Oddiy (dorivor) belladonna – Atropa belladonna L.; Kavkaz belladonnasi – Atropa caucasica Kreyer; ituzumdoshlar – Solanaceae oilasiga kiradi. Belladonna ko`p yillik, bo`yi 2 m ga еtadigan o`simlik. Ildizpoyasi k o`p boshli, ildizi esa yo`g`on va sershox bo`ladi. Poyasi tik o`suvchi, bitta, b a ‘zan bir nechta, y o`g `on, yashil rangli, pastki qismi shoxlanmagan, yuqori qism ida esa 3 ta shox hosil b o`lib,
ular o`z navbatida ayrisimon joylashgan to`p shoxchalar chiqaradi. Bargi oddiy, to`q yashil, poyada kalta bandi bilan ketma-ket, ju ft-ju ft joylashgan. Bu juft barglarning bittasi doim katta bo`ladi. Yirik barglari ellipssimon, maydalari esa tuxumsimon. Gullari barg q o`ltig`ida osilgan xolda yakka-yakka yoki ju ft-ju ft joylashgan. Iyun- iyul oylarida gullaydi.
Dorivor belladonna o`simligi poyasining yuqori qismi bezli tuklar bilan qoplangan, tojbargi to`qroq. Kavkaz belladonnasining poyasi tuksiz boMadi. Tibbiyotda har ikkala o`simlik ham bir xilda ishlatiladi.
Kavkaz belladonnasi Zakavkazeda, Shimoliy Kavkazda va Krasnodar o‘lkasida, dorivor belladonna esa Karpatda, o`arbiy Ukrainada, Qrimning tog‘li, o`rmonli tumanlarida va Moldova respublikalarida uchraydi.
Tayyor mahsulot o`simlik bargidan, еr ustki qismidan va ildizidan iborat.
Ekmazafaron–CrocussativusL. Gulsafsardoshlar (Iridaceae) oilasiga mansub, piyozchali ko‘p yillik o‘simlik, uni shamoldan pana, janub tomonga biroz qiya bo`lgan, quruq tuproqlarda o`sadi. Uni ekish muddati o`simlik tinim davriga o`tgan vaqtda, ya‘ni iyul-avgust oylariga to`g`ri keladi.
Tibbiyot amaliyotida zafaronni gullashdavrida gul tugunchalari yigib olinib, kuritilib antispazmolitik, stimullash-tiruvchi, ogriq qoldiruvchi, siydik haydovchi,yurak hamda jigar xastaligini davolovchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Yovvoyi holda tabiatda uchramaydi.
Za‘farondan olinadigan dorivor xomashyo – qizil rangli gul ustunchasi oktabr- noyabr oylarida teriladi va za‘faron tayyorlash punktlariga yuboriladi. Bir gektar plantatsiyadan o`rtacha 4 kilogramm, ikkinchi yili 7-8, eying yillarda 15-16 kilogramm dorivor hosil olinadi
O`zbekistonda ushbu o`simlikni ko`paytirish va plantatsiyalarini tashkil etish bo`yicha ilmiy tadqiqotlar O`zR FA Botanika bog`i olimlari tomonidan olib borildi. Za‘faronni Farg`ona vodiysi, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlarining tog` va tog`oldi hududlarida, bog` va tokzorlar qator oralarida, o`rmon hududlarida еtishtirish imkoniyati mavjud.
Hozirgi kunda ushbu o`simlik tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida keng ishlatiladi. O`simlik o`ziga xos xushbo`y hidi, yorqin rang va ta‘m berishi bois turli taomlarga qo`shiladi. Undan qandolat mahsulotlari, kremlar, muzqaymoq tayyorlashda ham foydalaniladi. Za‘faron qo`shilgan oziq-ovqat mahsulotlari bir necha kungacha sifatini yo`qotmaydi.