formaldegid smolasining unumi yuqori bo’lishi o’rganilgan.
3-grafik. Fenol – formaldegid smolasining unumini formaldegidning mol miqdoriga va polikondensasiya reaksiyasining temperaturasiga bog’liqligi .
1-450C, 2-650C, 3-850C PH= 7-8,5
4- grafik. Formaldegidning konsentrasiyasi erkin holda (3-4) hamda bog’langan holda (1-2), 650C-850C temperaturada va vaqtga bog’liqlik grafigi.
Fenol formaldegid smolasini olish jarayonida formaldegidning konsentrasiyasi vaqtga va temperaturaga bog’liqligi o’rganib chiqildi (4- grafik). O’tkazilgan natijalar shuni ko’rsatdiki, temperatura 850Cda va 80-90 minut vaqtda mahsulot unumi 92-96% ni tashkil etganligini ko’rish mumkin bo’ladi. Ishni davom ettirib 850C ga polikondensasiya reaksiyasini 80-90 minut ichida formaldegidning yuqori konsentrasiyasida olib borilsa, mahsulot yuqori unum bilan (96%) hosil bo’ladi.
Olib borilgan tajribalar natijasida fenol formaldegid smolsssssssasini olishni qulay sharoiti o’rganildi. Fenolni formaldegid bilan polikondensatlanishda 3 xil yo’nalishda reaksiya borishi mumkin:
2) Metilol gruppalari bilan ta’sirlashib, metilen zvenosi orqali birikadi:
3) Metilen gruppalari bilan ta’sirlashib, dimetilefir bog’lari orqali birikadi:
Polikondensatlanish reaksiyasini (РН ni ko’tarish yoki harakatni pasaytirib) to’xtatish mumkin, natijada molekulyar massasi (600-700 u.b) kichik bo’lgan oraliq mahsulot hosil bo’ladi. Ulardan ko’plab mahsulotlar (kley, laklar, emallar) ishlab chiqarish mumkin. Novolak smolasini ham geksametilintetramin yordamida rezitka aylantirish mumkin. Lekin yuqori haroratda geksametilintetramin parchalanib ketishi sababli ikki xil yo’nalishda reaksiya boradi:
Agar rezolga fenol aralashtirib qizdirilsa u novolak smolaga aylanadi va aksincha, novolakga formaldegid ta’sir ettirilsa rezol hosil bo’ladi. Fenol formaldegid smolasini sintezlashda katalizator sifatida xlorid kislota qo’shiladi. Reaksiya kislotali muhitda olib boriladi. Fenol va formaldegid nisbati 7:6 bo’ladi.
Rezol smolasini olishda esa, katalizator sifatida NH4OH ning 25% eritmasi ishlatiladi. Fenol va formldegidlarning nisbati 6:7 nisbatga, ya’ni formaldegid ortiqcha miqdorda olinadi. Eritma PH=7,8 bo’ladi. Ikkala holatda ham reaksiya harorati 85-900C, 90-1000C optimal sharoit hisoblanadi.
Novolak va rezol smolalarining bir-biridan farqi katta emas, rezolga formaldegid ko’proq qo’shilganligi uchun CH2OH guruh hisobiga tarmoqlanish vujudga keladi va termoreaktiv smola (polimer) hosil bo’ladi.
Novolak smolasining molekulyar massasi 700-1000 u.b, rezol smolasida esa dastlab 6-7 ta fenol tutgan molekulyar massasi 1000 u.b ga teng bo’ladi.
Rezol smolasi 250-2800C gacha qizdirilganda, fazoviy polikondensatlanib, molekulyar massasi yanada oshadi, eruvchanligi kamayadi. Erituvchilarda erish o’rniga bo’kadi. 2800C gacha o’zining qattiq va mustahkamligini saqlaydi. 2800C va undan yuqori temperaturalarda distruksiyaga uchray boshlaydi. Erimaydigan qattiq rezit hosil bo’ladi. Smolani ishqoriy muhitda, yuqori temperatura (600-6500) da, quyosh nuri ta’sirida fotodistruksiyaga uchrashini kamaytirish uchun uglerod bilan boyitiladi. U faqat 6500C dan keyin yonishi mumkin. To’ldirgichlarni tanlab qo’shib, smoladan tayyorlangan materiallarni mustahkamligini, cho’zilishini 2500 kg/sm2, solishtirma qovushqoqlik zarbini esa, 60-70 kg.sm/sm2 gacha oshirish mumkin.
XULOSA
Olingan ma`lumotlarga asosan quyidagi xulosalarga kelindi:
1. Fenolning formaldegid bilan polikondetsatlanish reaksiyasiga fenol va formaldegid nisbatlariga, reaksiya muhitiga hamda haroratiga bog’liq holda 2 xil; novolak va rezol smolalari hosil bo’lishi o’rganildi.
2.Novolak smolasini hosil bo’lish reaksiyasining muqobil sharoitlari fenol: formaldegid 7:6 mol nisbatlarda, PH=6 kislotali muhitda, reaksiya harorati 85-900, reaksiya davomiyligi 2 soat ekanligi aniqlandi.
3. Rezol smolasini hosil bo’lish reaksiyasining muqobil sharoitlari (fenoi: formaldegid 6:7 mol nisbatlarda, PH=7,8 ishqoriy muhitda, reaksiya harorati esa 90-1000, reaksiya davomiyligi 2 soat ekanligi aniqlandi.
4. Smolalar olishning texnalogik ketma-ketligi o’rganildi. Novolak va rezit smolalarining sintezlashda katalizatorlar sifatida HCl va NH4Cl qo’llanilganda, reaksiya unumi 92-96% ga oshishi aniqlandi.
5. Smolalarning eruvchanligi o’rganilib, mochevina formaldegid melomin formaldegid smolalari bo’tanol va izoproponallarga, fenolformaldegid smolasi esa, asosan organik erituvchilarga: deoksan, benzol va spirtlarda yaxshi erishi suv va asetonda esa, erimasligi aniqlandi.
6. Smolaga to’ldirgich (uglerod, selyuloza, sulfid) larni ma’lum nisbatlarda tanlab qo’shish natijasida tayyorlangan materiallarni mustahkamliligini, cho’zilishini 2500 kg/sm2 gacha va solishtirma qovushqoqlik zarbini esa, 60-70 kg.sm/sm2 gacha oshirish mumkinligi o’rganildi.
7. Smolalarning xossalari turli to’ldirgichlar yordamida yaxshilanib, mebellar, mashinalarning turli qismlari uchun talablarga javob beradigan yilim, lak hamda emallar sifatida ishlatish mumkin degan xulosalarga kelindi.
Dostları ilə paylaş: |