Differensialbotanika-geografikusuli (N.I.Vavilov, 1935). Ushbu usul dunyo bo`yicha turli o`simliklar guruhlari vakillari kolleksiyalarini yig`ish va undan seleksiya ishlarida foydalanishni nazarda tutadi.
N.I. Vavilovning ta‘limoti bo`yicha, madaniy o`simliklarning kelib chiqish o`choqlari (7 markazi) o`simliklar introduksiyasida muhim ahamiyatga ega. Bunda, o‘simliklar introduksiyasining asosan ikki yo`ldan rivojlanishini ta‘kidlaydi. Birinchisi: genetik markazlardan muhim dominant genlarni (yovvoyi turlarga xos bo`lgan kasallik va zararkunandalarga chidamlilik, mahsulot sifati, ba‘zi foydali fiziologik xususiyatlar va boshqalar) ajratib olish mumkin. Ikkinchisi madaniy o`simlikshunoslik rivojlangan hududlar areallari chegaralaridan, ya‘ni bu еrlarda ko`pchilik seleksiya uchun juda muhim retsessiv genlar mujassamlashgan bo`ladi.
G. Mayrning “iqlim analoglari” (1909) va T.G. Selyaninov tomonidan ishlab chiqilgan “agroiqlim analoglari” (1928, 1937) usuli
Nemis o‘rmonshunos olimi G. Mayrning ta‘kidlashicha, ma‘lum bir o`simlik turini uning tabiiy tarqalish arealidan boshqa hududlarga ko`chirishda iqlim muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Ya‘ni, o`simlik ko`chiriladigan yangi hududning iqlimi shu o`simlik tarqalgan tabiiy areali iqlimiga mos bo`lishi lozim. Mayr Yer yuzasida ko'p yoki kamroq o'xshash bo‘lgan iqlim zonalarni ajratadi va uning fikricha, o'ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan daraxtchil o'rmon o'simliklari qoplami tipi bilan ifodalaydi. Shunga ko'ra, u palma, olijanob dafna, kashtan, buk, pixta va qutb zonalariga ajratib chiqadi., Mayrning ta‘kidlashicha, bu zonalar ichida o'simliklarni ko'chirilishi juda qiyinchiliksiz, ya‘ni o'simliklarni oddiy ko'chirish yoki oddiy naturalizatsiya tartibida, ularning tabiatini qayta o‘zgartirishsiz amalga oshirish mumkin. Tabiiyki, turli geografik nuqtalarda aynan bir xil iqlimni kuzatish mushkul. Shunga qaramasdan, o`simliklar introduksiyasida iqlim analoglariga ahamiyat berish maqsadga muvofiq va ushbu usuldan foydalanish orqali yaxshi natijalarga erishish mumkin. G. Mayrning bosqichma-bosqich iqlimlashtirish haqidagi g'oyasi deyarli yuz yil davomida introduktorlar uchun muhim ahamiyat kasb etdi va ko'plab yorqin ijobiy natijalarni bergan. Masalan, Ushbu g'oyani amalga oshirishning yorqin namunasi sifatida paxtani O'rta Osiyoda yoki choyni Gruziyada bosqichma-bosqich introduksiya qilindi. Shimoliy Amerikaning qurg`oqchil hududlari va O`rta Osiyo qurg`oqchil hududlari iqlimlari aynan bir xil emas. Ammo, ba‘zi o`xshashlik tomonlari ham mavjud. Izen o`simligining Shimoliy Amerikada iqlimlashtirilishi va uning katta maydonlarda hozirgi kunda еtishtirilishi yoki ko`p yillik olabuta turlarining O`zbekiston cho`l mintaqasida muvaffaqiyatli еtishtirilayotganligi ushbu iqlim analoglari uslubining samaradorligidan dalolat beradi.
T.G. Selyaninovning ―agroiqlim analoglari‖ uslubi ―iqlim analoglari‖ usulining takomillashtirilgan varianti desak xato bo`lmaydi. Ushbu usul asosida foydali harorat yig`indisi, sovuq haroratlarning takrorlanishi va namlik balansi yotadi. A.A. Ivanov
va Yu.D. Soskovlarning (1973) fikricha, ma‘lum o`simlik turini uning tabiiy tarqalish arealidan boshqa geografik nuqtalarga ko`chirishda agroiqlim ko`rsatkichlarini hisobga olish o`ta muhim bo`lib, introduksion tadqiqotlarning natijadorligi ko`pchilik hollarda aynan shu omillarning hisobga olinishiga bog`liq bo`ladi. Masalan, deyarli yil bo`yi sovuq harorat kuzatilmaydigan Tunis davlatidan olib kelingan ko`p yillik olabuta- Atriplex canescens Qarnabcho`l sharoitida dastlabki 3-4 yillarda gurkirab o`sib rivojlandi. Ammo, 2007 yilning qishidagi ro`y bergan qattiq sovuq harorat barcha o`simliklarning nobud bo`lishiga sabab bo`ldi. Ushbu holat, Atriplexcanescens o`simligini Tunisdan olib kelishda O`zbekiston iqlimiga xos, ro`y berishi mumkin bo`lgan sovuq haroratning mavjudligini hisobga olinmaganligi tufayli sodir bo`ldi. Demak, Atriplexcanescenso`simligini O`zbekiston cho`llari sharoitida iqlimlashtirish uchun introduksion manbani uning tarqalish arealining eng Shimoliy nuqtalaridan izlash maqsadga muvofiq bo`ladi.