Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə29/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Nazorat uchun savollar


  1. O'sish tushunchasiga ta'rif bering?

  2. O'sish mezonlarini ayting?

  3. O'simliklar o'sishining qaysi ikki bosqichini bilasiz?

  4. Rivojlanish nima?

  5. Introduksiya sharoitida o'simliklarning o'sishi va rivojlanishiga qaysi omillar ko'proq ta'sir qiladi?

  6. Stimulyatorlar o'simliklarga qanday ta'sir qiladi?

  7. Fotoperiodizm nima?

6-Mavzu. Introdutsentlarda biometric va fenologik kuzatishlar.
Reja:

  1. Biometrik kuzatishlar olib borish

  2. Fenologik kuzatishlarni olib borish

Har bir introdutsent o`simliklarni mavsumiy (fasliy) rivojlanish fazalarini va ularni ekologik omillar bilan o`zaro munosabatlarini o`rganish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunki, o`simliklarining mavsumiy (fasliy) o`zgarishlarini aniqlanmasdan turib, ularning biologik, ekologik va boshqa xususiyatlarini bilish mumkin emas. O`simliklarni mavsumiy rivojlanishni o`rganish maqsadida- ularda turli fasllarda rivojlanish bosqichlari ustida kuzatishlar o`tkaziladi.
Bu biometrik va fenologik kuzatishlarda o`simlik hayotidagi asosiy o`zgarish davrlari (ya‘ni, ularda vegetatsiya davrining boshlanishi, kurtaklarni bo`rtishi, yozilishi, jadal o`sishi, barglarini sarg`ayishi va vegetatsiya davrining tugallanishi muddatlari qayd etiladi) haqidagi ma‘lumotlarni olishga imkonini beradi.
O`simliklarining mavsumiy rivojlanishini turli-xil sharoitlarda (masalan, Toshkent, Samarqand, Fang`ona, Andijon Surxandaryo va boshq.) olib borilishi mumkin.
Maqsadli ravishda introduksiya sharoitlari - ya‘ni asosan ilmiy tekshirish institutlari Botanika bog`i, dendroparklar va o`simlikshunoslik bo`yicha tajriba stansiyalari va boshqa ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy xodimlar tamonidan kuzatiladi.
Bunda asosan har bir sohani va izlanuvchini qiziqtiradigan masalalarga e‘tibor qaratiladi: Masalan, Dorivor o`simlikshunoslikda o`simliklarni tarkibidagi biologik faol moddalarni yig`ilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o`simliklarni kimyoviy tarkibi bo`yicha guruhiga bog`lik. Xususan, alkaloidlar o`simliklarda vegetatsiya davrining boshlanishidan gullash fazasigacha еr ustki qismida alkaloidlar ko`payib borsa, keyinchalik bu alkaloidlar bir organdan ikkinchi organiga (urug`i, ildizlar) o`tadi. Alkaloidlar o`simlikning еr ustki qismida gullash fazasiga ko`p bo`ldi, keyin ular urug`larga o`tadi va o`simlik urug`lari еtilgandan so`ng bir qism alkaloid urug`larda (bangidevona), qolgani esa ildizlarida (ko`p yillik alkaloidli o`simliklarda) bo`ladi. Boshqa o`simliklarda (efir moyli va b.q. guruh) biologik aktiv moddalar gullash fazasida ko`p bo`ladi (romashka, yalpiz, bo`ymodaron va b.q). Tuganakli o`simliklarda biologik aktiv moddalar vegetatsiya davrining tugashi bilan piyozlarida yig`iladi. Demak, introduktor olimni qiziqtirgan masalalarni hal qilishda introdutsent o`simliklarda biometrik va fenologik kuzatishlarni ahamiyati kattadir. Masalan, ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirish sohasida esa aksincha boshqacha yondoshuvni kuzatishimiz mumkin: Bunda, o`simliklarni tarkibidagi biologik aktiv moddalar qiziq emas, va ular asosiy e‘tiborni boshqa ko`rsatkichlarga qaratidilar. Masalan; ularda Daraxt-butalarni gullashi, gullashining davomiyligi, barglarini kuzda
sariq, qizil rangga kirishi kabi fenologik fazalarni ko`kalamzorlashtirishda ahamiyati kattadir. Ular shu manzarali xususiyatlariga ko`ra, ko`kalamzorlashtirish uchun tanlab olinadi. Buning uchun ko`kalamzorlashtirish uchun foydalaniladigan o`simlik turlarning manzaraviylik xususiyatini namoyon etadigan organi aniq belgilab olingan bo`lishi kerak bo`ladi.
Kuzatuv ishlarini olib borilishidan oldin o`rganilayotgan o`simliklarning morfologik ko`rsatkichlari tahlil etiladi.
Odatda har bir introdutsent o`simliklarda biometrik va fenologik kuzatishlarni olib borishda ko`p yillik ma‘lumotlarga tayanadi. Masalan, 1-2 yillik o`t o`simliklarda kamida 3-5 yil bo`lsa, ko`p yillik o`t o`simliklar, daraxt va butalarda kamida 10 yil davomida biometrik va fenologik kuzatuv ishlari amalga oshirilishi mumkin. Bu ko`rmatkichlar introduktor olimning tanlangan ob‘eyti hamda oldiga qo`ygan maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Biometrik kuzatuv ishlarining bunday uzoq davom etishiga sabab, turli yillar mobaynida iqlim ko`rsatkichlarining turlicha bo`lishi bilan izohlanadi va shunga binoan ilmiy-amaliy tahlil qilinadi. Olingan ma‘lumotlar asosida dastlabki biometrik kuzatuv jadvalli shakllantiriladi.
Fenologik kuzatuv ishlarining ham bunday uzoq davom etishiga sabab, turli yillar mobaynida iqlim ko`rsatkichlarining turlicha bo`lishidir. Olingan ma‘lumotlar asosida dastlabki fenologik kuzatuv jadvalli shakllantiriladi (masalan, 3 - jadval).
Fenologik kuzatuv natijalari asosida shakllantirilgan dastlabki jadval tahlil etish maqsadida sonli ko`rinishga o`tkaziladi.
Buning uchun mahalliy o`simliklar 1 yanvarga nisbatan, vegetatsiya davrini kech boshlaydigan introduksiya qilingan o`simliklar uchun 1 yoki 21 martga nisbatan sonli tartibga o`tkaziladi. Masalan, kurtakning bo`rtishi 17 martda boshlangan bo`lsa, 1 yanvarga nisbatan sonli tartibga o`tkazish quyidagi tartibda: 31 (yanvardagi kunlar soni) + 28 (fevraldagi kunlar soni) + 17 (1 – 17 martgacha bo`lgan kunlar soni) = 76 amalga oshiriladi. Qolgan yillar va fenologik fazalardagi ko`rsatkichlar ushbu tartibda sonli 77 ko`rinishga o`tkaziladi. Olingan sonli ko`rsatkichlar asosida o`rtacha arifmetik qiymatlari aniqlanadi.
O`simliklarni fenologik ko`rsatkichlarini o`rganish natijasida olingan ma‘lumotlarga asoslanib o`simlik turlarini fenospektri va fenoxaritasini tuzish mumkin.
Bular o`z navbatida turni qaysi iqlim sharoitida o`stirish va ulardan qanday foydalanish imkoniyatlarini ko`rsatib beradi.
Yuqorida keltirib va tushintirib o`tilgan jadvallarga asosangan holda, biz barcha o`simliklarga shunday fenospektr ko`rsatkichlarini belgilashimiz mumkin.
Masalan, Za‘faron (Crocus sativus L.) (shafran) o`simligini mavsumiy rivojlanish ma‘romi introdutsent o`simlik sifatida Botanika bog`i olimlari (B.To`xtaev, A.Maxmudov) tomonidan Toshkent va Farg`ona sharoitlarida atroflicha o`rganilgan. Ularning fikricha, introduksiya sharoitida mazkur o`simlikning mavsumiy rivojlanishi ko`rsatkichlari (iqlim va tuproq sharoitlariga bog`liq holda) qisman farqlanadi.
Shunday qilib, har bir introdutsent o`simliklarni mavsumiy (fasliy) rivojlanish fazalarini va ularni ekologik omillar bilan o`zaro munosabatlarini o`rganishda biometrik va fenologik kuzatishlar muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunki, o`simliklarining mavsumiy (fasliy) rivojlanish ma‘romi bevosita tanlab olingan introdutsent o`simliklarni biologik va ekologik xususiyatlari hamda introduksiya punktining tuproq sharoitlari bilan uzviy bog`liq.
Biometrik va fenologik kuzatishlar o`simlik hayotidagi asosiy ko`rsatkichlar (- ya‘ni, ularda vegetatsiya davrining boshlanishi, kurtaklarni bo`rtishi, yozilishi, jadal o`sishi, barglarini sarg`ayishi va vegetatsiya davrining tugallanishi muddatlari) xisoblanib, introdutsent o`simliklarni yangi shiroitda moslashish jarayonini begilash imkonini beradi.
Introdutsent o`simliklarni yangi sharoitda o`sishi va rivojlanishi hamda mavsumiy fazalarining o`rganish bosqichma-bosqich amalga oshirilib, bu esa ularda dala tajribalarini natijalarini limit omillarni begilashda asosiy vosita sifatida xizmat qiladi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin