Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”


Tirik O`simliklarni va ularning vegetativ organlarini ekish



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə32/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Tirik O`simliklarni va ularning vegetativ organlarini ekish. Introduktsiya uchun boshlang‘ich material sifatida tirik o‘simlik va uning vegetativ organlari olinganda ular odatda kollektsion uchastkaga, gohida maxsus yashiklar yoki sopol idishlarga ekilishi mumkin. Vegetativ organlardan qalamchalar issiqxonalarga o‘xshash introduktsion pitomniklarga ekilib ko‘paytiriladi. Tuproq sifatida ko‘pincha ―Prinston universiteti aralashmasi‖ deb ataluvchi teng nisbatli torf va yirik qum aralashmasidan foydalanish tavsiya qilinadi. Agar boshlang‘ich material sifatida o‘simlik novdalaridan tayyorlangan qalamchalar ishlatilayotgan bo‘lsa, uni geteroauksinli (fitostimulayatorlar) suvga botirilgan holda tomir otgandan keyin substratga o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Introdutsent O`simliklar ontogenezi ustidan fenologik kuzatuv ishlarini olib boorish. O‘simlikning ontogenezi murtak hosil bo‘lganidan boshlab to umrining oxirigacha bo‘lgan davrni - katta hayotiy siklni o‘z ichiga oladi. Katta hayotiy sikl quyidagi davrlarga bo‘linadi (T.A. Robotnov,1950; Uranov,1975; Ontogeneticheskiy atlas rasteniy,2007):

  1. Embrion (latent) davri (latents – ko‘rinmas) – urug‘larning tinim holatidagi davri

  2. Generativ oldi (virginil) davri (virginitas - qizlik) – urug‘ning unib chiqqanidan to 1-chi gul g‘unchalari hosil bo‘lgunicha bo‘lgan davri. Generativ oldi davri o‘z navbatida maysa, yuvenil (yosh o‘simlik) va immatura (balogatga еtayotgan) bosqichlariga bo‘linadi.

  3. Generativ davri - birinchi gul hosil bo‘lganidan to oxirgi gullashgacha bo‘lgan davr. Bu davrda o‘simliklar ko‘payadi ya‘ni meva va urug‘lar hosil qiladi.

  4. Postgenerativ (senil) davri – o‘simlikni gullash qobiliyati susayadi, gular soni juda kamayadi yoki mutlaqo yo‘qotgandan to nobud bo‘lgunigacha bo‘lgan davr.

Introduksiya qilinayotgan o‘simlikning ontogenezini o‘rganish uchun urug‘ ekilgandan boshlab to reproduktsiya jarayoniga kirgunicha fenologik kuzatuvlar o‘tkaziladi. Ma‘lumki, ekilgan urug‘lar tuproq sharoiti, namlik еtarli va optimal harorat to‘g‘ri kelganda una boshlaydi. Introdutsent o‘simliklar urug‘ini unib chiqishini tuproq ostki va tuproq ustki unib chiqishga ajratiladi. Introdutsent o‘simlik unib chiqqandan boshlab fenologik kuzatuvlar olib boriladi. Kuzatuv har uch kunda o‘tkaziladi va ajratib olingan 10-20 ta individdagi kuzatuv natijalari maxsus jurnalga qayd etib boriladi (7-jadval).
7-jadval

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin