Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə25/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

O'simliklarni introduktsiyasining yangi texnologiyalari. Keyingi yillarda o'simliklar introduksiyasida hujayra biotexnologiyasi usullari, xususan, o'simliklarning klonal mikroko'paytirish usuli qo'llanila boshlandi. Ulardan foydalanish ko‘payishi qiyin bo‘lgan o'simlik organizmining ko'payish imkoniyatlarini to'liq ro'yobga chiqarish imkonini beradi. Shu bilan birga, o'simlik organizmi patogenlardan xalos bo‘lib, sog‘lom bo‘ladi. Bu usul noyob, relikt,endemik va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimlik turlarini introduksiya qilishda qoʻllaniladi.

Klonal ko'paytirish – bu o‘simliklarni jinssiz yo‘l bilan in vitro texnikasidan foydalanib ko‘paytirish bo‘lib, ona o'simliklarga o'xshash tezlik bilan o'simliklarni olish:

  • o'simlikda mavjud bo'lgan meristemalarning rivojlanishini faollashtirish (poyaning uchki, yon va uxlovchi kurtaklari);

  • bevosita eksplantning to'qimalarida qo'shimcha (adventiv) kurtaklarning paydo bo'lishi;

  • somatik embriogenezning induksiyasi;

  • birlamchi va ko‘chirilgan kallus to'qimalarida adventiv kurtaklarning farqlanishi.

Klonal ko'paytirish bosqichlari:

  1. bosqich - donor o'simlikni tanlash, eksplantni izolyatsiyalash va sterilizatsiya qilish, in vitro sharoitida ularni ozuqaviy muhitida o'sishi uchun sharoit yaratish;

  2. bosqich - ko'payishi;

  3. bosqich - olingan mikronovdalarning ildiz otishi;

  4. bosqich - o'simliklarning tuproq sharoitlariga moslashishi, keyinchalik issiqxonada yoki dalada ekib o‘stirish.

Klonal mikroko'paytirish tufayli steril kulturalar kolleksiyasii shaklida o'simlik genotiplari bankini yaratish ham mumkin. Bunday banklarning tashkil etilishi o`simlik dunyosi bioxilma-xilligini saqlashning istiqbolli yo`nalishi bo`lib, botanika bog`larida noyob genomlarni saqlash uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
O`simliklar introduksiyasini amalga oshirishda introduktor olim oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda yuqorida qayd etib o`tilgan usullardan biri yoki bir necha usullarini tanlab olib ishlashi mumkin.



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin