Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə33/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Cousinia Cass. turkumi ba‟zi еm-xashak turlarining ontogenezida fenologik kuzatish
natijalari

Kun va fazalar

O‘simliklar tartib raqamlari, sm

Jami/(o‘rtacha)




1

2

3

4

5

6

7

8

9




10.03.2020

1,5-2,2

1,2-1,4

1,4-

1,1-

0,8-

1,1-

1,7-

1,6-

1,4-

11,8/9=1,3

urug‘ning







1,7

1,3

1,0

1,2

2,0

1,9

1,7

14,4/9=1,6

unib chiqishi




























1,3-1,6

Bir yillik o‘simliklar ontogenezida quyidagi fazalar ajratiladi: 1) urug‘ning unib chiqishi 2) poya o‘sishi va hosil bo‘lishi. 3)g‘unchalashning boshlanishi, 4) ommaviy g‘unchalash 5) gullashning boshlanishi, 6) g‘unchalashning tugashi, 7) ommaviy gullash, 8) mevalashning boshlanishi, 9) gullashning tugashi, 10) ommaviy mevalash, 11) mevalashning tugashi,12) dissiminatsiya 13) vegetatsia jarayonining tugashi.


Ko‘p yillik o‘tchil o‘simliklarda esa quyidagilar qayd etiladi: 1) vegitatsiya boshlanishi 2) poya o‘sishi va hosil bo‘lishi. 3) g‘unchalashning boshlanishi, 4) ommaviy g‘unchalash 5) gullashning boshlanishi, 6) g‘unchalashning tugashi, 7) ommaviy gullash, 8) mevalashning boshlanishi, 9) gullashning tugashi, 10) ommaviy mevalash, 11) mevalashning tugashi,12) dissiminatsiya 13) vegetatsia jarayonining tugashi.
O‘simlikning ontogenez bosqichlarini o‘rganish o‘t o‘simliklarda urug‘dan unib chiqishidan boshlab olib boriladi. Ko‘p yillik o‘tchil o‘simliklarda esa vegetatsiya boshlanganidan to vegetatsiya tugaguniga qadar kuzatib boriladi. Ko‘pchilik hollarda introdutsentning o‘sishi va rivojlanishining quydagi bosqichlari aniqlanadi:

  • O‘simlikni urug‘idan unib chiqishi, yoki vegetatsiya boshlanishi,

  • Osimlik poyasining o‘sish tezligi, dinamikasi;

  • O‘simlik ildizining substratga botib kirishi;

  • Birinchi chin barglarni hosil bo‘lishi;

  • Ikkinchi tartibli barglar va novdalarni hosil bo‘lishi;

  • G‘unchalash fazasi boshlanishi;

  • Ommaviy g'unchalash;

  • G'unchalashning tugashi;

  • Gullash fazasiga kirish;

  • Ommaviy gullash;

  • Gullash fazasining tugashi;

  • Mevalash fazasi boshlanishi;

  • Mevalarning ommaviy pishishi;

  • Mevalarning pishib to‘kilishi;

  • O‘simlikda disseminatsiya jarayoni borishi. Avtoxoriya mavjudligi; O‘simlik vegetatsiyasi tugashi va еr ustki qismining nobud bo‘lishi.

Tanlab olingan o‘simliklarga tartib raqami ko‘rsatilgan maxsus belgilar osib qo‘yiladi.
Har qaysi fazaning boshlanishi, yalpi va tugashi qayd qilinadi.

    • Fazaning boshlanishi - 5-10 % individlarda kuzatilganda;

    • Yalpi - 60-70% individlar shu faza holatiga o‘tganda;

    • Tugashi -5-7 % dan kam individlarda shu faza qolganda;

Ontogenez bosqichlari ustidan kuzatuv ishlari 3-5 yil davomida olib borilib, fazalarning har kunlik, haftalik, oylik, mavsumiy va yillik o‘zgarishlari qayd jurnaliga yozib, qayd qilinadi. Unda albatta kuzatilgan kun, shu kundagi harorat, atmosferaning nisbiy namligi tajriba hududining gorizontal va vertikal kengligi va dengiz sathidan balandligi inobatga olinadi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin