Ijodkor o‘qituvchi jurnali


IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI



Yüklə 478,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix21.03.2023
ölçüsü478,02 Kb.
#88948
1   2   3   4
svfsdfvsed (1)

IJODKOR O‘QITUVCHI JURNALI
 
5 IYUN / 2022 YIL / 19 – SON 
403 
Bolaning maktabgacha ta‘lim va tarbiya olishiga doir davlat kafolatlari davlat 
maktabgacha ta‘lim tashkilotlari negizida maktabgacha ta‘lim va tarbiya xizmatlarini ko‗rsatish, 
shuningdek ta‘lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini tashkil etish orqali ta‘minlanadi
126

Umumiy o‗rta orta maxsus ta‘lim, "Ta‘lim to‗grisidagi" konunning 9-moddasiga 
ko‗ra: Umumiy o‗rta va o‗rta maxsus ta‘lim umumta‘lim o‗quv dasturlarini, zarur bilim, 
malaka hamda ko‗nikmalarni o‗zlashtirishga qaratilgan. 
Umumiy o‗rta ta‘lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat: 
boshlang‗ich ta‘lim (I — IV sinflar); 
tayanch o‗rta ta‘lim (V — IX sinflar); 
o‗rta ta‘lim (X — XI sinflar). 
Umumiy o‗rta ta‘lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‗ladigan 
yilda qabul qilinadi. 
Boshlang‗ich ta‘lim ta‘lim oluvchilarda umumiy o‗rta ta‘limni davom ettirish uchun zarur 
bo‗lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‗nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan. 
Tayanch o‗rta ta‘lim o‗quv dasturiga muvofiq ta‘lim oluvchilarga bilim, malaka va 
ko‗nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini 
rivojlantiradi. 
Tayanch o‗rta ta‘lim doirasida (VII sinfdan so‗ng) ta‘lim oluvchilarda kasblar bo‗yicha 
birlamchi bilim va ko‗nikmalarni shakllantirish uchun ularni professional tashxislash va kasb-
hunarga yo‗naltirish bo‗yicha choralar amalga oshiriladi. 
O‗rta ta‘lim o‗quv dasturiga muvofiq ta‘lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va 
ko‗nikmalar o‗zlashtirilishini, shuningdek ta‘limning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori 
malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishini ta‘minlaydi. 
Professional tashxislash va kasb-hunarga yo‗naltirish, shuningdek ta‘lim oluvchilarni 
yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblarga tayyorlash tartibi qonunchilikda belgilanadi. 
Umumiy o‗rta ta‘lim umumiy o‗rta ta‘lim tashkilotlarida uzluksiz tarzda, majburiy bo‗lgan o‗n 
bir yil davomida amalga oshiriladi. 
O‗rta maxsus ta‘lim akademik litseylarda to‗qqiz yillik tayanch o‗rta ta‘lim asosida ikki yil 
mobaynida amalga oshiriladi va ta‘lim oluvchilarning intellektual qobiliyatlarining jadal 
rivojlanishini, shuningdek chuqur, tabaqalashtirilgan, kasb-xunarga va shaxsga yo‗naltirilgan 
ta‘lim olishini ta‘minlaydi. 
Nodavlat ta‘lim tashkilotlarida umumiy o‗rta va o‗rta maxsus ta‘lim to‗lov-shartnoma 
asosida amalga oshirilishi mumkin. 
Iqtidorli va iste‘dodli bolalarning qobiliyatini rivojlantirish uchun Prezident, ijod va 
boshqa ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek maktab-internatlar tashkil etilishi mumkin. 
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‗lgan bolalar, shuningdek uzoq 
vaqt davolanishga muhtoj bo‗lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalarida, 
umumiy o‗rta va o‗rta maxsus ta‘lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida 
yakka tartibda ta‘lim oladi. 
Umumiy o‗rta ta‘lim tashkilotlarining sinflarida (guruhlarida) ta‘lim oluvchilar soni o‗ttiz 
besh nafardan oshmasligi kerak.
127
126
O‟zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha ta‟lim va tarbiya to„g„risida”gi qonunni, 6-
moddasi



Yüklə 478,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin